II BOB “ALIFBE”BAYRAM TADBIRINI TASHKIL ETISH METODIKASI
2.1 Alifbe bayram tadbirini tashkil etishning samarali usullari
Takomillashtirilgan va maqsadga muvofiq holda tashkil etilgan bayram tadbirlari
o’zining muhim xususiyatlariga ega.Ushbu xususiyatlar bayram tadbirlarini samarali
olib borilishida o’z hissasini qo’sha oladi.
Quyida biz bayramlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning marosimlardan farqini ko’rsatib o’tamiz:
1. Har qanday bayram ijtimoiy xodisa sifatida muayyan vazifalarni bajaradi
Bilish, tarbiyaviy, kommunikativ, madaniy, emotsianal-estetik, uyushtiruvchanlik.
2. Bayramlar muayyan marosimlarni bajarish va unga amal qilish natijasida vujudga kelgan.
Marosimlar ko‘pincha inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim voqealarga bag‘ishlab tashkil qilinsa, bayramlar etnik guruhlar, xalqlar hayoti va tarixi bilan, inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan tabiat hodisalariga bog‘langan holda tashkil etiladi.
3. Marosimlar asosida diniy tasavvurlarga bog‘liq bo‘lgan xodisalar yotsa, bayramlar asosida aniq real hayot bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar yotadi.
4. Marosim o‘z tarkibiga har qanday janrga xos tekstni qamrab olmaydi, bayramlar o‘z tarkibiga har qanday janrni qamrab oladi.
5. Bayramlar belgilangan kunda o‘tkazilsa, marosimlar har doim har qanday mavsumda o‘tkaziladi.
6. Bayramlar vaqtning tarixan to’g’ri va oldinlama bir xildagi harakatini buzib, unga doimiy takroriylik bag’ishlaydi.
7. Bayram vaqtning bir xildagi harakatini buzib, unga emotsional fon beradi.
8. Marosimlar esa vaqt oqimidagi zerikarli nuqtalarga emotsional fon bersa ham vaqtning tarixiy oqimiga takroriylik bag‘ishlay olmaydi. Va o‘zining chegaralangan doirasida o‘tkaziladi.
9. Marosimlar 3 ta vazifani bajaradi. Psixologik, estetik, uyushtiruvchanlik.
Bayramlar esa oltita vazifani bajaradi: bilish-axborot berish, tarbiyaviy, kommunikativ, uyushtiruvchanlik, madaniy, emotsianal- estetik.
10. Marosimlar kishilarning ma’lum tor doirasini qamrab olsa, bayramlar kishilarning juda keng qatlamiga mo‘ljallanadi.
11. Marosimlar asosida harakat va so‘z komponenti mavjud bo’ladi, bayramlar tarkibida barcha komponentlar –harakat, so‘z, musiqa, raqs, o’yin, va boshqalar.
12. Marosimlarda barcha harakat irim- sirim, rasm -rusum, udumlarga katta e’tibor beriladi. Bayramlarda esa barcha harakatlar kishilarning erkin va ixtiyoriy tarzda bajariladi.
13. Bayramlarda folklorning ko’pgina janrlari sentizlashib ketadi.
Bayramlarda dasturga kiritilgan barcha janrlar maxsus tartibda tomosha shakliga keltiriladi.
14. Bayramlar kishilar hayotining faqat xursandchilik kunlarida nishonlansa, marosimlar ham xursandchilik, ham qayg’uli kunlarida nishonlanadi.
Тarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning o‘ziga xos umumiy pedagogik tamoyillaridan farqli o‘laroq, quyidagilarni nazarda tutish muhim:
1. Тarbiyaviy ishlarning ijtimoiy yo‘naltirilganlik tamoyili. Тarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi sababli, har bir tarbiyaviy tadbirni davlatimiz siyosati, qonun, qarorlari, me’yoriy hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish.
2. Тarbiya jarayonini mustaqil O‘zbekistondagi bunyodkorlik bilan uyg‘unlashtirish tamoyili. Тarbiyaviy tadbirlar mazmunini kundalik axborotlar, video tasmalari, obidalar, qurilishlar, bozor munosabatlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘lash.
3. Тarbiyaviy ishlar jarayonini insonparvarlik ruhida tashkil etish va o‘quvchilardagi ijobiy sifatlarni rivojlantirish tamoyili.
4. Pedagoglikning parallel ta’sir etish tamoyili. Тarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
Bolaning oila, ota-ona, o‘rtoqlari va jamoatning ta’siridagi holati, xarakter xususiyatlarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Barkamol avlod tarbiyasi — sinf rahbaridan yuksak iqtidor, mas’uliyatni talab qiladigan faoliyatdir. O‘quvchilarning yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrli bo‘lishi uchun o‘tkazilayotgan har bir tadbir o‘quvchi ongida, odobida, xatti-harakatlarida iz qol- dirmog‘i lozim. Har bir tarbiyaviy tadbir xalqimizning o‘tmish ajdodlari qoldirgan boy merosi, hikmatlari bilan uyg‘un bo‘lsa, ota-bobo va mutafakkir, ma’rifatparvar olim-u ulamolarning ruhi shod bo‘ladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sinfda tashkil etish:
• o‘quvchilarning umumiy ma’naviy saviyasini oshirish;
• qobiliyatlarini rivojlantirish;
• bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish;
• tarbiyaviy tadbirlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini ta’minlash;
• o‘quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirish kabi yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Тarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini ta’minlash uchun sinfning tarbiyalanganlik darajasiga ko‘ra, tadbirlarni maqsadli- istiqbolli qilib tanlash mahoratiga ega bo‘lish lozim. Тarbiyaviy tadbirlarning shakllari:
-axloqiy mavzuda suhbat;
- uchrashuv;
-bahs-munozaralar;
-estetik bayramlar;
-sayr, ijodiy o`yin, bayramlar.
Тarbiyaviy tadbirlarning usullari:
• so‘z orqali ifodalash (suhbat, maslahat, hikoya, ifodali o‘qish);
• namoyish qilish — axborotlashtirish (videolavhalar, mult- filmlar, kinofilmlar);
• shaxsiy namuna bilan o‘rnak ko‘rsatish, o‘zining ijobiy hara- katlari orqali ta’sir ko‘rsatish;
• rag‘batlantirish — o‘quvchi mehnatini to‘g‘ri baholash.
Tarbiyaviy jarayonda qo‘llaniladigan vositalar. Mavjud manbalar bilan tanishish hamda ta’lim-tarbiya amaliyotini o‘rganish asosida «vosita» tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin degan xulosaga kelindi: vosita — bu aniq belgilangan o‘quv yoki tarbiya maqsadiga erishish, kutilgan natijani qo‘lga kiritishda ishtirokchilar (o‘qituvchi — o‘quvchi, tarbiyachi — tarbiyala- nuvchi, ota-onalar — farzandlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda bog‘lovchi vazifasini o‘taydigan qurol. Yuqorida aytib o‘tilgani- dek, pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan vositalar ikki turga bo‘linadi:
1. Ta’limiy (didaktik) vositalar.
2. Tarbiyaviy vositalar.
Ma’naviy-marifiy tadbirlarni tashkil etish metodikasi:
1. Sinf o‘quvchilari saviyasi va tarbiyalanganligi darajasini hisobga olish.
2. Bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish.
3. Tadbirlarni zamonaviy talablar bilan boyitish, moddiy va ma’naviy bilimlarni uyg‘unlashtirish.
4. O‘qituvchining kasbiy mahorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |