Operatsion muhit haqida tushuncha
Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat.
Operatsion tizim
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:
44. MS Office dasturlari paketi va uning tarkibi.
Amaliy dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va yer yuzining barcha davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda. Microsoft Office dasturlar paketi o’z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muxariri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma'lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o'tilgan barcha dastular yoki hech bo’lmaganda bittasi o’rnatilishi kerak bo’lsa u holda Microsoft Office paketi instalizasiya qilinadi. Instalizasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o’rnatilgandan keyingina amalga oshiriladi. Sababi o’rnatilishi kerak bo’lgan paket Windows muhitiga moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to’liq qondira oladi.
Microsoft Office paketini o’rnatishdan oldin, biz o’rnatayotgan kompyuterning xotira zaxirasining mavjudligi, paket tarkibidagi dasturlaming zarurligini va qaysi komponentlarning talab etilishini bilishimiz shart. Instalizasion dastur odatda ancha katta hajmga ega bo’lganligi tufayli arxivlangan holatda kompakt disklarda (CD-R) va mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo’ladi.
Office paketining turli versiyalari mavjud. Ularga misol qilib Office 95, OSR, OSR2, malakali foydglanuvchilar uchun Office 97 pro, yuqori interfeysga ega Office 2000, Office XP va hokazolar. Yana shuni ta'kidlash joizki, har bir versiya ishlanmasining to keyingi versiya chiqqunicha ularning yangi ishlanmalari tavsiya etib borilgan va Office ning yangi imkoniyatiari qo'shimcha qilib borilgan.
45. Multemediya tushunchasi
Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |