Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.
Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib. Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “Al-Xorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan.
24. Matematik paketlar haqida tushuncha. Matematik paketda ishlash, oddiy tenglamalarni yechish, ularni
grafik tasviri.
Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo`llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo`ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblar-ni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobot-larni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o`quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professor-o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin.
Kelajakda ta`lim va ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo`lgan e`tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda, ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, informasion texnologiyalar, iqtisodiyot, sosiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo`nalishlari bo`yicha shug`ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta`minlanish darajasini yuqoriga ko`tarish dolzarb muammolardan biridir.Hozirgi vaqtda professional matematik paketlardan foydalanishni yo`lga qo`yishda quyidagi tavsiya etish mumkin:
26. Matematik paketda dasturlash asoslari.
Matematik dasturlash fani xo’jalikni ratsional boshqarish printsipini o’rgatadi. Bu erda dasturlash so’zi qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida bajariladigan ishlar rejasini anglatadi. Matematik dasturlashga iqtisodiyotdagi ekstremal masalalarni o’rganuvchi va ularni yechish usullarini yaratuvchi matematikaning bir yo’nalishi deb qarash odat tusiga kirgan. Matematika nuqtai nazaridan o’zgaruvchilarga ma’lum (chiziqli yoki chiziqsiz) cheklanmalar qo’yilgan ko’p o’lchovli funktsiyaning maksimum va minimumini topish masalasi umumiy nom bilan matematik dasturlash masalasi deb ataladi.
Matematik dasturlashning predmeti korxona, firma, bozor, ishlab chiqarish birlashmasi, harbiy xizmat ob’ektlari va boshqa iqtisodiy jarayonlarni tasvirlovchi matematik modellardan iborat bo’ladi. O’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning asosiy xossalarini matematik munosabatlar yordamida tasvirlash tegishli iqtisodiy jarayonning matematik modelini qurish deyiladi. Iqtisodiy jarayonning birinchi modeli frantsuz olimi F.Kene (1764- 1774) tomonidan yaratilgan. U 1758 yilda «Iqtisodiy jadval», 1766 yilda «Arifmetik formula» nomli asarlarini chop etgan. F.Kene o’z asarlarida jamiyatda takror ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini matematik model shaklida ifodalagan. «Matematik dasturlash» masalasining modelini umumiy xolda quydagicha ifodalash mumkin.
27. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish faniga kirish. Komyuterda modellashtirish – ilmiy bilish
Usuli
Fizikadan amaliyotlarni tashkil qilishdagi asosiy masalalardan biri talabalarning dars jarayonidan, tajriba jarayonidan yetarli fizik ma’lumotlarni olishlaridir. laboratoriya ishlarida tajribalari natijasida qurilmalartni tayyorlash va ishlatish murakkab bo’lgani uchun ko’p bo’lmaydi. Olingan tajriba natijalaridan fizik xulosalar chiqarish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash kerak bo’ladi. Matematik qayta ishlash esa har bir laboratoriya shi uchun kerak bo’ladi [6].
Oxirgi yillarda keng ko’lamda rivojlanayotgan hisoblash mashinalari fizik jarayonlarni matematik modellashtirishda, natijalarni qayta ishlashda va boshqa ishlarga juda qo’l keladi [7].
EHMlarni yuqoridagi masalalar bo’yicha qo’llashga quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin.
Fizik jarayonlarni matematik modellashtirish usuli yordamida tuzilgan algoritm asosida va ekranda namoyish qiladigan, tajriba natijalarini qayta ishlaydigan dasturlar yaratish. Bunday dasturlar o’tilgan ma’ruzalardan foydalanib, formula yordamida turli jarayonlarni matematik modellashtirishda grafik elementlardan foydalanib jarayonlarni ekranga nomoyish qilishi mumkin.
Fizik jarayonlarni bir marta parametrlarning biror bir qiymatiga tajriba qilib, qolgan parametrlarning boshqa qiymatlarida esa kompyuterda nomoyish qilish mumkin. Bunda ham vaqtdan yutiladi, ham material tejaladi.
Tajriba natijalarida qayta ishlash va tuzilgan matematik model fizik jarayonni qanchalik to’g’ri aks ettirayotganini aniqlash mumkin. Shuningdek bir laboratoriya ishini bir necha marta qaytarib so’ng olingan natijalarni statistik qayta ishlash ham mumkin.
Tekshiruvchi va baholovchi dasturlarni tuzishning yaxshi tomoni shuki talaba yoki o’quvchiga biror savolga javobni bir qancha variantlar ichidan tanlash mumkin. Bunda talabaga javob berishga mustaqil fikrlash vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. Bunday dasturlarning ya’na bir yaxshi tomoni shundan iboratki, talaba yoki o’quvchi javob berishdan oldin ham bunday dasturlar yordamida mashq qilishi mumkin. Savollarni shunday tuzish mumkinki, ular mavzularni barcha mazmunini qamrab olsin, shu tariqa savollar soni ham oshadi, ularga tayyorgarlik barobarida o’quvchi ham bu mavzularni to’laroq o’rganib boradi.
O’rgatadigan dasturlar dasturlar mantiqiy dasturlar bo’yicha katta imkoniyatlarga ega bo’lishi uchun kattaroq xotiraga ega bo’lgan EHMlarni talab qiladi. Bunda mavzuni o’quvchiga tushunarli qilib yetqazishda ma’ruza matnlaridan virtual stendlardan unumli ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
28. Kompyuter eksperimenti dasturiy ta`minoti
Bu darsda kompyuterninga dasturiy ta’minoti haqida tushuncha bilan tanishasiz.Dastruriy ta’minotga kiruvchi operatsion sistema, sistemali dastrular va amaliy dasturlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo’lasiz.Shu bilan birga dastrulash tillari haqida ma’lumotlar olasiz.
Kompyuter axborotni qayta ishlashi uchun unga ishini qanday va qay tartibda bajarishini aniq va ravshan ko’rsatish lozim bo’ladi.Bu kabi “tushuntirish” dastur ko’rinishida amalgam oshirilib,u axborotni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan barcha amallarni keraklicha to’liq va ravshan ko’rsatadi.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti- bu kompyuterda ishlatiladigan dasturlar majmuasidir.
Dasturli ta’minot kompyuterni boshqarishdan tashqari axborotni to’plash,qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq barcha amal- larning bajarilishini ta’minlaydi.
Zamonaviy kompyuterning dasturli ta’minoti ancha katta hajmli va turli-tuman bo’lgani sababli,uning asosiy qismi tezkor xotirada saqlanadi.
Dastruli ta’minot asosan uch guruhga bo’linadi:
Operatsion sistemalar;
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi kompyuter ishlashini boshqarish,shu jumladan amaliy va sistemali boshqarish dasturlarini bajarishni o’z ichiga oladi.U kompyuterning tezkor xotirasida joylashgan bo’ladi.Operatsion sistemalar kompyuter xiliga bog’liq bo’lib,bir turdagi kompyuterning operatsion sistemasi boshqa turdagi kompyuterlarga mos kelmasligi mumkin.
Sistemali boshqarish dasturlari kompyuterning turli holatlarda ishlashini ta’minlaydi.Bu dasturlarning assiylari tezkor xotirada,qolganlari tashqi xotirada joylashgan bo’ladi.
Sistemali dasturlarga “Yo’lboshlagich” (Проводник) ni misol qilib olish mumkin.Bundan tashqari dasturlarni sistemali ravishda ishini boshqaradigan “Total Commander” (Total Komander) dasturi foydalanuvhchilarga keng imkoniyatlar yaratgan.
Amaliy dasturlar axborotni qayta ishlashda qo’llaniladi.Ular opertsion sistema va sistemali dasturlarga qaraganda ko’proq joyni egallaydi.Amaliy dasturlar odatda tashqi xotirada saqlanadi.Bu dasturlar ijrochi buyurtmasiga ko’ra dasturchilar tomonidan tayyorlanadi.
Hozirgi vaqtda insonga dastur tuzishga yordam beruvchi bir necha dasturlash tillari mavjud.Dasturlash tillari,qo’llanishi bo’yicha,asosan ikki xil,ya’ni ma’lumturdagi kompyuterga mo’ljallangan yoki ma’lum bir toifadagi masalani hal qilishga mo’ljallangan bo’ladi.Hozirda keng tarqalgan dasturlash tillariga quyidagilar misol bo’ladi:
29. Fizik jarayonlarni modellashtirish muhiti va usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |