O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 201-guruh talabasi Egamberganova Lolagulning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Alifbe” bayram tadbirini tashkil etish metodikasi
Topshirdi:
Qabul qildi:
Urganch-2022
MUNDARIJA:
KIRISH.
l BOB .ALIFBE BAYRAMININING AMALIY AHAMIYATI
1.1 Tadbir yuzasidan o’quvchilarga tushuncha berish
1.2 “Alifbe” bayram tadirining o’quvchilar hayotida tutgan o’rni
II BOB. “ALIFBE”BAYRAM TADBIRINI TASHKIL ETISH METODIKASI
2.1 Alifbe bayramini tashkil etishning samarali usullari
2.2 Alifbe bayram tadbiri senariysi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Barkamol avlod tarbiyasi— sinf rahbaridan yuksak iqtidor,mas’uliyatni talab qiladigan faoliyatdir. O‘quvchilarning yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrli bo‘lishi uchun o‘tkazilayotgan har bir tadbir o‘quvchi ongida, odobida, xatti-harakatlarida iz qoldirmog‘i lozim.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sinfda tashkil etish:
• o‘quvchilarning umumiy ma’naviy saviyasini oshirish;
• qobiliyatlarini rivojlantirish;
• bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish;
• tarbiyaviy tadbirlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini
ta’minlash;
• o‘quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirish kabi yuksakinsoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir. Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi.Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq.Har birimizning yoshligimizda hayotimizda katta iz qoldirgan,unutilmas xotiraga aylangan,eng beg’ubor bolaligimizning,eng go’zal damlari albatta mmaktab davrimizdir. Maktabga ilk bor qadam qo’yib ,ilm ola boshlaganimiz,yangi bir mo’jizaviy hayotga ,ilm ummonining bir sohiliga qadam bosganimizda har birimizning yuragimizda o’zgachz bir baxt uyg’ongan desak mubolag’a bo’lmaydi.SHundaygo’zal damlarimizdagi unutilmas xotiralarning bir qismi bo’lgan “Alifbe” bayrami har birimizning hayotimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan,ilk savodxonlik bayrami sifatida xotiramizga muxirlangan.Hatto hozir ham oradan qancha yillar o’tgan bo’lsa ham ko’pchiligimizning xotiramizda ilk “Alifbe”bayramidagi she’r va qo’shiqlar,bayramda qaysi harf bo’lib sahnaga chiqqanligimizva shu harf bilan boshlangan she’rimiz ham saqlanib qolgan. “Alifbe” bayramida eng avvalo o’quvchilarning egallagan ,o’rgangan bilimlarini namoyish qilish va yanada mustahkamlash asosiy maqsad hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |