Mavzu: аlishеr nаvоiy she’riyati



Download 178,5 Kb.
bet4/6
Sana23.02.2022
Hajmi178,5 Kb.
#142154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
alisher navoiy

Chun dimog’ixeshro ham gah-gahe tar mekunand.


Az qadah onon, ki gohi nash’a meyoband fayz,
Z-in sharaf chun man’i mahrumoni digar mekunand.


Xozinoni ravza az ash’ori Foniy la’lu dur,
Burda bar ruxsoru go’shi hur zevar mekunand.

Hofiz:
Biyo to gul barafshonemu may dar sog’ar andozem,


Falakro saqf bishkofemu tarhi nav darandozem.

Agar g’am lashkar angezad, ki xuni oshiqon rezad,


Manu soqi ba ham sozemu bunyodash barandozem.

Foniy:
Bahoron gar ba gulshan tarhi jomu sog’ar andozem,


Biyo, in saqf bishkofemu tarhi nav darandozem.

Sipohe gar namoyad g’am, ki sozad vaqti mo tiyra,


Ba yak barqi shu’oyi jom bunyodash barandozem.

Husayniy:


G’am sipoh qasdimg’a chekti, soqiyo, tut jomi sof,
Kim bo’lur jomi may ichgandin daler ahli sipoh.

Muxtare’ g’azallaridan birini ko’zdan kechirsak:


Omad bahori dilkashu gulhoi tar shukuft
Dilho az on nishot zi gul beshtar shukuft…
Fony, achab madon, agar on gul shukuftaast,
Az ashki abrsoni tu bishkuft, agar shukuft.
Mazmuni: (matla’) Dilkash bahor keldiyu toza gullar ochildi, Bu xursandlikdan guldan ko’ra ko’ngillar ko’proq yayradi… Foniy, gulning ochilganidan ajablanma, Chunki u sening yomg’irday ko’z yoshlaring tufayli ochildi.
G’azalning har misrasi va baytidan bahorning hidi keladi, gullarning ochilishiyu ko’ngillarning yayrashidan quvonch balqib turadi. G’azalda ishlatilgan turli badiiy san’atlar ham ana shu kayfiyatga mos ishlatilgan. Shunisi ajoyibki, g’azaldan Alisher Navoiy-Foniyning fors-tojik tili noziklarini naqadar teran bilganligi seziladi. Bu holni Alisher Navoiyning o’zlari ham «Muhokamat ul-lug’atayn»da alohida uqtirgan edilar. Jumladan, «forsiy alfoz istifosin va ul iborat istiqsosin kishi mendin ko’prak qilmaydur erkin va saloh va fasodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin» (16-tom, 127), ya’ni boshqa birovlar «Forsiy tilning so’zlarini o’zlashtirish va mazmunining tagiga menchalik yetisha olmas, u tilning go’zalligi va fasodini mendan yaxshiroq bila olmas». Faxriya tarzida aytilgan bu fikr aslida haqiqatdir. Mana shu xususiyat sabab bo’lgan bo’lsa kerakki, forsiygo’ylar Alisher Navoiyning bu tilda yozgan go’zal asarlari, jumladan g’azallarini ham e’zozlaydilar.
2. Qasida. Alisher Navoiy o’zining «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida forsiy tildagi qasidalari, ularning nomlari va javobiya bo’lsa, qaysi shoirlar qasidalariga tatabbu’ tarzida yozilgani haqida juda teran ma’lumot beradi (16-tom, 28-31). Bu ma’lumotlar hamda «Devoni forsiy» da nashr ettirilgan qasidalarni o’rganish shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy olti qasidadan iborat bir turkumni «Sittayi zaruriya» (Zaruriy oltilik) deb atagan bo’lsa, to’rt qasidadan iborat ikkinchi turkumga esa «Fusuli arbaa» (to’rt fasl) deb nom qo’ygan ekan. Bu ikki turkum o’nta qasidani o’z ichiga oladi. Shuning bilan birga, Alisher Navoiy Xoja Salmon qasidasiga javoban yana bir qasida boshlagani haqida ham xabar beradi. Agar bularning hammasi umumlashtirilsa, unda Alisher Navoiy-Foniyning forsiy tilda o’n bitta qasida yozgani ma’lum bo’ladi.
«Sittayi zaruriya». Alisher Navoiy turli yillarda yozgan qasidalarini Sulton Husayn Boyqaro ko’rsatmasi asosida 902 hijriy-1497 melodiy yilda qasidalar turkumi sifatida tartib berib, uni «Sittayi zaruriya»deb ataydi.
«Sittayi zaruriya» debocha va oltita qasidadan iborat. Alisher Navoiy-Foniy tomonidan yozilgan nasriy debocha bir necha jihatdan ahamiyatga ega. Birinchidan, unda «Sittayi zaruriya»ning tuzilish sababi va yili ko’rsatilgan, ikkinchidan esa qasidalarning joylashtirish tartibi va har birining mavzusi aniq ko’rsatilgan. Ana shuning uchun debochaning ikkinchi qismi, ya’ni har bir qasida haqida berilgan ma’lumotni o’zbek tilida bayon etish ma’qul ko’rinadi.
1. «Ruh ul-quds» - Muqaddas ruh bo’lib, unda Alloh taolo hamdi berilgan.
2. «Ayn ul-hayot» - Hayot chashmasi bo’lib, Rasululloh Muhammad na’tidir.
3. «Tuhfat ul-afkor»-fikrlar tuhfasi, Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror»iga javobiya bo’lib, Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan.
4. «Quvvat ul-qulub» - qalblarga quvvat bo’lib, pand-nasihat va foydali mulohazalar bayonidan iborat.
5. «Minhoj un-najot»-najot yo’llari bo’lib, Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan.
6. «Nasim ul-xuld»-jannat shabbodalari bo’lib, «Mir’ot us-safo» - pokizalik ko’zgusi qasidasiga javobiyadir.
«Sittayi zaruriya» debochasidagi bu ma’lumot Alisher Navoiy tomonidan «Muhokamat ul-lug’atayn»da yanada kengaytirilgan va shunday yakunlangan: «Bu olti qasida hamd va na’t va sano va ma’vizatdur va ahli tasavvuf va haqiqat tili bila ma’rifat» (16-tom, 31).
Ana shu qasidalardan «To’hfat ul afkor» -uning yozilish tarixi, mavzu doirasi va shuhrati haqida qisqacha to’xtalmoq ma’qul deb bilindi. Buning sababi shundan iboratki, mazkur qasida yozilgach, u muallifning o’ziga ham, ustozi Abdurahmon Jomiyga ham, do’sti Husayn Boyqaro va boshqa sinchkov zamondoshlariga ham ma’qul tushgan va nihoyat maqtalgan edi. Jumladan, Abdurahmon Jomiy o’z «Bahoriston»larida Alisher Navoiy haqida so’z yuritib, mazkur qasida bobida shunday yozganlar: (Alisher Navoiyning) Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror» qasidasiga javob tarzida yozgan («Tuhfat ul-afkor») qasidasi nihoyat go’zal ma’nolar va chiroyli xayollarga boydir». Eng qizig’i shundaki, Abdurahmon Jomiy bu qasidaga javoban, Alisher Navoiy iborasi bilan aytganda, «muammo tariqi bila bir qasida aytibdurlar». Alisher Navoiy ham o’zining «Xamsat ul-mutahayyirin», «Sittayi zaruriya» debochasi, «Muhokamat ul-lug’atayn» asarlarida bu qasidani qayta-qayta tilga olgan.
«Tuhfat ul-afkor» 880 hijriy-1475 melodiy yilda Marvga borayotganda yozilgan. Qasidaning yaratilish tarixi «Xamsatul mutahayyirin» asarida berilgan: «Faqir (Alisher Navoiy) Marvg’a borg’uncha ani (qasidani) ul Hazrat (Abdurahmon Jomiy) otiga tugattim va Marvdin ul Hazrat xizmatlarig’a bitib yiborildi» (15-tom. 35).
«Tuhfat ul-afkor» qasidasi 99 baytdan iborat bo’lib, Xusrav Dehlaviyning «Daryoyi abror», Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul-asror» qasidalariga javoban yozilgan.

Download 178,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish