2.2.Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o’lkashunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni
XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib olingan hududlarda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi.
O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati natijasida doimiy ravishda ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan, ular bevosita shu muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz. Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona davlat arxivlari tizimini barpo etish e’tibordan chetda qoldi.
Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha zax qaznoqlarda, yog’och saroylarda saqlangan.
Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga tashkilot rahbarlarining o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib, keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha davrdayoq ilg’or kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va bosib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi10”.
Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi. Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida 25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz” arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim
ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi.
1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib chiqish va saralab olish, ularning ilmiy qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi. Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga ega edi, xolos.
Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, ikkinchisiga – viloyat va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik boshqarmalari, o’qchi brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash mo’ljallangan edi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan chetda qolgan.
Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi.
Ilk yozma manbalar. Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari o’z tarixini yozma ravishda yoritmaganlar (shu davrlarga oid mahalliy yozma manbalar topilmagan yoki ular zamonamizgacha saqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk yozma manbalar - «Avesto», ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo (Yunon-Rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. Ular Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo’lib, o’lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo’ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir IIning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepon va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshlarda yozilgan (Midiya o’lkasi).
O’lka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv xujjatlaridan foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbik qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim shaxslarning ko`p yillik faoliyatlari haqidaa ma`lumot va xujjatlar saqlanadi.
Yozma manbalar.
Yozma manbalar o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi:
1.Rasmiy hujjatlar.
Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlar-yorliqar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisob daftrlari, rasmiy yozishmalar.
2.tarixiy, geo-kosmografiya, hamda biografik asarlar “Zafarnoma”, Yoqut Hamaviy- “Mo``jam ul-buldon”, Abu Tohir xo`ja “Samariya”, Xudoyberdi ibn Qo`shmuhammad “Dili g`aroyib”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkarat ush-shuaro”, Bahouddin Hasan Nisoriy “Mazakkiri ahbob”, Mutribiy- “Xotiroti mutribiy”…
O’lka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bulgan arxiv xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga ega.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida teran yangilanishlar jarayoni boshlandi. Ushbu mas`uliyatli bir davrda tarixni o`rganish, uni haqqoniy baholash tarixchilar oldiga katta mas`uliyatli vaziflarni qo`yadi. Vazifa yangi o`quv qo`llanmalarni, ma`ruza matnlarini va darsliklarini yaratishdan iborat.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasid arxiv materiallari, ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi ayniqsa muhimdir.
Arxiv so`zi bu lotincha “arxivium” –tushunchasidan olingan bo`lib, aslida-hukumat binosi-degan ma`noni anglatadi. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo`llanilishida “hujjatlar saqlanadigan maxsus bino”-degan mazmunni anglash kerak.
O`zbek davlatchiligi tarixida arxivlar yozuv bilan birga paydo bo`lgan. Qadimshunoslar ko`hna Tuproqqal`aga tegishli III-IV asr boshlariga oid boshqa hujjatlar topilgan. 1930 yilda Pnjikent shahri yaqinidagi Mug` tog`laridagi arxeologik manzillardan So`g`diyona davlatlriga tegishli Divashtich arxivi xarobalari topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid saqsonga yaqin so`g`d tilida hjjatlar saqlanganligi aniqlangan. IX-X asrlarga oid Somoniylar davlatining poytaxti Buxoroda Abu Ali ibn Sino foydalangan yirik arxiv-kutubxona bo`lgan. Keyingi davrlardagi davlatlarda, ayniqsa temuriylar davrida mahkamalarda hujjatlarni saqlashga birmuncha e`tibor berildi. Biroq so`nggi yillardagi xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar natijasid ko`pgina arxiv hujjatlar yo`q qilib yuborildi.
Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo`nalishlari o`lkashunoslik, manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham chambarchas bog`liq. Talabalar tarix fanining ushbu yo`nalishlari bilan tanishar ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to`laroq tushuna boshlaydi. Lekin talaba uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi.
Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot o`z xizmati nuqtai-nazaridan faoliyat ko`rsatar ekan hujjatlarni ijod qilib, yaratibgina qolmasdan, chetdan o`ziga zarur bo`lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi. Korxonami yoki shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to`planadigan yozma ma`lumotlar-hujjatlar-fondi (jamg`armasi)ni tashkil etadi.
Ko`pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish amaliyotidan xabardor bo`lmoqlikni shart qilib qo`yadi.
Universitet oliy ta`limini oluvchi talabalar uchun “Arxivshunoslik” kursi quyidagi 16 ta mavzudan iborat qilib o`tiladi. Arxiv ishi amaliyoti va tarixi kursini ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki oltita mavzu O`zbekiston davlatchiligi tarixida arxiv ishi tarixiga bag`ishlanadi, qolgan o`n mavzu arxivshunoslikning asosiy qismi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotini yoritishga xizmat qildi.
Arxivshunoslik kursining vazifasi qo`yidagilardan iborat bo`ladi: hujjatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini ochib berish; ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilotlrda yozma ma`lumotnomalar bilan bevosita bog`liq ish yurituvchilarning hujjatlarni ilmiy soha uchun saqlash zarurligidagi mas`uliyat; O`zbekistonda rxiv ishi haqida tasavvurga ega qilish; joriy arxivlarning davlat arxivlarining faoliyatidagi muhim bosqich ekanligini ko`rsatish; talabalarni hujjatlarning ilmiy qimmatini ekspertizadan o`tkazishning usullaridan voqif etish; umuman arxivarus xizmati yoki o`zi uchun zarur bo`lganda arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun foydalana olish.
SHunday qilib, arxiv ishining nazariy, metodik va tashkiliy tomonlarini ilmiy asosda o`rganuvchi, uning tarixini to`liq ochib berishga qaratilgan fan-arxivshunoslik deb ataladi.
Arxiv-bu arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo`linmasi tushuniladi.
Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo`lyozma va mashinada o`qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi yozuvlarni tushunish kerak.
O`zbekiston Respublikasining “Arxivlar to`g`risida”gi Qonuni 1999 yil 15 aprelida qabul qilingan bo`lib, 21 ta moddadan iboratdir.11 Ushbu qonun rxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Qonun O`zbekiston hududida mavjud bo`lgan barcha arxiv hujjatlarini to`liq qamrab olishga, O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish ro`yxatdan o`tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolda ravnaqi masalasi muhim o`rin tutadi. Zero, moddiy saboqlari; o`tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o`rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
III. Sam DU da “Arxivshunoslik” fanini o`qitishda Toshkent Milliy universiteti tarix fakulteti olimlarining ya`ni o`quv dasturi tarix fakulteti yozma manbalar, arxiv va muzey fondlarini o`rganish hamda tadqiq etish, tarixnavislik markazi a`zolari tomonidan yozilgan, o`quv dasturidan foydalanib tuzildi.
Xuddi shuningdek, I.Alimov v.b. Arxivshunoslik. O`quv qo`llanma (Ibrohim Abdug`afforovich Alimov, Fatxulla Raimovich Ergashev, Abdurashid Bo`taevich Bo`taev) Mas`ul muharrir: O.Toshmuhamedov. I., Sharq, 1997-80 bet)ni tayyorladilar. Ushbu qo`llanma dastlabki harakat bo`lib, und keltirilgan arxiv ish nazariyasi ma`lumotlari bugungi kunda ancha boyigan bo`lib, talabalardan yangi ma`lumotlarni to`laroq bilishni talab etadi. Shu jihatdan Bosh arxiv boshqarmasi va Respublika atamashunoslik qo`mitsi tomonidan nashrga tavsiya etilgan “Hujjatlar”. Arxiv ishiga doir ruscha-o`zbekcha qisqacha izohli lug`at.-T., Qonunlar Bosh tahririyati, 1993 yilda nashr etilgani yordam beradigan bo`ldi.
Shuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o`zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o`rganmoqchi bo`lgan muayyan soha tadqiqotchilari-iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi. Bu jabh tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil-isbotlar bilan boyitish, jamiyat hayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jihatlarini mutlaqo baholash bobida ma`lumotlar manbai bo`lib xizmat qiladi.
Xozirgi kunda O`zbekiston respublikasida juda ko`p arxivlar mavjud bulib, ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari haqidaa joriy arxivlar mavjud.bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma`lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi. Xujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan boglikdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tu-zilishi nizomida tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari tizismiga quyidagi arxivlar kiradi.
1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib kelmokda. Fargona viloyat davlat arxivi fondlari, Fargona viloyati va Fargona shaxar tarixini qisman bir vaktlar Fargona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Kukon shaxarlarida Fargona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi uchta arxiv kiradi.
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan).
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri xisoblangan arxivshunoslik Vatan tarixini, shu jumladan uz o`lkasining tari-xini xar tomonlama va chuqur o`rganishda talabalarga katta yordam beradi.
Shuni takidlab utish kerakki respublikamizning xamma tuman va viloyatlarida davlat arxivlari mavjud, rayon arxivlari uz kuli ostidagi barcha muassasa va tashkilotlardagi davlat axamiyatiga ega bulgan xujjatlarni yigib oladi va ma`lum muddatdan sung VDA lariga, ular esa uz navbatida respublika davlat arxivlariga yoki boshqarmaning vazirliklariga ular xam uz navbatida bir qancha muddat saqlaganlaridan sung, UzRMDA ning konun koidalariga rioya kilgan xolda xujjatlarni tayyorlab, sung UzRMDA ga topshiradi12. O`zbekiston UzRMDAdagi xujjatlar uz axamiyatiga karab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki yokib tashlanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, har bir davlat tirik vujud (mavjudot) kabi tabiat qonuniyatiga asosan o’sadi, rivojlanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta “pragmatik tarix” degan ibora uchraydi. O’z asarining ikkinchi qismini muarrix pragmatik usulda quradi: u voqealar nima sababdan, qanday maqsadda yuz berganligini aniqlaydi, ya’ni muayyan voqealar kelib chiqish sabablarining davomiyligi va oqibatlarini bayon qiladi.
Fukidid va Polibiyning asarlari antik davr tarixshunosligining cho’qqisini tashkil etadi. Keyingi yunon muarrixlarining deyarli barchasi ularning izidan bordilar. Tarix fani taraqqiyotining belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlari yoritishda va o’lkashunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni juda muhim. Arxiy - lotincha «arxivus» - hukumat binosi so’zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo’llanish ma’nosi butunlay boshqacha. Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa.
Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm shohlarga tegishli III-IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishdi. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug’diyona davlatining mug’ tog’lari harobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80dan ortiq qo’lyozma hujjatlari topildi. Bizga tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX-X asrlarda Abu Ali ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo’lgan. O’rta Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida keyinchalik Oltin O’rdada, temuriylar ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi millatimiz, o’zbek xalqining hujjatli madaniy yodgorliklari saqlanadigan eng katta boy arxiv xazinasidir. Bu yerda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo’lib, ular XIII-XX asrlarga oiddir.
Qadimgi davlatlarning xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlar manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O’zaro feodal urushlari vayrongarchiliklar natijasida yo’q bo’lib ketgan. Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to’la saqlangan.
Qo’qon va Xiva xonliklari tarixi o’ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peterburgga - imperator kutubxonasi olib ketiladi. Bu hujjatlar 30-yilning oxirigacha e’tiboran chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay keldi. Keyin bu arxivlar topilib ularning Qo’qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so’ng ulardan keng foydalanila boshlandi.
Qo’qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda «Katalog arxivi Kokandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1982 yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan.
Xiva xonlari arxivini birinchi bo’lib 1939 yilda tarixchi olim P.P.Ivanov o’rganib chiqib, bu arxiv to’g’risida xabar beradi.
Yuqoridagilardan tashqari Rudelson K.I., Dolgix V.I. Teoriya i praktika arxivnogo dela.-M., 1980; kabi Rossiya Federatsiyasida nashrdan chiqarilgan darsliklar ham arxivshunoslik fanini o`rganishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
30 oktyabr 1999 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida” 1999 yil 15 apreldagi 769-1-son qarorini bajarish maqsadida quyidagi 4 ta Nizomni qabul qilishi arxivshunoslik fanini o`rganishda yangilik bo`ldi:
1.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondi to`g`risida Nizom;
2.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi;
3.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi;
4.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to`g`risidagi Namunaviy Nizom.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo`lajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ`ibot-tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o`rgatishdan iborat.
Albatta, arxiv materiallariga eng ko`p murojaat qiluvchilar-tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotchilarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |