5.3.Vaziyatli masalalar.
1. Tish shifokori ko’rigidagi bemor tish olingandan so’ng uzoq muddat davom etadigan qon ketishidan va tish olingan o’rindagi badbo’y ҳiddan shikoyat qildi. Bemorga quyida keltirilgan qaysi antiseptik yordam beradi: etil spirti, vodorod peroksidi, kaliy permanganat?
Javob: Ushbu xolda antibakterial va qon to’ҳtatuvchi ҳususiyatga ega bo’lgan vodorod peroksidini tanlash lozim.
2. Elka soxasidagi ifloslangan yarasi bor bemorga 3% li protargol eritmasi bilan tibbiy ishlov berish buyurildi. Ma’lum vaqt o’tib, yara tozalandi, ammo yaraning bitishi uzoq davom etdi va uzoq muddat bemorni bezovta qildi. Nimaga yara sekin bitdi? Yuqoridagi ҳolatni to’xtatish uchun shifokor qanday yo’l tutishi lozim?
Javob: Protargol bakteriostatik konstentrastiyada yara soxasidagi ҳujayralar protoplazmasidagi tiol fermentini susaytirib, yaraning epitelizastiyasini sekinlashtiradi. Ushbu vositani nitrofuran, bo’yoqlar yoki oksidlovchilar antiseptik guruҳlariga almashtirish kerak.
3. Kasalxonaga tez yordam mashinasida MNS si qozgalishi bilan ogrigan bemor keltirildi. Bir oz muddatdan so’ng qozgalish susayish bilan almashindi, yurak faoliyati susaydi, A/B pasaydi va buyrakning ajratuvchi funkstiyasini buzulishi namoyon bo’ldi. Shifokorni bemorning ogizdagi metall mazasidan shikoyati diqqatini tortdi. Bemorning anamnezidan ma’lum bo’ldiki, u kasbi yuzasidan bir necha marta qo’l terisiga tushgan metall bilan aloqada bo’lgan. Bemor qaysi metall bilan zaxarlangan va unga yordam berish choralari qanday?
Javob: Bemor simob tuzlari bilan zaxarlangan, bunga isbot MNS ni avval qozgalish va tezda teskari xolatga o’tish, ogizdan metall mazani kelishi, buyrakning faoliyatini buzulishidir. Yordam choralari: oshqozonni 0.25% li, 0.5%li tanin eritmasi yoki choy damlamasi bilan yuvish, ichishga sut yoki tuxum oqini, tuzli surgi vositalarni berish, ko’k tomirga uniteol va tiosulfat natriy (antidot), ko’p miqdorda natriy xlorning izotonik eritmasi va glyukozani kiritish, simptomatik terapiya: kofein, mezaton, morfin yoki promedol qilinadi.
4. Furunkulyozni davolash uchun shifokor yodning spirtli eritmasidan foydalandi. Ammo teriga takroran tibbiy ishlov berilganda bemorning terisini yalliglanish jarayoni kuchaydi. Qanday xolat bilan shifokor to`qnashdi va nima qilishi lozim?
Javob: Bemorda yodga nisbatan sezgirlik yuqori (idiosinkraziya). Shifokor yodni brilliant yashiliga yoki bo’yoqlar guruxidagi boshqa stafilokokk larga tanlab ta’sir ko’rsatadigan vosita bilan almashtirishi lozim va desensibilizastiya terapiyasini, allergiya va yalliglanishga qarshi, umumiy quvvatni oshiruvchi vostalar bilan o’tkazishi lozim.
5. Qorin tifi bilan ogrigan bemor qarindoshlari ҳar kuni dezinfekstyalovchi vosita eritmasidan foydalanar ekan (bemor aҳlatlarini zararsizlantirish uchun), bu eritmadan bemor rangli buyumlari (ichkiyim, ko’ylakni) zararsizlantirish uchun ҳam foydalanishga qaror qildilar. Rangli buyumlarni 20 daqiqa ushlangandan keyin quritildi, rangli mato o’z rangini bir xil bo’lmagan o’zgartirdi (yo`qotdi). Bemor axlat va rangli buyumlarini zararsizlantirish uchun qanday modda qo’llanilgan? Qanaqa dezinfekstiyalovchi vositalar yordamida bemor rangli buyumlarini zararsizlantirish mumkin?
Javob: Bemor axlat va buyumlarini zararsizlantirish uchun dezinfekstiyalovchi vosita sifatida xloramindan foydalanilgan. Kuchli qaytaruvchi bo’lgani sabab xlor rangli buyumlarni rangsizlantiradi (oqartiradi), buning oldini olish uchun esa dezinfekstiyani fenol guruxi preparatlari bilan amalga oshirish kerak.
6. Bemor shifokorga lab va yuz terisining ko’plab yiringli jaroҳatlari sababli murojat qildi. Bakteriologik tekshirishlar yiringda oltinsimon stafilakokk borligi aniqlandi. Bemorning qanday antiseptik bilan davolash zarur?
Javob: Bemor lab va yuz terilari yiringli jaroxatlariga surtish uchun brilliant yashilining spirtli eritmasini buyurish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |