Mavzu: Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi


II Bob. Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi



Download 67,38 Kb.
bet5/8
Sana13.04.2022
Hajmi67,38 Kb.
#547465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi

II Bob. Ashtarxoniylar sulolasi davrida boshqaruv tartibi

    1. Ashtarxoniylar davlati huquqining asosiy belgilari.

Oltin O‘rda (Jo‘chi ulusi) zaiflashib, bir qancha mayda xonliklarga bo‘linib ketadi. Natijada XV asrning 30-yillarida Volga bo‘yidagi yerlarda «Astarxan» xonligi yuzaga keldi. «Astarxan» Ashtarxonning ruslashganidir.«Ashtarxon» esa asli «Xoji Tarxon» so‘zidan kelib chiqqan. Tarxon turkiy xalqlar hayotida mavjud siyosiy unvonlardan bo‘lib, mashhur Xazar xoqonligi (VII-X asrlar) davridanoq ma’lum2.1556-yilda Ashtarxon Rossiya tomonidan bosib olingandan so‘ng, Ashtarxon Yormuhammadxon farzandlari bilan Shayboniylar huzuridan panoh topgan. Shu tariqa Ashtarxoniylar Movarounnahrga kelib qolgan. 1599-yilda shayboniy Abdulmo‘min vafot etganidan so‘ng, shayboniylar orasida taxt vorisi qolmaydi. Shayboniylar davlatining nufuzli amirlari kelishib, Ashtarxo- niylardan bo‘lmish Jonibek sultonni xon taxtiga taklif qiladilar. U rozi bo‘lmagach, Jonibekning katta o‘g‘li Dinmuhammad taklif qilinadi. Ammo u Obivordan Buxoroga qaytib kelayotganda halok bo‘ladi. Buning
Ashtarxoniylarning hukmronligi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikning kuchayishi, ko'plab o'zaro urushlar, shaharlarning huvillab qolishi, ko'pdan-ko'p soliqlar natijasida o'troq aholining xonavayron bo'lishi, vohalar va savdo karvonlarining talon-toroj qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda yer-mulkka nisbatan soliqlar nihoyatda oshib ketdi.
Soliqlar hatto bir necha yil oldin va ko'proq undirib olinadigan bo'ldi. Masalan, Subxonqulixon davrida soliqlar yetti hissa ortiq olindi. Soliqlar «moli jihot» va «xiroj» deb atalardi.Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy tabaqalar saqlanib qolgan bo'lsa-da, ularning mavqeyida o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. Rasman oliy tabaqa hisoblangan xon va yirik saroy amaldorlari ko'p hollarda harbiy-ma'muriy mansabdorlar, viloyat hokimlari, yirik qabila boshliqlari fikri bilan hisoblashishga majbur bo'lib, bu ularning ijtimoiy ahvolini deyarli tenglashtirib qo'yardi. Bu davrda Jo'ybor xo'jalarining avlodlari bo'lgan ulamolar va boshqa diniy amaldorlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeyi yanada oshdi.Jonibekning uchinchi o‘g‘li Valimuhammad Balxga noib qilib jo‘natiladi. Shunday qilib, o‘lkada Ashtarxoniylar, ya’ni ashtarxonliklar (boshqa nomi joniylar) sulolasining bir yarim asrlik faoliyati boshlanadi.
Ashtarxoniylar ham mamlakatda davom etgan o‘zaro feodal urushlar va boshlangan inqirozga chek qo‘ya olmadilar. Bu esa Movarounnahrda markaziy hokimiyat mavqyeining tushib ketishiga olib keldi, mamlakat aholisi va iqtisodining ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
1599-yilda ashtarxoniy Boqimuhammad taxtga o‘tiradi. Shu davrda Ashtarxoniylar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mamlakatning siyosiy yaxlitligini ta’minlash edi. Marv, Xorazm, Balx yerlarida siyosiy parokandalik kuchaygan edi. Boqimuhammadxon o‘z hukmronlik yillari Xorazm, Balx, Shibirg‘on, Maymana, Bag‘lon, Badaxshon, Hisor yerlariga yurishlar uyushtiradi3. Shu orada 1605-yil Boqimuhammadxon vafot etadi. 1605-1611-yillarda ashtarxoniylardan Valimuhammad hukmronlik qildi. 1606-yili Valimuhammad Balxga yurish uyushtiradi. Keyinchalik xon Eron safaviylari bilan yaxshi diplomatik munosabatlar o‘rnatadi. Valimuhammadning no‘noq siyosati natijasida, Xurosonda Eron safaviylarining mavqyei oshib boradi. Bu esa yirik o‘zbek amirlarining norozligiga sabab bo‘ladi. Natijada amirlar bilan xon o‘rtasida ixtilof kuchayib, Samarqand hokimi Imomqulixon 1608-yili Buxoro taxtiga o‘tqaziladi. Valimuhammadxon 1611-yili Samarqand atrofida Imomqulixon bilan navbatdagi to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Imomqulixon (1611-1642) davlatni o‘ttiz yildan ko‘proq boshqargan. Shuning o‘ziyoq Imomqulixon Ashtarxoniylar orasida eng nufuzli hukmdorlardan biri bo‘lganidan dalolat beradi. Imomqulixon Movarounnahr chegaralariga xavf solib turgan ko‘chmanchi qalmiq va qozoq xonlariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 1613-yili Imomqulixon qozoqlarni tor-mor qildi va Toshkentni egallab, u yerda o‘z o‘g‘li Iskandarni noib qilib qoldirdi. Lekin Imomqulixon ketishi bilan shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Iskandarni o‘ldirdi. Buning natijasida Imomqulixon qo‘zg‘olonni bostirishga majbur bo‘ladi va shahar aholisi qirg‘in qilinadi. Tinimsiz olib borilgan urushlar xon hokimiyatining bir qadar mustahkamlanishiga olib keldi. Lekin bu muvaffaqiyatlarga qaramay, feodal yer egaligining rivojlanishi va o‘zbek qabilalari zodagonlarining qo‘lida yirik mulklarning to‘planishi ba’zi yirik qabilalarning siyosiy nufuzini oshirib yubordi. timoiy tabaqa - raiyatning ahvoli og'irlashib bordi. Bu davrda ijtimoiy pillapoyaning eng pastida turgan qullarning, ayniqsa, saroy xizmatchi qullarining mavqeyi oshishi uchun imkoniyatlar kengaydi. Xonga va boshqa yirik saroy amaldorlariga tegishli bo'lgan qullar, ba'zi hollarda o'z salohiyati bilan saroydagi yirik amaldorlar qatoridan o'rin olishga ham muvaffaq bo'lgan. Ko'pgina xonlarning shaxsiy qo'riqchilari qullardan iborat bo'lib, bu ularning saroydagi mavqeyini oshirib turardi.
Ashtarxoniylar davlat tuzumi o'z tuzilishi, mohiyatiga ko'ra Shayboniylar davlat tuzumidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig'i bo'lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog'liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbada qo'shib o'qitilardi. Lekin amalda ko'pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari qo'lida o'yinchoq bo'lib, markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari qo'lida to'plangan boisa, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila viloyat hokimlari ixtiyorida edi.
Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo'lib, davlat tizimini beqarorligiga, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarga olib kelar edi.Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo'lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo'lib - markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi.
Markaziy boshqaruv xon saroyi amaldorlari qo'lida bo'lib, ashtarxoniylar davrida otaliq mansabiga ega shaxs ayniqsa katta mavqega ega bo'la boshladi.Otaliq birinchi vazir vazifasini bajargan. XVIII asrda esa u yana mamlakatda sug'orish ishlariga rahbarlik ham qilgan.Otaliqdan keyin devonbegi (moliya vaziri), undan keyin, parvonachi (arizalarni qabul qiluvchi), ko'kaldosh, mirshabboshi bo'lgan. Bundan tashqari inoq (qudratli o'zbek qabilalarining amirlaridan tayinlangan), qushbegi (xon qarorgohining boshlig'i), katta mextar, dasturxonchi, to'pchiboshi, qutlov, eshik og'asi, miroxo'r, shayxulislom, qozi, qozikalon va hokazolar bo'lgan.Bu davrda islom dini davlatning asosiy tayanchi bo'lib, ruhoniylar juda katta siyosiy mavqega ega edi.
Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga bo'ysunishi belgilangan yillik soliqlarni to'plab xon xazinasiga yuborib turish, xon farmoniga ko'ra harbiy yurishlarda o'z qo'shinlari bilan qatnashishdan iborat edi, xolos. Viloyat hokimlari ham o'z boshqaruv tizimiga, harbiy kuchlariga ega edi.
Ashtarxoniylar davrida harbiy va ma'muriy amaldorlar katta huquqlarga ega edi. Ular bilan bir qatorda yirik din peshvolari - xo'jalar va diniy mansab egalari - shayxulislom, qozikalon, sadr va boshqalarning ahamiyati ham katta bo'lgan. Davlat boshqaruvida Jo'ybor xo'jalarining mavqeyi bu davrda ham yuqori bo'lib, asosiy diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlanar edi.Qo'shin tuzilishi, jang olib borish uslubida shayboniylar davriga xos harbiy tartib-qoidalar saqlanib qolindi. Lekin o'z samaradorligini tobora yo'qotib borayotgan bu o'rta asr harbiy jang tartiblarini ham ashtarxoniylar qo'shini yetarli o'zlashtira olmaganligini ko'ramiz. Mamlakatdagi ichki nizolarga, separatik kuchlarga, tashqi dushmanlar hujumiga to'siq qo'ya oladigan doimiy qudratli harbiy qo'shinning barpo etilmaganligi, qo'shin tarkibiga urushlar paytida oddiy fuqarolarning keng jalb etilishi, uyushgan markaziy harbiy qo'mondonlikning yo'qligi va boshqa siyosiy-iqtisodiy sabablar tufayli ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi harbiy jihatdan o'ta zaiflashib ketdi.
. Hukmronligining so‘nggi yillarida ko‘zi ojizlashgan Imomqulixon taxtni ukasi Nodir Muhammadxonga topshirgan.
Nodir Muhammadxon (1642-1645) davrida mamlakatda ichki nizolar va o‘zaro kurash yanada avjiga chiqqan. Chekka viloyatlar Toshkent, Xo‘jand, Turkiston va boshqalar markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan. Hukmronligining dastlabki yillarida Nodir Muhammadxon mulk taqsimoti o‘tkazib, o‘zining farzandlariga mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk sifatida bo‘lib bergan4. Nodir Muhammadxon tomonidan amalga oshirilgan mulk taqsimoti markaziy hokimiyat mavqyeini juda ham zaiflashtirib yuborgan. Chekka o‘lkalar Buxoro bilan deyarli hisoblashmay qo‘ygan. Nodir Muhammadxon mamlakat ichkarisida yirik amirlarning qarshiligiga duch kelgan. Bu esa 1645-yilda Nodir Muhammadxonning o‘g‘li Abdulaziz sultonning yangi xon deb e’lon qilinishiga olib kelgan. Vaholanki, bu vaqtda Buxoroda Nodir Muhammadxon hukmronlik qilardi. Bu hol mamlakatda markaziy hokimiyat va Ashtarxoniylarning mavqyei ancha tushib ketganligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat asoslarini zaiflashtirib yuborgan.
Abdulazizxon o‘z hukmronligi yillarida (1645-1680-yillar) Balxni Buxoroga bo‘ysundirishga bir necha bor urinib ko‘rgan. 1651 yilda Balx taxtiga Abdulazizxonning ukasi Subhonqulixon sulton o‘tiradi. Kuchli oliy hokimiyatning yo‘qligi va davlatdagi parokandalikdan foydalangan Xiva xonlari mamlakat ichkarisiga tez-tez bostirib kira boshlaydilar. Xiva xoni Abdulg‘ozixon (1645-1663 yy.) 1655-yilda Movarounnahrga ikki marta bostirib kiradi. Xiva lashkarlarining mamlakat ichkarisiga hujumlari keyingi yillarda ham davom etib turdi. Xiva bilan uzoq davom etgan urushlar mamlakatdagi ahvolni og‘irlashtiradi va ichki ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi.
1680-yilda Abdulazizxon taxtni ukasi va valiahd Subhonquli sultonga topshiradi. Subhonqulixon (1680-1702-yillar) Buxoro xonligini uzoq yillar boshqargan5. Subhonqulixon hukmronligi yillarida ham Balx viloyati uchun kurash davom etgan. Amalda Balx hokimlari Buxoro hokimiyatini rasman bo‘lsa ham tan olmaganlar. Yirik qabila zodagonlarining nufuzi oshib borib, 1688-1697-yillar davomida Balxda yirik amir Mahmudbiy hukmronlik qilgan.
Bu davrda Buxoro xonligining Xiva bilan munosabatlari ham mushkul edi. Subhonqulixon hukmronligi davrida Xiva lashkarlari bir necha bor mamlakat ichkarisiga bostirib kirganlar.
(1664-1687-yillar) mamlakatga bir necha marta yurish uyushtirib, 1684 yili hatto Samarqandni bir yil davomida ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. 1697 yilda Xiva xoni Ereng yana Movarounnahr ichkarisiga yurish qiladi. Shundan keyin Subhonqulixon uni bartaraf qilish bilan birga Xivaga o‘z noibini tayinlaydi. Shu tariqa Xivada yana Buxoro hukmronligi o‘rnatiladi. Xivaga qarshi kurashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun qatag‘on qabilasidan bo‘lgan otaliq Mahmudbiy Balx noibi qilib tayinlanadi. Lekin Mahmudbiy Buxoroga butunlay bo‘ysunmay qo‘yadi. Bu esa boshqa beklar, qabilalar, feodal guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘zaro feodal urushlar va qabilaviy nizolar yanada kuchayib ketadi.
Mamlakatdagi ichki ziddiyatlar keyingi hukmdor Ubaydullaxon (1702-1711-yillar) davrida avj oladi. Bu davrga kelib, eng asosiy viloyatlarda Ashtarxoniylar emas, balki o‘zbek zodagonlariga mansub ayrim amirlar hukmronlik qilar edi. Masalan, Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O‘ratepa, Hisor, Balx va boshqalar6. Ubaydullaxon hukmronligi yillarida markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun harakat qildi. U amalda mustaqil bo‘lgan zodagonlar va qabilalarga qarshi tinimsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar natijasida xo‘jalik inqirozi yanada kuchaydi. Ubaydullaxon amalga oshirgan pul islohoti ham natija bermadi. 1711-yilda Ubaydullaxonning o‘zi ham fitna qurboni bo‘ldi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan so‘nggi hukmdorlar davriga kelib (Abulfayzxon, Abdulmo‘min, Ubaydullaxon), «Buxoro xonligi markaziy hokimiyati amalda mustaqil bo‘lgan mulklar yig‘indisidan iborat bo‘lib qolgan edi»3. Hokimiyat amalda Abulfayzxon hukmronligi davrida avval Jovshan qalmiq, u o‘ldirilgandan keyin esa oliy qushbegi Abdullabey xoja, keyin esa Muhammad Hakimbiy otaliq qo‘lida mujassamlashgan edi. Davlatdagi bunday holat ko‘pchilik amirlar va qabila zodagonlarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Abulfayzxon- ga qarshi fitna uyushtirilgan, lekin fitna fosh bo‘lib, tashkilotchilari qattiq jazolangan. Bundan tashqari, 1722-yilda Rajab sultonning Samarqandda xon deb e’lon qilinishi ahvolni yanada mushkullashtirdi.




    1. Download 67,38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish