Mavzu. Amperometriya



Download 59,27 Kb.
bet1/5
Sana12.03.2022
Hajmi59,27 Kb.
#491692
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amperometriya


MAVZU. AMPEROMETRIYA
Reja:
1. Amperometrik titrlash usulining mohiyati
2. Indikatorli elektrodlar
3. Bir va ikki indikatorli qutblangan elektrodlar yordamida amperometrik titrlashlar


Tayanch iboralar: amperometrik titrlash, elektrodlar,bir indikatorli elektrod, ikki indikatorli elektrod, tok kuchi, Faradey soni, diffusion tok, kulonometrik analiz.

Amperometrik titrlash voltamperometriyaning titrimetrik ko'rinishi bo'lib, unda titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun titrlash davomida o'zgaradigan to'yingan diffuzion tok o'lchanadi. To'yingan diffuzion tok bilan konsentratsiya orasida Id=kc bog'lanish borligi oldin ko'rsatilgan edi. Amperometrik titrlashning Ya.Geyrovskiy tomonidan tavsiya etilgan (1927-y.) dastlabki ko'rinishidaaniqlanadigan moddani titrlash davomida titrantning har bir ulushini qo'shgandan keyin eritmaning polyarogrammasi alohida-alohida ketma-ket tushiriladi va shu asosda titrlash egri chizig'i chizilib titrantning hajmi aniqlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini bunday topish ancha ko'p vaqtni talab etadi. Shuning uchun Meyer (1936-y.) amperometrik titrlash tartibiga o'zgartirish kiritdi. U depolyarizator konsentratsiyasining diffuziontokka mutanosibligidan foydalandi. Elektrodga depolyarizatorning diffuzion toki sohasiga to‘g‘ri keladigan tegishli o'zgarmas potensial berilsa, konsentratsiyaning o'zgarishi diffuzion tok o 'zgarishiga mutanosib bo'ladi. Demak, diffuziontokning qiymatini titrlashning har bir nuqtasida qayd qilib, titrlashning oxirgi nuqtasinitopish mumkin. Bugungi kunda amperometrik titrlashning ana shu ko'rinishi ishlatilmoqda.Polyarografiya bilan amperometrik titrlash orasidagi bog'lanishni 19.1-chizmadan ko'rish mumkin.



19.1-chizma. Polyarografiya bilan amperometrik titrlash orasidagi bog'lanishning chizma tasviri
Amperometrik titrlash usullari ishlatiladigan elektrodlar tizimiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
1) bitta indikator (qutblangan) elektrodli amperometrik titrlash;
2) ikkita indikator (qutblangan) elektrodli amperometrik titrlash (qisqalik uchun, bicimperometrik titrlash).
Amperometrik titrlash selektiv usullardan bo'lib, indikator elektrodining potensiali va erituvchini tanlash asosida bir yoki bir necha tarkibiy qismni titrlash mumkin. Amperometrik titrlashda reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan biri elektr aktiv bo'lsa yetarli hisoblanadi. Agar moddalar elektr aktiv bo'lmasa, eritmaga maxsus elektr aktiv bo'lgan indikator modda deb ataladigan modda qo'shiladi. U asosiy reaksiya tugaganidan keyin titrant bilan reaksiyaga kirishishi zarur. Amperometrik titrlashning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u barcha reaksiyalar turlari bo'yicha qo'llanilganda ham aniqligi yuqoridir. Ko'pchilik organik moddalarni aniqlashda ularning elektrod va cho'kma sirtida adsorbilanishi natijasida xato yuzaga keladi.
Bunday vaqtda suvsiz erituvchilarni ishlatish zarur. Ular adsorbsiyani kamaytiradi va ko'rsatilgan xatoni deyarli yo'qotadi. Amperometrik titrlashda indikator elektrodi sifatida turli xil metallar (ko'pincha, befarq, inert) ishlatiladi. Taqqoslash elektrodi sifatida kumush xloridli, merkuryodid, to'yingan kalomel va boshqalar ishlatiladi.
Suvsiz eritm alarda titrlash uchun ikkita indikator elektrodli usul qulaydir. Bunda har ikkala indikator elektrodi bir eritmaga tushiriladi.bitta indikator elektrodi bolgan amperometrik titrlashda taqqoslash elektrodini tanlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, suvsiz erituvchilar muhitida titrlashda bunga alohida e’tibor berish kerak. Kalomel vakumush galogenidli elektrodlarni ishlatish suvdagi eritmalarda yaxshi natijalar bersa-da, suvsiz eritmalarda simob(I) xlorid eriganligi va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etganligi, kumush galogenidlari esa kompleks hosil bo'lish jarayonlarini kuchaytirganligi uchun ham suvsiz eritmalarda titrlaganda taqqoslash elektrodi sifatida platina yoki boshqa biror metallning plastinkasini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Amperometrik titrlashda fon elektrolitini tanlash ham muhim bo'lib, u olingan erituvchida yaxshi erishi, kimyoviy va elektr kimyoviy jihatdan befarq bo'lishi zarur. Fon elektroliti titrlash o'tkaziladigan potensial qiymatlarida oksidlanmasligi yoki qaytarilmasligi kerak. Amperometrik titrlashning.o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning tarkibida bir necha moddalar boig an aralashmalarni ham tahlil qilish imkonini berishidir. Bu usul yordamida tarkibida 4-5 modda bo'lgan aralashmani titrlash mumkin. Agar suvsiz tabaqalovchi erituvchilar ishlatilsa, usulning imkoniyatlari yanada kengayadi. Amperometrik titrlashning sezuvchanligi klassik polyarografiya usulinikiga ko'ra bir tartib yuqoridir, potensiometriyaga nisbatan esa ikki tartib yuqori va 10-6 M va undan ziyod. Bu usulning aniqligi ham potensiometriya usulidan ko'ra yuqori va xatoning miqdori 1 % dan oshmaydi. Amperometrik titrlashda turli xil kimyoviy reaksiyalardan foydalanish mumkin. Masalan, cho'ktirish, kompleks hosil bo'lish, oksidlanish- qaytarilish, birikish va boshqalarni aytish mumkin.

Download 59,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish