Kitobimning otidur «Rohati dil»,
Erur har er so'zi tanbihi g'ofil.
O'qub yod aylangiz Ollohu akbar,
Duo aylab deyingiz, ey birodar.
Duodin sizlarga so'zum yo'q,
Bu dunyoda so'zum qolg'ay, o'zim yo'q.
Kaminaning oti Xo'janazardur,
Otasining oti G'oyibnazardur.
Nasabda O'shi-yu, mavludi Chimyon,
G'aribi xoksori dil parishon.
Ko'ngul shahri yagona azm qildim,
Kitobim nasr edi, man nazm qildim.
Bu Chimyon shahrining pir-u javoni,
Tamomiysi erurlar turkixoni.
|
Alar garchi so'zga benuharroq,
Dedim: «Bo'lsa kitobim turkiy behroq»
Inoyat bo'ldi tangridin bayakbor,
Savod etdim necha manzuma nochor.
Ki har jo belgulikdir kori omiy,
Bo'lur har korida albatta xomi.
Nechukki donishim yo'q omiydurman.
Jiydaning mevasining xomidurman.
Buzuq bo'lsa so'zimni so'kmangizlar,
Yuzumdin obi xijlat to'kmangizlar.
Xato bo'lsa sc'zumni o'tkazinglar,
Negaki, omiyman, ma'zur tutinglar.
|