ARM
ARM (Advanced RISC Machines; LSE: ARM, NYSE: ARMH) — Britaniya korporatsiyasi, eng katta ishlab chiqaruvchilardan biri va 32-razryadli va 64-razryadli RISC – protsessor (ARM arxitekturasi bilan) arxitekturalarining litsenziyari. Asosan mobil qurilmalar (mobil telefonlar va boshqalar) uchun mikrokontrollerlar ishlab chiqaradi.
Advanced RISC kompaniyasi boshida Acorn Computers, Apple Computer (bugungi kunda Apple Inc.) va VLSI Technology kompaniyalari o’rtasida birgalikda ishlashga asoslangan.
ARM mikroxemalarni ishlab chiqaruvchi emas, balki mikroprotsessorlarni o’ylab topuvchi va chiplarni ishlab chiqarish uchun o’zining texnologiyalarini uchinchi darajadagi firmalarga litsenziyalovchi hisblanadi. ARM bir necha o’nta mikroprotsesorli, video va mikrokontrollerli yadro o’ylab topgan bo’lib, ular har xil kompaniyalarda ishlab chiqarilishi uchun litenziyalangan. Litsenziya olgan kompaniyalar ARM ishlamalarini o’zlarining kristallda tizimlarini yaratishda ishlatishadi. Oltita tashqi kompaniyalar tez ishlovchi 64-bitli Cortex-A57 yadrosini va o’rtacha ishlovchi 32-bitli Cortex-A15 yadrosini ishlatish litsenziyasiga ega.
Quyida ARM da tomonidan ishlab chiqarilgan 32-razryadli yadrolar keltirilgan:
- Cortex-A15, Cortex-A12, Cortex-A17, Cortex-A9, Cortex-A8, Cortex-A7, Cortex-A5 va yana bir nechta eski klassik ARM protsessorlari.
Endi esa hozirgi real vaqtda qo’llanilayotgan mikrokontrollerlar uchun yadro variantlarini keltiramiz, bular:
- ARM Cortex-R7, ARM Cortex-R5, ARM Cortex-R4, ARM Cortex-M4, ARM Cortex-M3, ARM Cortex-M1, ARM Cortex-M0+, ARM Cortex-M0.
Yadrolarni litsenziyalashda to’lash modellarining bir necha turi mavjud, ulardan eng taniqlilari: "Perpetual (Implementation) License", "Term License", "Per Use License".
ARMda yaratilgan yadrolarning litsenziyasi yoniga qo’shimcha, bir nechta kompaniyalar ARM arxitekturasiga “arxitekturaviy litsenziyani” qo’lga kiritishdi, bu esa o’z-o‘zidan ARM qo’llamalarini amalga oshirigan holda o’zlarining mikroprotsessor yadrolarini ishlab chiqarishga yo’l ochadi va bundan tashqari ARM patentlarini ishlatihga ham.
ARM texnologiyasi juda muvaffaqiyatli bo’lib chiqdi va hozirgi vaqtda portativ raqamli qurilmalar uchun mikroprotsessorli arxitekturaviy yetakchi hisoblanadi. ARM litsenziyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan mikroprotsessrlar miqdori 2,5 milliard donadan oshadi. Faqat 2011 yil bo’yicha 7,9 milliard dona yadro soni litsenziyalangan.
ARM kompaniyasining biznesi har doim yadrolarni ishlab chiqarishga litsenziya sotish bo’lgan va qo’shimcha uning asosida ishlanuvchi mikroprotsessorlarga va mikrokontrollerlarga yarim o’tkazuvchi elementlar.
Hozirgi vaqtda ARM kompaniyasi o’zining ishlamalari bo’yicha ishlangan protsessorlarni sotmaydi ham ishlab chiqarmaydi ham, lekin uning protsessorlariga qiziqgan hamkasblariga litsenziya beradi. ARM kompaniyasi bahosiga va undagi o’rnatilgan ashyolar qarab, farqlangan tarzda litsenziyalashda keng tanlovni taqdim etadi. Litsenziyani sotib olganlarning hammasiga yadroning apparat qismi haqida tariflar yetkaziladi va yana dasturiy taminot ishlab chiqarish uchun umumiy to’plam (kompilyator) va yana ishlab chiqarilgan ARM protsessorlarini sotishga ruxsat beriladi.
ARM ning ayrim mijozlari, tashqi kompaniyalar uchun protsessorlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanishadi.
ARM7TDMI turidagi yadro versiyasi eng samarali sotilgan turi bo’lib, bu turdagi yadrolar millionlab sotilgan.
ARM litsenziyasi ostida 2005 yilda 1,6 milliard yadrolar ishlab chiqarilgan. Bu ishlab chiqarilgan yadrolar asosan mobil telefonlar uchun. 2006 yilda ARM 2,5 milliard protsessorlarga litsenziya berishi natijasida 161 million AQSH dollarini qo’lga kiritgan. Bu litsenziyalar orasida yangilari ham eskilari ham bo’lgan. 2008 yilda esa 10 milliard va 2011 yilda bo’lsa berilgan litsenziyalangan yadrolarning sonining bahosi 7,9 milliard qilib baholangan.
Zamonaviy smartfonlar, shaxsiy kompyuterlar va boshqa qurilmalar asosan ARMv7 versiyadagi yadrolarni ishlatishadi. Undan oldin ARMv5 versiyadagi yadrolar keng qo’llanilgan.
ARM arxitekturasining protsessorlari asosan quyidagi qurilmalarda ishlatiladi:
Smartfonlarda;
Mobil internet qurilmalarda(MID);
Smartbook larda;
Internet planshetlarda;
Va boshqa mobil va energo-effektiv qurilmalarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |