Periferik nerv sistemasi kasallliklari - KO‘RUV NERVI NEVROPATIYASI Ko‘ruv nervi zararlanishi ko‘p uchraydi. Chunki u turli salbiy ta’sirotlarga o‘ta sezgir hisoblanadi. Bularning ichida qandli diabet, ateroskleroz, arterial gipertoniya, turli etiologiyali serebrovaskulyar kasalliklar,bosh miya o‘smalari, ekzogen va endogen intoksikatsiyalar, avitaminozlar, virusli infeksiyalar, kollagenozlarvanasliydegenerativkasalliklarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Bu kasalliklar, asosan, ko‘ruv nervining ikki tomonlama zararlanishi bilan namoyon bo‘lad. Sekin rivojlanuvchi bir tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari Katarakta, glaukoma, makula degeneratsiyasi. Ko‘ruv nervi o‘smasi (glioma), gipofiz adenomasi, meningioma. Ichki uyqu arteriyasi anevrizmasi va boshqa sabablar. Sekin rivojlanuvchi ikki tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari Ko‘ruv nervining nasliy atrofiyalari (makulyar degeneratsiya, Leber sindromi, Volfram sindromi, Refsum sindromi). Xiazma sohasi o‘smalari (glioma, gipofiz adenomasi, kraniofaringioma). Optikoxiazmal leptomeningit, IKG, obstruktiv gidrosefaliya. Qandli diabet va boshqa dismetabolik buzilishlar. Avitaminoz (B1, B12 va folat kislotasi yetishmovchiligi). - Bu kasalliklar, asosan, ko‘ruv nervining ikki tomonlama zararlanishi bilan namoyon bo‘lad. Sekin rivojlanuvchi bir tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari Katarakta, glaukoma, makula degeneratsiyasi. Ko‘ruv nervi o‘smasi (glioma), gipofiz adenomasi, meningioma. Ichki uyqu arteriyasi anevrizmasi va boshqa sabablar. Sekin rivojlanuvchi ikki tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari Ko‘ruv nervining nasliy atrofiyalari (makulyar degeneratsiya, Leber sindromi, Volfram sindromi, Refsum sindromi). Xiazma sohasi o‘smalari (glioma, gipofiz adenomasi, kraniofaringioma). Optikoxiazmal leptomeningit, IKG, obstruktiv gidrosefaliya. Qandli diabet va boshqa dismetabolik buzilishlar. Avitaminoz (B1, B12 va folat kislotasi yetishmovchiligi).
Bir qancha nervlar zararlanishiga polinevropatiya deb aytiladi. - Bir qancha nervlar zararlanishiga polinevropatiya deb aytiladi.
- Polinevropatiyaning umumiy klinik simptomlari Polinevropatiya uchun nevrologik simptomlarning simmetrik tarzda namoyon bo‘lishi va oyoq-qo‘llarning distal qismidan boshlanishi xos. Etiologiyasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barcha polinevropatiyalar quyidagi simptomlar bilan boshlanadi. 1. Sezgi buzilishlari. 2. Harakat buzilishlari. 3. Vegetativ-trofik buzilishlar. Sezgi buzilishlari. Aksariyat polinevropatiyalar (ayniqsa, metabolik va toksik) sezgi buzilishlari bilan boshlanadi. Dastlab paresteziyalar bilan namoyon bo‘la boshlaydi. Paresteziya oyoq-qo‘llarning distal qismidan boshlanadi. Qo‘l va oyoq panjalarida, barmoq uchlarida uvishish, chumoli yurgandek bo‘lish, achishish kabi yoqimsiz sezgilar paydo bo‘ladi. Paresteziyalar, ayniqsa, oyoq panjasida yaqqol ko‘rinadi, chunki aksariyat polinevropatiyalar ilk bor oyoqlardan boshlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |