Mavzu: аlishеr nаvоiy she’riyati



Download 178,5 Kb.
bet2/6
Sana23.02.2022
Hajmi178,5 Kb.
#142154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
alisher navoiy

Forsi ham la’lu durhoi samin gar bingari.
Go’iyo dar rastai bozor suxan bikshudaam,
Yak taraf do’koni qannodiyu yak so’ zargari.
Mazmuni: Turkiy tilda shirin ma’nolar, badiiy go’zal asarlarim ko’pdir, forsiy she’rlarim ham qimmatbaho gavhardirlar. Bu bilan go’yo so’z bozorining bir tomonida shirinliklar do’koniyu ikkinchi tomonida zargarlik do’konini ochgandekman.
Bunda ulug’ shoir ikki tilda yozgan asarlarining bir xil qimmat va ahamiyatga ega ekanligini juda chiroyli badiiy tasvirda ifoda eta olgan.

Bu xoksorga sabovat (kichiklik) avoilidakim, og‘iz huqqasidin biror gavhar zohir bo‘la boshlar, ul gavharlar hanuz nazm silkiga kirmaydur erdikim, zamir daryosidim nazm silkiga tortilg‘on gavharlar tab’ g‘avvosi sa’yi bila og‘iz sohiliga kelaboshlamoq ko‘rguzub erdi. Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi.
Muhokamat ul-lug’atayn” [16-tom. 24].
Alisher Navoiy asosan turkiy tilda ijod qilsa-da, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida aytilishicha, forsiy she’rlar yozishni ham yoshligidan boshlagan edi. Natijada, ular anchagina miqdorda to’planib qolib, shoir ularni devon holiga keltirishga shoshilmasdi. Alisher Navoiyning bu tildagi she’rlaridan xabardor bo’lgan Sulton Husayn Boyqaro ularni ham to’plashga buyurgan ekan. Bu holni Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroga yozgan bir maktubidan ham bilish mumkin: «Alhamdulillah v-alminna bu uchurda hukm yo’suni bila forsiy parishon abyot va parokanda ash’orni yig’ib, devon yo’sunlik jild qilinib erdi, Yusuf Alidin tobug’da yuborildi. Umid ulki, qabul davlatig’a muzayyan va pisand saodatig’a musharraf va mustahsan bo’lg’ay» (14-tom, 219). Devonning tuzilgan yili va nomi bu o’rinda eslatilmagan bo’lsa-da, ammo bularga ishorani «Muhokamat ul-lug’atayn»da (bu asar 905-h., 1499-1500 melodiy yilda yozilgan) berilgan quyidagi ma’lumotda uchratish mumkin: «Yana forsiy g’azaliyot devoni… tartib beribmenkim, olti mingdin abyoti adadi ko’prakdur» (16-tom, 32). Demak, forsiy she’rlar devoni 905 hijriy- 1499-1500 melodiy yildan oldin taxminan 90-yillarning ikkinchi yarmida tartib berilgan. Undagi she’rlarda Foniy taxallusi qo’llanilganidan uni «Devoni Foniy» tarzida atash odat bo’lib qolgan.
«Devoni Foniy»ning muallif qalamiga mansub dastxati noma’lum bo’lsa-da, ammo undan ko’chirilgan nusxalardan yettitasi hozirda ma’lum. Ularning 2 tasi Parij, 2 tasi Turkiya, 2 tasi Hirot va 1tasi Eron kutubxonalarida saqlanadi. Adabiyotshunos Hamid Sulaymonovning e’tiroflaricha, bu nusxalardan Parij milliy kutubxonasidagi ikki nusxa ancha mukammaldir. Ana shu nusxalar asosida «Devoni Foniy»ning tarkibi quyidagicha:
1. Debocha; 2. Qasida-10 ta; 3. G’azal-554 ta; 4. Musaddas-1 ta; 5. Marsiya-1ta; 6. Qit’a-72 ta; 7. Ruboiy – 73 ta; 8. Tarix-16 ta; 9. Muammo-373; 10. Lug’z-9 ta. Demak, devonda jam’i 1109 ta asar bor bo’lib, ular 6197 baytni tashkil etadi. Bu o’rinda Alisher Navoiyning forsiy tildagi muammolari soni haqida «besh yuzga yaqin muammo» (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 32-bet) degani e’tiborga olinib, bu e’tirof Parij nusxalaridagi muammolar soni (373 ta) bilan solishtirilsa, unda Parij nusxalari ham «Devoni Foniy»ning mukammal nusxalari bo’la olmasligini ko’rsatadi. Bu fikrni Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn»da forsiy she’rlari janrlari qatorida masnaviyni eslatishi va bu janrdagi asarning esa Parij nusxalarida uchramasligi yana bir karra tasdiqlaydi. Demak, «Devoni Foniy»ning mukammal nusxasini aniqlash hali davom etmoqda.
Navoiy-Foniyning forsiy she’riyati 20 tomlik MATning 18, 19, 20-tomlariga kiritilgan. Xususan:
18-tomda 267 ta g’azal o’zbekcha tarjimasi bilan (M.Muhammadjonov, Sh.Yorqin, S.Raf’iddin tarjimalari);
19-tomda 285 ta g’azal o’zbekcha tarjimasi bilan (M.Muhammadjonov, Sh.Yorqin tarjimalari);
20-tomda 1 ta musaddas, 1 ta marsiya-tarkibband, 64 ta qit’a, 72 ta ruboiy, 16 ta ta’rix, 266 ta muammo, 9 ta lug’az, 10 ta qasida.
«Devoni Foniy»ning hozircha ma’lum bo’lgan qismida son jihatdan eng ko’plari g’azal, muammo, ruboiy va qit’adir. Boshqa janrdagi asarlar esa son jihatidan ancha kam.
Shundan kelib chiqib, biz ularning ayrimlari haqida ba’zi mulohazalarni bayon etmoqchimiz.
1. G’azal. Devonda g’azal, qayd qilinganidek, yetakchi o’rinni egallaydi. Ularni ko’zdan kechirgan Hamid Sulaymon, Abdulg’ani Mirzoyev, Rasul Hodizoda, Shoislom Shomuhammedov, Alisher Shomuhammedov, Yoqubjon Is’hoqov, Boturxon Valixo’jayev, Rahim Vohidov kabi allomalar tadqiqotlari shundan guvohlik beradiki, Alisher Navoiyning forsiy tildagi g’azallari o’zining mazmun va badiiyati nuqtayi nazaridan ulug’ shoirning ko’p qirrali mahoratining natijalari bo’lib, ba’zi bir xususiyatlari bilan o’zbek tilidagi g’azallaridan ajralib ham turadi.
Bunday takrorlanmas xususiyatlar shundan iboratki, g’azallar ikki guruhga ajratiladi: birinchisi-tatabbu’, ikkinchisi-muxtare’. Birinchi guruhga kiritilgan g’azallarda ularning Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va boshqa shoirlarning g’azallariga tatabbu’-javobiya ekanligi har bir g’azal sarlavhasida alohida uqtiriladi. Jumladan, «Tatabbu’i Xoja Hofiz», «Tatabbu’i Amir Xusrav», «Tatabbu’i Maxdumi Jomiy» (ba’zan «Tatabbu’i Maxdumiy), «Tatabbu’i mavlono Shohiy», «Tatabbu’i Mir Suhayliy» va boshqalar.
Shuni ham eslatish o’rinliki, Alisher Navoiy-Foniy o’zining bir qit’asida bu hodisaning sababini shunday bayon etgan:


Download 178,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish