Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi


Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Download 68,44 Kb.
bet3/5
Sana20.02.2022
Hajmi68,44 Kb.
#460344
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu

Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
O’zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog’ochlar va o’simliklarga boy o’lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalanadigan xom ashyo bo’lishi bilan bir qatorda mehnat darslarida bajariladigan ishlar uchun kerakli material bo’lib ham xizmat qiladi. O’quvchilarni ilk yoshligidan boshlab bolalarda ona tabiatga kizikish va muxabbatni, undagi guzalliklarni kura bilishni tarbiyalash krak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur kiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy kobiliyatlarni, konstruktorlik goyasini, tushunchalarning anikligini uygotadi. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab kiladi va ularni ishlatish bilim, ko’nikma, malakalarini beradi. Turli tabiiy materiallarni to’plash o’qituvchi qo’ygan maqsadga bog’liq bo’ladi. O’quvchilar ko’rib chikilgan va batafsil muxokama kilingan yoki o’zlari o’ylab topgan tasvir uchun material to’playdilar va aksincha, avval qandaydir materialni to’plab, keyin qanday ish bajarishni aniqlashlari kerak. Tabiiy materiallarni o’quvchilar dastlab o’qituvchi raxbarligida sayr vaktida to’playdilar. Tabiiy materillarni to’lash jarayonida o’quvchilar atrofdagi o’simliklar dunyosi, xashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallni qachon va qanday to’plash va kanday saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo’riklash va unga extiyotkorona munosabatda bulish, uni asrash masalalariga aloxida ehtibor berish xar bir o’quvchining burchidir.
Mexnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan bargalar, gullar, poliz ekinlari- qovun, tarvuz, kovok uruglari, mevalar - olcha, o’rik, shaftoli danaklari va shu kabilar: balik tangalari va kanotlari, juxori va makkajuxori sutalari, paxta chanogi, yong’oq pusti va shu kabilardan keng foydalaniladi. Tabiiy materillarni to’playotgan xar bir o’quvchi tabiiy materiallarni tartibli yigish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg tuplash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo’pollik bilan sindirish, gul va shu kabilarni uylamasdan tuplash tabiatga nisbatan vaxshiylik ekanligini yodda tutishi lozim. Gullarni kul bilan sindirib bo’lmaydi, aks xolda poyasi zararlanishi mumkin. O’simliklarni to’plashda gazeta, gerbariy papkasi, kaychi, paxta bulishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Quritib olishga muljallangan o’simliklar xar kanday namlikdan xoli bulishi kerak, aks xolda usimlik kuritilganda unda doglarning izi koladi. Kuritilayotgan o’simlikning tabiiy rangini asrab kolishning eng muxim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, kuyosh nurida tez kuritib olishdir. Usimliklarni kuritish 3 sutkadan oshmasligi kerak.
Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quritilgan o’simliklarning ko’pchiligi o’zining tabiiy rangini saklab koladi. Bunda o’simlik yumshok kog’oz yoki gazeta orasiga solib qo’yiladi. Xar bir varak kog’oz va o’simlik o’rtasiga yana bir necha kavat kog’oz yoki gazta ko’yiladi, chunki quritilayotgan o’simlik o’zidan namlik chikaradi. SHundan so’ng papka ikkita to’rsimon ramka o’rtasiga ko’yilib, ochik havoga ko’yiladi. Agarda havo xarorati kechkurun va kechasi juda pasayadigan bulsa, kuritilayotgan o’simlik issik va kuruk joyga olib kiriladi.
Pressda quritish. Orasiga o’simlik solingan qog’ozlar gerbariy papkasi o’rniga ikkita faner listlar o’rtasiga joylanib, og’ir narsa bostirib kuyiladi. Og’rilik pressga kancha o’simlik joylashtirilganiga bog’lik bo’ladi. Mayda nozik o’simliklar kam og’irlikni va quritish uchun kamrok vaktni talab kiladi. 2-3 soatdan so’ng kog’oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.
Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshok kog’oz orasiga o’simlikni quyib, ustidan dazmol yurg’iziladi. So’ngra ustki kavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o’simlik shamollatiladi va kuruk joyga suriladi, so’ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O’simlik 2-3 minutda quriydi va u o’zining tabiiy rangini yo’qotmaydi. Agarda quritilgan o’simlik kutarilganda o’zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan xisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortikcha quritib yuborilgan xisoblanadi.
Metall va qotishmalar. Metall so’zi grekcha yerdan kazib olaman degan mazmunda bo’lib, u dastlab kon, kazilma, degan mahnolarni anglatadi. Kadimgi dunyo xalqlari fakat oltin, kumush, mis, kalay, kurgoshin, temir, simob kabi 7 ta metallnigana bilishgan. Mehnat darslarida metall va qotishmalardan ham foydalanadilar. Metallar o’zlarining texnik xususiyatlari: mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi, issiqlik va elektr o’tkazishi, suvga bardoshliligi, eruvchanligi va cho’kuvchanlik xususiyatlariga ega. O’quvchilar rangli metall va qora metall turlarini bilishlari kerak.
Qora metall - temirning uglerod bilan qotishmasi va ozroq miqdordagi kremniy, marganets, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Bularga: Po’lat, cho’yan, temir, tunuka va folg’ga kiradi.
Rangli metallga - mis, alyumin, qo’rg’oshin, jez, qalay va boshqa metallar va ularning qotishmalari kiradi. Metall bilan ishlanadigan asboblar: Taxta qilingan metallni qirqishda maxsus tunuka qaychilari kerak bo’ladi. Simni o’tkir ombir bilan folg’gani qaychi bilan qirqiladi. Metallarni mustahkamlovchi va boshqa ishlarda bolg’a, egov kabi asboblar qo’llaniladi. Metallga ishlov berishda xavfsizligi texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur
Sim bilan ishlash. Turli xil narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Sim to’qish va o’rib olish uchun yaroqlidir. Qattiq po’lat yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobilg’ o’qlari, suv parragi, o’yinchoqlar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan simlar diametri 0,005 dan 17mm gacha bo’ladi. U asosan dumoloq kesimli bo’ladi, Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shaklidagi simlar ham bo’ladi. Simlar turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, eektrodlar, ingichka parma, musiqa asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
Plastmassalar. Plastmassalar suhniy olinadigan modda bo’lib, sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to’qimalarni ishlab chiqaradi. Plastmassalar juda yengil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim plastmassalar o’ta mustahkam bo’lib issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi, kislotalarga bordoshlidir. Plastmassaga ishlov berishda deyarli chiqindi bo’lmaydi. Mehnat tahlimi amaliy mashhulotlarida topilishi oson bo’lgan plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir
Organik shisha - Organik shisha oddiy shisha singari shaffof, ammo sinmaydigan suhniy plastmassadir. Organik shishani aralash, egish va yelimlash mumkin. U turli ranglarga bo’yaladi.
Paralon - Suhniy yo’l bilan olinadigan material bo’lib, g’ovvak tuzilishga ega, usti yumshoq, juda yengil, yaxshi bo’yaladi, suv tahsir etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog’ozga va ko’pgina materillarga yopishtirish mumkin.
Penoplast - Anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material. Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda foydalaniladi.
Linoleum - Qurilishda keng qo’llaniladi. Bu turli smolalar, alifmoy, maydalangan po’kak, turli bo’yovchilar va boshqa materiallar aralashmasidan olingan suhniy materialdir. Linoleumning qalinligi 2,5 mmdan 5mmgacha bo’ladi.
Teksolit - ko’p qavatli gazlamadan katta bosimda presslanib tayyorlanadigan suhniy plastmassa juda pishiq xususiyatga ega. Undan shesteryonka, roliklar, podshipniklar uchun vkladishlar tayyorlanadi.
Ebonit - maxsus usulda ishlov berilgan rezina, Ebonitdan har xil turdagi elektr asboblari tayyorlanadi, u sinuvchan, shunung uchun ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Yog’och - eng ko’p tarqalgan materil bo’lib, o’quvchilar mashg’ulotlarda ko’p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.
Qarag’ay - ko’p tarqalgan ishlov berish oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo’ylab randalanadi.
Qoraqarag’ay - yaxshi ishlanadi, uning yog’ochi oq rang bahzan sarg’ish bo’ladi. Qoraqarag’ay tuzilishiga ko’ra qarag’aydan yumshoq va yengil. Biroq qoraqarag’ayda butoqlar ko’p quriganda yorilib ketadi.
Qayin - Qarag’ayga nisbatan pishiqroq va og’irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimli qizg’ish tovlanuvchan oq-sariq rangda bo’ladi.
Eman - yog’ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og’ir, chiroyli jigar rangga ega.
Toqterak - asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Yog’ochi yumshoq anchagina yengil.
Jo’ka - yog’ochi yumshoq, aralash oson, pichoq bilan oson ishlanadi, darz ketmaydi. Jo’kani yorish qiyin. Qarag’ay va qoraqarag’aydan yengil sarg’ish oq rangda.
Fanera - Yog’ochdan shponlar qilinadi, fanerani mana shu shponlar - yog’ochning payraha qilingan yupqa qatlamlari yelimlab yasaladi.
Mozaika - buning uchun yupqa yog’och plastinkalardan tasvir yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politra beriladi.
Loy - Loy narsalar yasashdagi asosiy material hisoblanadi, chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan loyda boshqa narsalar tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. CHunki ish qo’lda bajariladi. SHuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tekshirib ko’rish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi. SHirasiz loyning tarkibida ko’p qum bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati yomon bo’ladi. Loyni aralashmalardan tozalab, ustiga suv qo’yib, 5-6 soat saqlanadi. So’ngra suvi to’kib, qo’lga yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Plastilin - narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sunhiy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning har xil - oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant - toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo’shiladi.
Ikkinchi variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib, qo’lga yopishmadigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
Uchunchi variant - 1 qism to’prog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo’shib aralashtiriladi.
Mum - Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan ham foydalaniladi. Mum tabiiy va suhniy turlari mavjud. Mum ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qo’lay, u qo’rimaydi, suv bilan namlashni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan yasalgan narsalar uzoq saqlanadi. Boshlang’ich sinfning badiiy mehnat darslarida tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanib, har xil buyumlar yasashni o’rgatish mumkin. Bizning jumhuriyatimiz tabiati nixoyatda boy, go’zal bo’lishi bilan birga o’simliklarning xilma-xilligi bilan xam boshqa jumhuriyatlardan ajralib turadi. O’zbekistonda hamma mintaqalarda o’sadigan o’simliklar bor. Agar o’qituvchi shu o’simliklarning bir qismidan o’z o’rnida, foydalana bilsa, o’quvchilarga juda ham chiroyli buyumlar yasashni o’rgatadi, ularda tabiatga qiziqish uyg’otadi, atrof-muhit bilan yaqinroq tanishish va muhofaza qilish imkonini yaratadi.
Mahalliy sharoitdagi tabiiy materiallarga archa bo’qog’i, m eva va yong’oq danaklari, meva urug’lari, somon, baliq tangachalari, loy, qum, qarag’ay va tilog’och qubbalari, barg va maysalar, chigit, makkajo’xori so’tasi, daraxt va butalarning shoxchalari, qushlarning pati, quritilgan gullar va boshqalar kiradi. Tashlandiq materiallarga esa bo’shagan qutilar - choy qutisi, gugurt, dorivorlar, poyafzal qutilari, bo’shagan ip g’altaklari, tuxum po’chog’i, (butun va maydalangan holda), krem yoki tish pastasinig bo’shagan g’ilofi, telefon simlari, gazlama va ip bo’lagi, kanop, sut maxsulotlarining idish qopqog’i va boshqalar kiradi. Tabiiy va tashlandiq materillar bilan ishlash darslari o’quvchilarning ijodkorlik va konstruktorlik qobiliyatini o’stiradi, oldingi olingan malaka va ko’nikmalarni mustahkamlaydi, tejamkorlikka o’rgatadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bu darslarni o’zimizning mahalliy va tabiiy sharoitimizga moslab, ya'ni iqlimi, geografik o’rni tabiati, xalq amaliy san'ati ishlab chiqarish sanoati turiga qarab mo’ljallab o’tishi lozim. Masalan, qishloq sharoitida somondan, chigitdan, makkajo’xori so’tasidan, xar xil urug’ va maysalardan, shahar sharoitida esa to’quvchilik, tikuvchilik, yog’ochsozlik ishlab chiqarish sanoatlari korxonasi bor joylarda chiqindi ip bo’laklaridan, tolalardan, yog’och va gazlama bo’laklaridan, qipiqdan, egiluvchan simlardan foydalanib buyumlar yasashni o’rgatish mumkin. Mehnat jarayonida o’quvchilar oldingi darslarda olingan umummehnat malakalaridan (bukish, qirqish, biriktirish, bezash) foydalanadilar, o’z mehnatlarini rejalashtirish, tashkil etish usullarini o’rganadilar. Darslarda ayniqsa ertak, hikoya, asar qahramonlarini va personajlarni tasvirlab buyumlar yasash o’quvchilarni mustaqil ijod qilishga undaydi. Bu darslarni tabiatshunoslik, o’qish, tasviriy san’at, sinfdan tashqari o’qish darslari bilan bog’lab o’tish tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ertak qahramonlari tasvirlangan buyumlarni o’qish darsi uchun ko’rgazmali qurol sifatida, urug’ va maysalardan yasalgan apliksiya-lardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish mumkin. Tabiiy materiallarga ishlov berishda, har xil shakllar hosil qilishda plastilin ham ishlatiladi. O’quvchilarning badiiy ijodiyotini rivojlantirish uchun "Ertaklar olamiga sayohat", "Men sevgan qahramon", "Men nimaga qodirman" kabi erkin mavzularda dars o’tish mumkin. O’quvchi bunda bir-biriga o’xshamay-digan har xil qahramonlar bilan tanishadi, har bir o’quvchi o’zining mahoratini namoyish qilish bilan birga o’zining ichki kechinmalarini ham o’zi yasagan buyumda namoyon qilib, ifodalaydi. Tabiiy materiallarni darsdan bo’sh paytlarda va ekskursiyalarda o’qituvchi rahbarligida to’p lash mumkin. Mahalliy tabiiy materiallar to’plashda ular haqida ma'lumot berib, qaysi turga, oilaga mosligini gapirib, o’quvchilarning tabiatshunoslik fanidan olgan bilimlari mustahkamlab boriladi. Masalan chigitdan applikatsiya tayyorlashdan oldin o’quvchilarga "Paxta - boyligimiz", somon to’plashdan oldin "Oltin boshoq", “Non - rizq-ro’zimiz" loy bilan ishlashda "Kulolchilik haqida" kabi mavzularda suhbat o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning tabiiy material haqidagi tasavvuri kengaytirib borib, ularning fizikaviy, mexanik va texnologik xususitlari haqidagi bilimlari kengayib rivoglainib boradi, har xil tajribalar o’tkazadilar, buyumlarga estetik bezak beriah va har xil uskunalar (ombur, arracha, bolg’acha) bilan ishlash ko’nikmalari tarkib topa boradi.
Badiiy-ijodiy yo’nalishdagi mashg’ulotlarni tashkil qilinishi bolalarni chiroyli, bejirim buyumlarni yasashga o’rgatishdan tashqari, ularni mustaqil fikrlashga, o’z fantaziyasini namoyon qilishga ham undaydi, estetik zavq bag’ishlaydi, o’z ishini va jamoa ishini rejalashtirishga o’rgatadi. Buyumlarni loyihalarkan, bolalar unga biror bir yangilik kiritishga, uni uzoq saqlanadigan qilib yasashga, ijodiy izlanishga harakat qiladilar. Mahalliy sharoitimizdagi tabiiy va tashlachdiq materiallar bilan ishlash darslari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Qog’oz va karton gazlama, plastilinni ota-onalar sotib olib bersa, tabiiy va tashlandiq, materiallarni o’quvchilarning o’zi yig’ishga harakat qiladi, istirohat bog’ida daryo yoqasida, ko’chada, dalada, o’rmonda, umuman tabiat quchog’ida yurganda ham, uyda ham o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bu materiallarni to’plab yuradilar. Tabiiy materiallar yig’ishda o’quvchilar diqqatini tabiatni asrashga, daraxt va butalarni sindirmaslikni, polizlardagi ekinlarni payxon qilmaslikni ogohlantiriladi. Tashlandiq materiallarni yig’ib borish haqida bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Yil davomida yig’ish uchun o’qituvchi sinfxonasida maxsus quti qo’yib "Tashlandiq materiallar uchun" deb yoziladi. Bu qutiga o’quvchilar o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan bo’shagan ip g’altaklari, qutilari, ip va gazlama bo’laklari va boshqa tashlandiq materiallarni tashlab qo’yaveradilar. Natijada o’quvchilar tejamkorlikka va tozalikka o’rganadilar, ta'lim va turmush uchun zarur bo’lgan buyumlar yasash jarayonida o’z mexnatlarining qadr-qimmatini biladilar. Quyida mehnat darslarida mahalliy sharoitdagi tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash, ularga ishlov berish kabi ko’nikma va malakalarni hosil qilish usullarini ko’rsatishga harakat qilamiz. Quritilgan barg va maysalardan buyum yasash. Quritilgan barg va maysalardan turli xil applikatsiyalar yasash mumkin. Bargning yoz paytdagisi yashil, kuz paytdagisi sariq rangda bo’ladi. Shu sababli har ikkala rangdan oqilona foydalanib tasvir hosil qilish mumkin. Buning uchun bargni quritish lozim. Quritish uchun bargni kitob orasiga tekislab qo’yiladi. Maysalarni ham shu usulda quritiladi yoki qog’oz orasiga qo’yib, dazmollash ham mumkin. Yelimlash uchun PVA yoki BF yelimidan foydalaniladi. Applikatsiya mavzusiga moslab bargni tanlanadi va ma'lum tasvir asosida yopishtiriladi. Somondan narsalar yasash. Somondan ham applikatsiyilar, dekorativ pannolar yasashni o’rgatish mumkin. Buning uchun avval somon kerakligicha mo’ljallab olinadi va har birini uzunasiga qaychi uchi bilan teng ikkiga ajratib qirqiladi. Qirqilgan poyalarni namli qilib, dazmollanadi. Dazmolning issiqliq darajasi orqali somonga rang berish mumkin. Ya'ni nimhol qizdirilganda och sariq, kuchli qizdirilganda qizg’ish sariq rangga kiradi. Buyumlardagi soya tasvirni berishda och va qizg’ish-sariq ranglardagi somondan foydalaniladi. Somon va shunga o’xshash tabiiy materiallar kartondan yasalgan quti yoki polietilen xaltachalarda saqlanadi, (26 a-rasmda somondan tayyorlangan applikatsiya). Boshqa bir qancha tabiiy materiallarni deyarli ishlov bermasdan qo’shimcha qism va shakllarni plastilin, loy, qog’oz va karton, gazlama va ip bo’laklari, simlardan tayyorlab yopishtirib har xil shakldagi qush, hayvon va jonivorlarni tasvirlash mumkin ( ). giya bilan tanishtirish.

Mavzu:


Download 68,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish