Mavzu: aniqlovchi va uning turlari



Download 167,44 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2022
Hajmi167,44 Kb.
#564072
  1   2   3
Bog'liq
5-sinf aniqlovchi


MAVZU: ANIQLOVCHI VA UNING TURLARI
Dars shiori: Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa
Mening o`z tilimga ming jonim fido.
R.Hamzatov
Darsning maqsadi:

  1. a) ta`limiy maqsad: – o`quvchilarga qaratqichli aniqlovchi haqida ma’lumot berish,aniqlovchi va uning nutqda qo’llanishiga doir bilimlarni kengaytirish


  1. b) tarbiyaviy maqsad: – o`quvchilarga mavzuni o`rgatish orqali insoniy fazilatlarni shakllantirish, o`quvchilarni ona tiliga hurmat, yurtga sadoqat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.


  1. s) rivojlantiruvchi maqsad: – o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish, ularni ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga o`rgatish, so’zlarni nutqda to’g’ri qo’llay olish hamda fanga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish.

Darsning turi: – yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi,o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.
Darsning metodi: zamonaviy (guruhlar bilan ishlash, zukkolik daqiqasi, Venn diagrammasi, Klaster usuli, “Kim chaqqon-u kim zukko” o`yini , “Biz senga ishonamiz” o`yini )
Darsning jihozi: kompyuter,mavzuga doir slaydlar, darslik, tarqatmalar, vatan mavzusidagi rasmlar, shoir va yozuvchilar haqidagi bukletlar,badiiy kitoblar,testlar,rag’bat tarqatmalari (yashil rang-1 ball, sariq rang-2 ball, pushti rang-3 ball).

DARSNING REJASI:

  1. Tashkiliy qism

  2. Ona tilimiz madhi

  3. Zukkolik daqiqasi

  4. Fikrlaymiz, topamiz

  5. Qoidalar chiqaramiz

  6. Darslik – yaqin yordamchi

  7. “Kim chaqqon-u kim zukko?”

  8. “Biz senga ishonamiz!”

  9. Dars yakuni

Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O`qituvchi: So`zdurki nishon berur o`likka jondin,
So`zdurki berur jong`a xabar jonondin.
Insonni so`z ayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin.
O`quvchilar bilan salomlashiladi.
O`qituvchi: Qani, aziz o`quvchilar ona tili fanini o`rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?
1- o`quvchi: – Vatanga sadoqat tuyg`usini kuchaytirish.
2- o`quvchi: – To`g`ri va ravon yoza olish.
3- o`quvchi: – Mustaqil fikrlay olish.
Navbatchi axboroti eshitiladi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.
1- guruh a`zolari til, so`zlash madaniyati haqida maqollar, hikmatli so`zlar aytadilar.
Masalan:
Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz.
S hirin – shirin so`zlasang
Ilon inidan chiqar.
Achchiq – achchiq so`zlasang,
Pichoq qinidan chiqar.
2- guruh ona tilini madh qiluvchi she`lar aytadilar.
Masalan:
Tilim chiqqan o`zing bilan,
Dilim yayrar so`zing bilan.
Faxrlanar xalqim, elim
Ona tilim, jon-u dilim.
Yoki:
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda,har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar,Cho’lponlar-u,Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim,ey muqaddas Ona tilim.
3- guruh madaniy, siyosiy yangiliklar, Prezident qaror va farmonlari to`g`risida so`zlaydilar.Masalan:
1989 -yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
2006-yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” gi 451-sonli qarori qabul qilindi.
2013-yil 27- dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to’g’risida” gi qarori qabul qilindi.
Shundan so’ng o’quvchilar bilan “Zukkolik daqiqasi” o’tkaziladi. Bunda har bir guruh o’quvchilariga quyidagi savollar beriladi:
I-guruhga:
1.Payt holi qaysi so’roqlarga javob bo’ladi? (qachon? qay vaqt? qachongacha)
2.Adabiyot so’zining inglizcha tarjimasi? (Literacy)
3.Epik turga nimalar kiradi? (hikoya,qissa)
4.“Kuch adolatdadir” so’zini kim aytgan.(Amir Temur)
5.Ayollarga bag’ishlangan bayram?(8- mart)
6.Maqolni davom ettiring.So’rashdan uyalma (bilmaslikdan uyal)
7.Dunyoda nechta til bor? (3000 dan ortiq)

  1. O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qachon qabul qilingan (1991- yil 18- noyabrda)

II- guruhga:
1.Sabab holi qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?( nimaga? nima uchun? nima sababdan?)
2.Vatan so’zining inglizcha tarjimasi?
3.Adabiyot necha turdan iborat?(3 turdan)
4.A.Temur qachon tavallud topgan? (1336-yil 9- aprel)
5.Navro’z so’zi qanday ma’noni bildiradi? (yangi kun)
6.Maqolni davom ettiring? Birni birov beradi (ko’pni mehnat)
7.O’zbek tili qaysi til oilasiga kiradi (turkiy tillar)
8.O’zbekiston bayrog’I necha xil rangda? (4 xil rangda)
III-guruhga:
1.Hol qaysi so’roqlariga javob bo’ladi? (qanday? qanday qilib? qay tarzda?)
2.Ona tili so’zining inglizcha atamasi?
3.Lirik turga nimalar kiradi? (g’azal,ruboiy)
4.Bu yil Amir Temurning necha yilligini nishonlaymiz? (678 yilligini).
5.Bu yilgi qishki olimpiada o’yinlari qaysi shaharda o’tkazildi? (Rossiyaning Sochi shahrida)
6.Abdulla Oripov qachon,qaysi kunda tug’ilgan?(1941-yil 21-mart)
7.Maqolni davom ettiring. Ota-ona taxt etar (baxt etolmas)
8.Til to’g’risida Konstitutsiyada nechanchi moddada berilgan? ( 4- modda)
Guruhlarga bergan javoblariga qarab ball qo`yiladi.
O`qituvchi:- O`quvchilar, hozir qaysi fasldamiz?
O`quvchilar:- Hozir bahor faslidamiz.
O`qituvchi:- Keling, o`quvchilar, bahor solnomasini aytib o`tamiz.
O`quvchilarning javoblari:
-1- mart shoira Zulfiyaning tavallud topgan kuni.
-2- mart O`zbekiston Respublikasi BMT ga a`zo bo`lgan kun.
-8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
-21- mart shoir Abdulla Oripovning tavallud kuni.
-21- mart Navro`z bayrami
-9- aprel Sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni.
-26- aprel O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud topgan kuni.
O`qituvchi:- Bu yil shoir tavalludining necha yilligini nishonlaymiz?
O`quvchi:- O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlaymiz.
O`quvchilar Muhammad Yusuf haqida she`rlar aytadilar.
So`ng uyga berilgan 205-mashq tekshiriladi. Mashq shartiga ko`ra, O`quvchilar o`zlari o`qigan badiiy asarlardan insonning tashqi qiyofasini tasvirlovchi parchani ko`chirib yozishi va undan sifatlovchi aniqlovchilarni belgilashi kerak edi.
O`quvchilarning bergan javoblari.
1-o`quvchi:- Men bo`sh vaqtimda Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanini o`qimoqdaman. Asardan quyidagi parchani keltirmoqchiman.
“Og`ir tabiatlik, ulug` gavdalik, ko`rkam va oq yuzlik, kelishkan qora ko`zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.” Otabekka berilgan bu ta`rifda sifatlovchi aniqlovchilar qatnashgan, ular qanday? so`rog`iga javob bo`ladi.
2-o`quvchi:- Men esa Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib” asarini o`qimoqdaman. Asardan uy vazifasi uchun quyidagi parchani tanladim. “Oldinda past bo`yli, dum-dumaloq, ko`zoynak taqqan ellik yoshlardagi bir shoir, uning orqasidan qotmadan kelgan, sochlariga oq oralab qolgan, cho`ziq yuzli yana bir shoir.”

Download 167,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish