Mavzu. Asosiy va aylanma kapital statistikasi


Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash ko’rsatkichlari



Download 140,5 Kb.
bet7/9
Sana25.02.2023
Hajmi140,5 Kb.
#914485
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL STATISTIKASI

4. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash
ko’rsatkichlari
Asosiy vositalarni yangilash tezligi korxonalarning ishlab chiqarish,
investitsion va innovatsion faolligiga bog’liq bo’ladi. Asosiy vositalarni
muomaladan chiqarishning optimal muddatlari ilg’or texnikalardan foydalanish
asosida kengaytirilgan ishlab chiqarishni rag’batlantirishga imkon beradi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsiflashda fond
qaytimi, fond sig’imi, fondlar rentabelligi, mahsulotlar o’sishining bir so’miga
to’g’ri keladigan solishtirma kapital qo’yilmalar
kabi ko’rsatkichlardan
foydalaniladi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi natijasida
yuzaga keluvchi nisbiy iqtisod (qo’shimcha ehtiyoj) ham hisoblanadi.
Tahlil jarayonida yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlar dinamikasi, ularning
darajasi bo’yicha reja bajarilishi o’rganiladi, korxonalarning qiyosiy tahlili amalga
oshiriladi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini yanada chuqurroq tahlil
qilish maqsadida fond qaytimi ko’rsatkichi barcha asosiy vositalar, ishlab chiqarish
yo’nalishidagi fondlar, ularning aktiv qismi (mashina va uskunalar) bo’yicha
aniqlanadi.
Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so’m (1000 so’m)iga
to’g’ri keladigan bir yilda (yoki boshqa davr) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir.
Uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
f
q A
Q
F

Bu erda: F
q – fond qaytimi;
Q – ulgurji narxlardagi mahsulotlar (ish, xizmat) hajmi;
Af – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati.
Fond qaytimini hisoblashda shuni nazarda tutish talab qilinadiki, asosiy
vositalar qiymatida xususiy va ijaraga olingan mablag’lar hisobga olinadi,
konservatsiyadagi, shuningdek, boshqa korxonalarga ijaraga berilgan asosiy
vositalar hisobga olinmaydi.
Fond qaytimi dinamikasini baholashda boshlang’ich ma’lumotlar taqqoslama
ko’rinishga keltiriladi. Mahsulot hajmini ulgurji narxlar va strukturaviy
o’zgarishlar o’zgarishiga, asosiy mablag’lar qiymatini esa qayta baholash
koeffitsientiga tuzatish talab qilinadi.
Ayrim iqtisodchilar fond qaytimini sotilgan mahsulotlar, foyda, shuningdek,
natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlashni taklif
qiladilar.
Natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlangan
fond qaytimi ko’rsatkichi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish
samaradorligini to’g’riroq aks ettiradi. Biroq bir turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxonalar tomonidan ushbu ko’rsatkichning
qo’llanilish doirasi chegaralangan. Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fond qaytimi
qiymat ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Fond qaytimini hisoblash uchun sotilgan
mahsulotlar ko’rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki qator
yillar uchun dinamikada bu ko’rsatkich hajmni turlicha bahoda aks ettiradi. Fond
qaytimini korxona foydasi bo’yicha ham hisoblash mumkin.

Asosiy faoliyat bo’yicha foyda


Fr =
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati
Mablag’lardan samarali foydalanishning boshqa ko’rsatkichi fond sig’imi
hisoblanib, u asosiy vositalar o’rtacha qiymatini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga
nisbati bilan aniqlanadi (fond qaytimiga teskari ko’rsatkich) :
A Q
F f
s

Fond sig’imini dinamikada hisoblash va baholash o’ziga xos alohida o’rin
tutadi. Fond sig’imining o’zgarishi mahsulot hajmining bir so’miga asosiy
vositalar qiymati o’sishi yoki kamayishini ko’rsatadi va asosiy vositalarda
mablag’larni nisbatan tejab qolish yoki ortiqcha sarflash miqdorini aniqlashda
qo’llaniladi.
Asosiy vositalarni nisbatan tejab qolish (ortiqcha sarflash) miqdori quyidagi
formula bo’yicha aniqlanadi:
Tn ( Af) = ( Fs1 –Fs0) x Q1
Bu erda
Fs1 ,Fs0 – haqiqatdagi va bazis davrdagi fond sig’imi;
Q – haqiqatdagi mahsulot hajmi.
Asosiy vositalar qiymatining o’sish sur’ati bilan mahsulot ishlab chiqarish
o’sish sur’atining nisbati fond sig’imining chegaraviy ko’rsatkichini, ya’ni
mahsuotlarning 1% o’sishiga asosiy vositalar o’sishini aniqlashga imkon beradi.
Agar fond sig’imining chegaraviy ko’rsatkichi birdan kam bo’lsa, asosiy
vositalardan foydalanish samaradorligi ortadi va ishlab chiqarish quvvatlaridan
foydalanish koeffitsienti o’sgan hisoblanadi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi keyingi
ko’rsatkich fond bilan qurollanganlik ko’rsatkichi hisoblanib, fond qiymatining
xodimlar soniga nisbati sifatida hisoblanadi.
Fond bilan qurollanganlik ko’rsatkichi xodimlarning umumiy soni bo’yicha
ham, asosiy ishlab chiqarish xodimlarining soni hisobida ham aniqlanishi mumkin.
Ushbu ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlarini taqqoslash xodimlar soni tarkibidagi
o’zgarishlarni ularning o’zgarmas miqdorida asosiy vositalar bilan
ta’minlanganligiga ta’siri haqida mulohaza qilishga imkon beradi.
Fond qaytimi, fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligi
ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro aloqani kuzatish uchun fond qaytimi formulasini
hosil qilish lozim (surat va maxraj xodimlar soniga bo’linadi):

=


=
Bu erda,
Q – mahsulot (ish, xizmat) hajmi;
Av – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha qiymati;
Xs – xodimlar soni;
Mu – mehnat unumdorligi;
Fqur – fond bilan qurollanganlik.
Shunday qilib, fond qaytimini mehnat unumdorligining fond bilan
qurollanganlikka bo’linmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. O’z navbatida, fond
qaytimi mehnat unumdorligiga to’g’ri proportsional, fond bilan qurollanganlikka
esa teskari proportsial bo’ladi. Fond qaytimini oshirish uchun mehnat
unumdorligining o’sish sur’ati uning fond bilan qurollanganlik bo’yicha o’sish
sur’atini ortda qoldirishi zarur.

Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish