2.O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish. Predmetli amaliy ta'lim darsidagi har qanday amaliy faoliyat o‘zida tafakkur jarayonlari (analiz-sintez, umumlashtirish, taqqoslash, ajratish)ni mujassam etadi. O‘quvchi ob'ektni qabul qiladi, tahlil qiladi, uni qismlarga ajratadi, qismlardan asosiysi va ikkinchi darajaligini aniqlaydi, o‘zaro taqqoslaydi. Bulardan tashqari mazkur darslarda o‘quvchi mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bolalar o‘z predmetli-amaliy faoliyatini ongli ravishda rejalashtiradilar (og‘zaki, yozma ravishda). Turli (mehnat-kasbiy) malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish:
-mehnat-harakatlar ketma-ketligini aniqlaydi;
-ish uchun kerakli uskuna va jihozlarni ajratadi;
-ob'ektni qismlarga bo‘ladi;
-material-buyum ishlab chiqaradi tayyorlaydi;
-qismlarni yig‘adi, sozlaydi;
-mehnatni tashkil qilish va mehnat qilish madaniyati ishlab chiqiladi.
O‘quvchilarni barkamol shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash.
3.Predmetli amaliy ta'lim darslarida kichik sinf o‘quvchilari mehnatga psixologik, jismoniy jihatdan tayyorlanadi. Amaliy faoliyat davomida mehnatsevarlik, intizom, mas’uliyat kabi jihatlar tarbiyalanadi, o‘qituvchilar va o‘rtoqlari bilan munosabatga kirishish orqali shaxs sifatida shakllanib boradi.
Ularda axloqiy sifatlar, qoidalarga rioya qilish shakllanadi.
Har bir dars uchun dastur talablari asosida tushuncha va tasavvurlar, jumlalar belgilanadi hamda ularning egallanishi majburiydir. Har bir chorak uchun o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan malaka (nutqiy, fikrlash, mehnat, faoliyatni tashkil qilish)lar alohida ajratiladi. Dastur talablarini o‘quvchilar yil davomida ketma-ket turli buyumlar yasash, ya'ni har xil faoliyat jarayonida o‘zlashtiradilar.
O‘qituvchi yangi mavzuni o‘zlashtirish orqali shakllangan barcha ko‘nikma va malakalarni predmetli-amaliy faoliyat davomida egallanishini tashkil qilishi zarur.
Predmetli amaliy ta’lim o‘quv rejadagi bir qancha o‘quv predmetlari-fanlar uchun tayyorgarlik bosqichini o‘taydi va shu o‘rinda unda egallangan malakalar boshqa darslarda mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchining bir darsda egallagan bilimi boshqa vaziyatda-yangi sharoitda qo‘llana olinishini to‘g‘ri tashkil qilmoq kerak. Predmetli amaliy faoliyat o‘quvchilarni voqea-hodisalarni, predmetlarning o‘zaro bog‘liqligini tushunishga va shu asosda ijtimoiy hayotga moslashishga o‘rgatadi.
II.
Birinchi qog’oz tegirmonlari Moskvada XVI asrning 50-60 yillarida ishga tushgan. XVII asrda Gollandiyada lattalarni suv oqimida maydalaovchi mashina ixtiro qilindi, qog’oz ishlab chiqarishning keng tarqalishi XVIII asrda, Nikolay Lui Roberning qog’oz ishlab chiqaruvchi mashinasining yaratilishiga turtki bo’ldi.
XIX asrda Saksoniyalik tuquvchi Kepler defibrer - yog’ochlarni maydalovchi mashinani ixtiro kildi. Yog’och aralashmadan tayyorlangan qog’oz uncha mustahkam emas edi, tez qorayib ketardi, faqat 1857 yil angliyalik ximik F.X.Xauton yog’och aralashmani kaustik soda bilan ishlab chiqishi orqali uning tolali qismi (smoloda) ni ajratib chiqishga muvofiq bo’ldi.
Qog’oz va karton nafaqat poligrofik sanoatda qo’llaniladi, balki xalq ho’jaligining turli sohalarida qo’llaniladi. Sellyuloz qog’oz sanoati 200 gacha turli qog’ozlarni ishlab chiqaradi, ular maxsus xususiyatlarga ega: filtir (suvni o’tkazadigan), chertyoj (chizma), nusxa ko’chiradigan, yog’ni o’tkazmaydigan kabi.
Qog’oz qurilishda keng qo’llaniladi. Qog’oz massasidan gisht, devor uchun plitkalar tayyorlanadi, turli xil yuklarni (tsement), karton qog’ozi qadoklash uchun mustahkam hisoblanadi, bundan tashqari gazlamadan qilingan qop o’rnini, qog’ozdan yasalgan qop egallagan. Sut uchun qog’ozdan yasalgan butilka va qaymoq uchun yasalgan qog’oz stakanlarni ham ko’rsatish mumkin. O’qituvchi bolalar diqqatini qog’ozning shunday turlariga qaratishi lozimki, bu qog’ozlar ularning kundalik hayotida ko’p uchraydigan, qo’l mehnati darslarida kuzatilishi lozim.
Gazeta qog’ozi nisbatan arzon va keng tarqalgan, sifatsiz, yelim va namlikni yaxshi shimib oladi.
Maktabda asosan pape - masheni tayyorlashda, uncha katta bo’lmagan tablitsalarni teskari (orqa tomonini kleylashga ishlatiladi. Muqovali rangli qog’oz mehnat ta'limi darslarida konstruktsiyalash, applikatsiyada va nashrda keng qo’llaniladi.
Yozuv qog’ozi usti silliq tekis yelimlangan, namlikni kam shimadi. Buyumlarni konstruktsiyalashda, kartonli buyumlarni yelimlashda juda qulay hisoblanadi.
Chizmachilik qog’ozi eng mustahkam va pishik. Lattalardan tayyorlanadi. Uning oliy navlari qo’lda qo’yilib chiqiladi. Hajmi katta narsalarni, maketlarni, kornaval niqoblarini, lattalarni tayyorlashda ishlatiladi.
Rasm qog’ozi to’laligicha (100%) sellyulozadan tayyorlanadi, uning oliy navi esa 25% latta qo’shiladi. Chizmachilik qog’ozi singari u ham qo’l mehnati darslarida ishlatiladi.
Rangli silliq yaltiroq qog’oz - qo’l mehnati darslarida keng qo’llaniladi va turli hil ishlarda: applikatsiya, nashrda ishlatiladi. Turli to’plamlarda ishlab chiqariladi.
Gumirovali qog’oz bu sillik yaltiroq qog’oz, chap tomoniga tarkibida kley bo’lgan massa surtilgan, bu qog’oz, ayniqsa qo’l mehnati darslarida qulaydir.
Muqovali (rangli) qog’oz turli ranglarda bo’yalgan, qo’l mehnati darslarida keng ishlatiladi, rangli silliq qog’oz o’rnini bosadi.
Shagren qog’ozi nashr ishlarida, tayyor mahsulotlarni yelimlashda, archa o’yinchlqlarni yasashda va applikatsiyada qo’llaniladi.
Oboy qog’ozi - tayyor oboylar turli rang, buyoqlarda bo’lib, bezash mahsulotlarini kleylashda ishlatiladi.
Nusxa olish qog’ozi shaffof bo’lishi uchun vosk va yog’ga shimdiriladi. Bu qog’ozda yaxshi sifatli tush xatto uchirilgan joyda ham yeyilib surkalib ketmaydi.
U qo’l mehnati darslarida yashirin teatr tayyorlashda, archa o’yinchoqlarini yasashda, bezash ishlarida, rasmlardan nusxa olishda keng qo’llaniladi.
Millimetr qog’ozi nashr katagiga ega bo’lib, yaxshi yelimlangan glazirlangan qog’ozdan tayyorlanadi. Tablitsalarni yelimlashda, rasmlarni masshtabini o’zgartirib, nusxa olishda ishlatiladi.
Papirus qog’ozi turli ranglarga bo’yalgan gulli qog’oz deb ataladi. Qo’l mehnati darslarida archa o’yinchoqlari va boshqa taqinchoqlar, gullar va dekorativ maxsulotlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Gofreli qog’oz yupqa rangli qog’oz, qo’l mehnati darslarida dekorativ ishlarda qo’llaniladi.
O’ram qog’ozi - pape - mashe, nashr ishlarida qo’llaniladi.
Semiz qog’oz agar uning kvadrat metri 250 grammdan ortiq og’irlikka ega bo’lsa, uni karton deb ataladi. (Rasm 1)
Oq karton onson kesiladi, ammo juda mustahkam emas, tez sinadi, bu karton yelimni juda ham yaxshi shimadi, uni mayda mahsulotlarni tayyorlashda qo’llash lozim.
Sariq karton oq kartondan mustahkamroq bukiluvchan, yaxshi kesiladi. Yelimlashda buzilmaydi. Turli mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kulrang karton oq va sariq kartondan mustahkamroq, ammo uni kesish qiyin, chunki aralashmada ko’p bo’lgan zarrachalar tufayli pichoq o’tmaslashadi.
Katta hajmdagi juda mustahkam bo’lgan kartonlarni asosan, kulrang kartonlardan ishlab chiqiladi.
Rangli karton turli rangdagi yupqa, bukiluvchan sirti silliq yaltiroq bo’lgan karton. Onson ishlanadi va chiroyli ko’rinishga ega. Undan uncha katta bo’lmagan mahsulotlarni, papkalarni yasash mumkin. Bunday kartonni yelimlashga hojat yo’q.
Kul rang karton mehnatga o’rgatish darslarida yuza va hajm vositalarni tayyorlashda ancha keng qo’llaniladi. Turli qog’oz turlaridan yasalgan mahsulotlarni ko’rib chiqish tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va qog’ozning inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, juda ko’p tarqalgan material degan xulosaga kelishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |