2 .1. ISIS printsipial sxemalarning grafikaviy redaktori
Рис 1. ISIS redaktorining tashqi ko’rinishi
1 – Fayl menyusi;
2 – Displey;
3 – komponentalar oynasi;
4 – Ish joyi.
2.2. Elektrik simvol elementlarning printsipial sxemasini yaratish va redaktorlash
Setkaning kerakli bosqichini tanlaymiz. Setkaning quyidagi gradatsiyalari bor (Snap): 10 th = 0,25 mm (faqat Display menyusidan), 50 th = 1,25 mm [F2], 100 th = 2,5 mm [F3], 500 th = 12,5 mm [F4].
Kerakli hajmni ham shu tarzda Display menyusida yoki bo’lmasa [F5]…[F11] (tegishli tarzda 200%dan … 10% gacha) tanlaymiz.
P iktogrammalar panelida (Graphic Mode) tanlaymiz, undan keyin grafikaviy primitivlarni foydalanish imkoni yaratiladi / - chiziq, - to’g’ri burchak, - ellips, - doira, - sektor, - yopiq tuman, TEXT – yozuv. Berilgan primitivlarni kombinatsiyalash orqali istalgan elektrik sxemalar elementining rasmini yaratish mumkin. Buning uchun (Gadgets Mode) tanlaymiz va ruxsat berilgan tugmalar orasidan (Devise pin) ni tanlaymiz, undan keyin komponentalar ildizlarida quyidagi chiqaruv turlari mavjud:
Default – oddiy , invert – invertlovchi , posclk – musbat tushirish bo’yicha hisoblanuvchi, negclk – manfiy tushirish bo’yicha hisoblovchi, short – oddiy qisqartirilgan. Kerakli chiqaruv turini tanlab, ish joyiga sichqonchaning chap tugmasi orqali grafik qiymat shartiga asoslanib joylashtiramiz. Chiqaruvning tashqi tomonidagi krestik yo’l ko’rsatuv joyiga ulashni ko’rsatib turadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilishi orqali ish joyida Edit Pin menyusi paydo bo’ladi, menyu qatorida joylashgan Pin name da - chiqaruvning nomi kiritiladi, Pin Number – qatorida esa chiqaruv raqami kiritiladi. Draw body, Draw name va Draw number metkalari chiqaruv ko’rinishlarini ya’niy nomini va raqamini aniqlab beradi. Tok oziqlanishi chiqaruvlarini aniqlashtirishda Electrical Type bo’limida Power ga metka qo’yilishi shart, Pin Name bo’limida esa musbat manbadan tok oziqlanuvi qiymati uchun – unga VCC nomi o’zlashtiriladi, umumiy manbadan tok oziqlanuvi qiymati chiqishi esa – GND nomi. Ushbu nomlar kelajakda Power tok oziqlanishi zanjirini Signal signal zanjiridan alohida strategiyasini kiritish va trassirovka qilish imkonini beradi. Agar sxemada tok oziqlanuvi kuchlanishlari bir nechtasi bo’lsa ya’niy ikkipolyarli, unda VCC va GND eng ko’p elementlar ulangan tok zanjiriga o’zlashtirgiziladi, boshqa tok zanjirlari esa Signal zanjiri kabi trassirovkalanadi, bu avtomatik tarzda avtotrassirovka qilinishidan oldin qo’lda ishlanadi.
Element yaratilgandan keyin, sichqonchaning o’ng tugmasi orqali elementning umumiy oynasini tanlashni ishlatamiz (qizil rang bilan yonib turadi) va Edit menyusida Make Device ni tanlaymiz. Ochilgan Make Device oynasining Device Name qatorida elementning biblioteka nomi bilan lotin alifbosi harflari orqali nomini kiritamiz masalan K561LN2, Reference Prefix qatorida prefiks pozitsiya qiymatini kiritamiz masalan DD – raqamli mikrosxemalar uchun, VT – tranzistorlar uchun va boshqalar. Make Device ning o’ng tarafdagi oynasida biz yaratgan elementni joylashtiradigan bibliotekani tanlaymiz.
Agar elementning korpusi bir necha bir turdagi funksional elementlarni o’zida tashkil etsa, u holda Pinout – tariflash atributasini yaratish lozim. Buning uchun Generate pinout script ? so’roq bilan berilgan qatorga belgi qo’yilishi shart, Use Pinout Script qatoriga esa elemntning biblioteka atamasiga o’xshash nomi kiritilshi lozim. Element yaratilgandan keyin ish joyida Pinout matnli tariflash paydo bo’ladi, bu esa o’z-o’zidan hozircha bitta funksional elementni tariflaydi va quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi (misol tariqasida K561LA7 ni olamiz): *PINOUT К561LA7
Do'stlaringiz bilan baham: |