GIDROXINON-tolkonyanka bargi (Folia Uvae Ursi)ning asosiy ta’sir ko’rsatuvchi moddasi xisoblanadi. Peshob yo’llarini-dezenfekstiya qilish uchun ichiladi. Bu o’simlik tarkibidagi glyukozid-arbutin ichakda glyukoza va gidroxinonga parchalanadi. Jigarda gidroxinon glyukuron kislotasi bilan birikib peshob tarkibida ajraladi.Peshobda bu birikmadan gidroxinon ajraladi.
QAYIN QORA MOYI (Pix liquida)-tozalanmagan maxsulot bo’lib tarkibida fenol va uning xosilalari bor. qayin, qarag’ay daraxti o’tinlarni quriqҳaydash yo’li bilan olinadi. Tarkibida fenol, krezol, dioksibenzol, gvyakol va boshqa aramatik moddalar bor. qayin qora moyi mikroblarga va parazitlarga (kana, bit) qarshi ta’sirga ega. Teriga surtilsa konstentrastiyasiga Qqarab kerotoplastik, keraotolitik ta’sir ko’rsatadi.Asosan surtma sifatida-(vishnevski malxami) yiringli yaralarda qo’llaniladi.
LIZOL-kalliy sovunda kerezol eritmasi. Tabbobatda qo’llarni ishlov berish uchun (1-2%eritmasi) va kinni yuvish (chayin-sprinstevanie) (0,5-1%) uchun qo’llaniladi.
BO’YOQLAR
BRILLIANT YaShILI-trifenil metan ҳosilasi, kuchli va tez ta’sirli antesentik ҳossaga ega. Tilla stafilakkoklar, bo`gma (difteriya) tayoqchasi, ko’pgina gramm musbat bakteriyalar brlliant yashiliga juda sezgirdirlar lekin bu antisektikning ta’sir kuchi oqsillar va boshqa organik moddalar ta’sirida susayib ketadi. Asosan piodermiyalarda tashqi (surtish uchun) qo’llaniladi.
METILEN KO’KI-brilliant yashilidan kuchsizroq.Tez qaytarilib leykoformaga o’tadi, Qonda metilen ko’ki leykoforma bilan oksidlanish-qaytarilish potenstialini ҳosil qiladi. M-n: metgemoglabinni qaytarib gemoglobinga o’tkazadi. Preparatning (1%eritmasi 0,1-1 kg) parenteral (t/i)qo’llaniladi. Asosan metgemoglabin ҳosil qiluvchi zaxarlar bilan zaxarlanganda kata dozalarda metilen kmoglobinni met gemoglobinga o’tkazadi. Preparatning bu xossasi sinil kislotasi bilan zaxarlanganda qo’l keladi, chunki metgemoglabin stianidlar bilan boglanib zaxarsiz stianmetgemoglabin xosil qiladi. Metilen kukini-anetseptik vosita sifatida tashqi tomonda qo’llaniladi, masalan: avtoz stomatit, gingevit, yarali stamotit. Bundan tashqari stistit, uretrit va peshob yo’llarining boshqa ҳastaliklarida ichiladi.
RIVANOL (etakridin-laktat)-ancha kuchli mikroblarga qarshi ta’sirga ega, bo’lsa ҳam ta’siri sekin asta rivojlanadi. Yaralarni yuvish va infekstiya tushgan bo’shliqlarni (plevra, Qorin, peshob xaltasi, bachadon va xokozo.) chayqash uchun qo’laniladi.
GALOGEN SAQLOVCHI ANTISEPTIKLAR.
Bu guruxga asosan xlor va yod saqlovchi preparatlar kiradi. Ta’sir mexanizimi quydagicha: Xlor atomar xolda protoplazma oqsillarini denaturastiya qiladi, chunki oqsillar tarkibidagi azot atomidagi vodorotlarning o’rnini oladi, natijada azot atomi va karbonil guruxidagi uglerod orasida vadorod boglanish ҳosil bo’lishi mumkin bo’lmay qoladi. Shu tufayli oqsillarning ikkilamchi spiral tuzilishi yaralmaydi. Gaz simon xlor ichish suvini zararsizlantirida Qo’llaniladi. Tibbiyot-amaliyotida o’zidan aktiv xlorni oson ajratuvchi moddalar qo’llaniladi. Bunday preparatlarning antesiptik ҳossalari organik birikmalar bo’lsa kamayadi, ishqoriy sharoitda kamayadi, kislotali muxitda ortadi, yuqori temperaturada ortadi, past temperaturada pasayadi.
XLORLI OXAK-kalstiy gipoxlorid, kalstiya xlorid, kalstiy gidrookisining aralashmasi bo’lib, uning mikroblarga qarshi ta’sir kuchi, tarkibidagi kalstiy gipoxloridga bogliq. Xlorli oҳak tashlandiq joylar axlat xonalar va molxonalar, otxonalarni ҳamda dez ipritaj qo’lansa xidlarni bartaraf etish voitasi sifatida qo’llaniladi.
XLORAMIN-B.Xlorli oxakga nisbatan atomar xlorni asta-sekin ajratadi.Shu sababli antimikrob ta’siri davomli. To`qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmaganligidan yaralarni davolashda ҳamda teri va shilliq qavatlarni zararsizlantirish uchun qo’llash mumkin. Xloramin B qorin tifi, vabo, sil va boshqa xastaliklarda bemorlarning chiqindilarini (ajratmalarini), ovqat anjomlarini, qo’llarni, yiringli yarallar, jarroҳlik qo’lqoplarini, katetrlar va boshqa metalldan bo’lmagan asboblarga ishlov berishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |