Sx k=M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`prok import kilsa, unda daromadlarning bir kismi xorijda koladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Xar kanday xolatda xam barcha turdagi jamgarmalarning umumiy yigindisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn S = C + I + G - Xn - C - G - Xn S = I Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafakat ichki jamgarmalar xisobiga, balki tashki dunyo jamgarmalari xisobiga xam amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yukori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar okimining o`sishiga olib keluvchi muxim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko`ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. CHunki investorlar va jamgaruvchilarnnig rejalari o`zaro mos kelavermaydi. SHu tufayli davlat to`gri iktisodiy siyosat yurgizib makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlashi shart.
8. Nominal va real YAIM.
Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni xisoblashni kiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaktning o`zida ishlab chikarilayotgan maxsulotlar mikdor va baxo darajalarining o`zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM mikdoriga bir vaktning o`zida xam ishlab chikarilayotgan maxsulotlarning fizik xajmi, xam baxo darajaci o`zgarishi ta`sir ko`rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiktisodiy ko`rsatkichlarni takkoslama baxolarda xisoblashni zarur etib ko`yadi. CHunki, inflyatsiya iktisodiyotning real xolatini buzib ko`rsatadi. Iktisodiyotni taxlil kilish, muammolarni aniklash xamda boshkaruv karorlarini kabul kilishni kiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baxolarda xisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki takkoslama (bazis) baxolarda xisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farkli o`larok milliy iktisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chikarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga takkoslama baxolarda xisoblash kiyin. SHu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muxim tovarlar va xizmatlar baxosining o`zgarishi koeffitsienti ( baxolar indeksi) xisoblab topilib olingan natija butun milliy iktisodiyot uchun tadbik etiladi.
Baxolar indeksini yoki inflyatsiya darajasini xisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
- iste`mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chikarish baxolari indekslari xisoblanishi lozim.
Deflyator ko`rsatkichi kuyidagi formula bilan xisoblaganadi: