Mavzu: "Alifbe" bayram tadbirini tashkil etish metodikasi


E Elim yurtim Vatanim Sizlarsiz jonu tanim F



Download 52,04 Kb.
bet6/7
Sana22.04.2022
Hajmi52,04 Kb.
#571846
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lola

E Elim yurtim Vatanim
Sizlarsiz jonu tanim
F Fil deganlari shumi
O’xshash xartumi dumi
Quloqlari shalpaygan
Peshonasi yalpaygan
G Gulga qo’ganda bulbul
Gulday ochilar ko’ngil
H Hamisha derdi quqqu
Ha demay tong ottiku
I Iroda va Ilmira
Juda yaqin dugona
J Jo’ja dedi tovuqqa
Juda qottim sovuqda
K Kiyik o’ynar tog’larda
Kaklik sayrar bog’larda
L Laylak keldi yoz bo’ldi
Qanoti qog’oz bo’ldi
A’lochi o’quvchining
Baholari besh bo’ldi.
M Mushukkinam mitti mosh
Shirin sut mushukka osh
Olma bersam kelmaydi
Non yeyishni bilmaydi.
N Ninachi xoy ninachi
Nog’oraga o’ynachi
O O deganda og’zimiz
Oga o’xshab ochilar
Olma, olcha so’zlari
Og’zimizda sochilar.
P Paypoq to’qiydi oyim
To’qiganlari muloyim.
Q Quyinlar qadri sabzi
Qimirlar yemay og’zi
R Ra’no opam raqqosa
Raqsni boplar rosa
S Sigirimning suti ko’p
Oyim sog’ar maqtab xo’p
T Tolib dedi uloqqa
Ketib qolma uzoqqa
Borgin dedi dalaga
O’tloq ko’p bo’lgan joyga
U Uchqin yoqdi olovni
Unsin qildi palovni
V Vaq – vaq qilar qurbaqa
Vaqqillamay tur baqa
X Xushyorlik yaxshi odat
Keltiradi soadat
Y Yayara kular, Mayna o’ynar
Yayra yayrab,O’ynab kul
Kunda bayram tantana
Ona yurtim omon bo’l
Z Zanjirda yotgan she’r
Zanjirimni yechgin der
O’ O’qidan olar odob
O’qimagan beodob
G’ G’anijon qayda qoldi
G’ijjak g’ilofi yo’qoldi
Sh Shaxnozaning shahrida
Esar doim shabada
Ch Chiyo – chiyo jo’ja qochdi
Singlim Dono tariq sochdi
Biri sariq, biri oq
Barcha jo’ja dum dumaloq
Ng Akang, ukangda borman
Bodring, yengda hamdamman
Tutuq belgisi ‘
Tutuq belgisi bo`lsam-da,
So`zda mening o`rnim bor.
Jur’at, Sur’at, Sa’dulla,
Yoddan chiqarmang zinhor.


Alifbodan harflarni Oldimizda saf tortishdi
Biz or’gandik oz – ozdan, Askarlarday harflar
Minnatdormiz o’rgatuvchi Barchasiga qo’shiqlarda
Muallimdan – ustozdan Berib o’tdik ta’riflar
Har bir harf daftarlarda Tilimizni sayratadi
Gijinglaydi toy bo’lib Alifbomiz bayrami
Yozganimiz ko’rinadi Dilimizni yayratadi
Yulduz bo’lib, oy bo’lib Bayramlarning hurami
(Sho’x kuy – qo’shiq ijro etiladi. Raqs ijro etish mumkin). Marvarid: (Yangi yil haqidagi fikrlar shu yerda kiritiladi).
 
1 – boshlavchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.
2 – boshlavchi: — Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?
1 qizcha chiqadi: — Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan. Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz.
Qoshiq.
 
1 – o’quvchi: Bizni bag’riga bosgan
Bolalar yayrab o’sgan
Yuksalaver yildan – yil
O’ZBEKISTON – JON VATAN
 
2 – o’quvchi: Farzandiga jon fido
Tinib – tinchimas also
Bardam salomat bo’ling
OTA – ONAM doimo..
Raqs, qoshiq ijro etiladi. 
(Qo’shiq yoki raqs ijro etiladi).
1 – boshlavchi: — Bugun bizning “Bilimlar mamalakati” mizda bolalarning sevimli kitoblari bo’lgan “Alifbe”, “Oqish”, “Ona tili” kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan.
2 – boshlavchi: — Hozir ularni sahnada taklif etamiz va o’z tilaklarini aziz bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat, sahna sizga muntazir “Alifbe”kitobi (sahnaga chiqadi).
Alifbe kitobi:  
Bolajonlar, men sizga
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Go’yoki oftobdurman.
Ko’rdim, bugun donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish – yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz.
Endi boray dam olay
Sizga baxt – omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
“O’qish” kitobin chorlay.
“O’qishni seving mendek
Chin yurakdan o’qingiz
Hikoya, ertaklarni
Mag’zin chaqib uqingiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G’ayrat bilan o’qingiz
Nasihatim unutmang.
Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi. 
O’qish” kitobi
Salom yangi do’stlarim
Erka, qora ko’zlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so’zlarim.
Meni “O’qish” deydilar
O’qib – uqish deydilar
Mendagi har mavzuni
Mag’zin chaqish deydilar.
Meni asta varaqlab
Mazza qilib o’qursiz
Ibrat olib so’zimdan
Xalqimizga yoqursiz
O’qing meni ardoqlab
Men, do’stingiz bo’laman
Qo’lim berib sizlarga
Yoningizda bo’laman

Kuy – qo’shiq ijro etiladi. – Qo’shiq.
 
1 – boshlavchi:  Bugungu tantanamiz sababchisi bo’lgan aziz bolajonlarimiz ko’rib ko’zimiz yashnaydi. Qanday dono, ziyrak o’quvchilar bo’libsizlar.
2 – boshlavchi: Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”da sayr qilib yurganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.
1 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” shu qadar mo’jizalarga boy – ku, ko’rgan kishi, u yerdan sira chiqib ketishini istamaydi.
2 – boshlavchi: — Bolajonlar, “Bilimlar mamlakati” da yana nimalarni uchratdingiz. Bizga so’zlab bering.
  • o’quvchi chiqadi: Biz u yerda sevimli shorimiz Erkin Vohidovni uchratdik. Bu yil ular o’zlarining —- yillik tavallud kunlarini nishonlar ekanlar. 1 – boshlavchi: — Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz ……………………… opani chin dildan tabriklaymiz.
2 – boshlavchi: — Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.
(O’quvchilar chiqashadi).
 
Rahmat sizga uztozim
Bizni jondan sevdingiz
Ongimizni uyg’otib
Bilim – saboq berdingiz.
Bizni sevib onadek
Sira tinim bilmaysiz
Mehnatingiz sarf qilib
Doim bizni oylaysiz
Aziz ustoz biz uchun
Bo’ling doim salomat
Ta’zim sizga, hurmat sizga
Uztoz sizga ko’p rahmat.
(O’qituvchilarga gullar berishadi)
 
1 – boshlavchi: Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.
(Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan mehmmonlarni kutib olishadi.)
2 – boshlavchi: Salom, aziz mehmonlar!
Sizdan yurak shodonlar
Qoshiqlar yangrayversin
Kuylar jaranglayversin.
Davramizga marhabo
Kelaversin Qorbobo.
Davrani qorbobo olib boradi.
O’qituvchi: — Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.
O’qituvchi: — Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.



XULOSA
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan “Alifbe” bayram tadbirini tashkil etishda nimalarga etibor berishga, bu jarayonda ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlariga alohida ahamiayt berish va tadbir jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlardan foydalanish kerak .Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, his-tuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak.
“Darsdan tashqari ta`limga qo`yilgan davlat talablari” yoshlar ta`lim-tarbiyasini yanada takomillashtirishga, samaradorligini oshirishga hizmat qiladi hamda ta`lim jarayonini tashkil etishda aniq yo`nalishlarni belgilab beradi. U zamon talablari asosida tashkil etiladi. Bu borada pedagogik hodimlarning javobgarligi ham oshiriladi. Ushbu talablar asosida guruhdan va ta`lim muassasalaridan tashqari ta`limning istiqbol, rejalarini, tadbirlarini ishlab chiqish mumkin.
Bayram tadbirlarini uyushtirishda boshlang'ich sinf o'quvchilari she'r, qo'shiq, o'yinlar bilan faol ishtirok etadilar. Bu esa kechalarning to'laqonli, faol, qaynoq tashkil etilishini ta'minlaydi. Maktablarda turli bayram tadbirlarini tashkil etishda o'qituvchi ishtirokchi bo'lishi shart emas, ammo tayyorlash davrida maslahatchi, rahbar, kuzatuvchi bo'lishi tabiiydir.
Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, shuningdek,ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.
“Alifbe” bayram tadbiri o`quvchilar maktabda o`tkazadigan ilk bayram hisoblanadi. Bu tadbir o`quvchilar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu tadbir orqali ular o`zlari o`rgangan harflar haqida she`rlar aytadilar. Jamoa bo`lib ishlashni o`rganadilar, insonparvarlik tuyg`ulari shakllana boshlaydi, faqat o`zini o`ylash emas, balki jamoa bo`lib birgalikda yakdillik bilan harakat qilganda ko`zlangan marraga oldinroq yetish mumkin ekanligini ham o`rganadilar. Bularni ham ilk marotaba shu bayram, ya`ni “Alifbe” bayrami doirasida o`rganadilar. Bu bayramdan keyin o`quvchilar boshlang`ich sinfning ilk tushuncha va qonuniyatlari uchun poydevor vazifasini bajaradi.
Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija yuqori bo’ladi.
Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
O'qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda kuyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
- tarbiyaviy tadbir o’quvchining yoshi, ruhxiy holatiga mos bo'lishi lozim;
- har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak;
- tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi kerak;
- tadbir orqali boshlangich sinf o’quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o’zaro yordam kabi ahloqiy sifatlar tarbiyalanib borishi darkor. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir.
“Alifbe” tadbiri o`quvchilarga harf tanitib, kitob o`qishni o`rgatishi bilan birga kitobga mehr qo`yish va uni maktabga tayyorlashda ham ko`makdosh bo`ladi. O`quvchilarning bayramga tashrif buyurgan ota-onalari, bobo-buvilari tadbir haqida, bolalarining savodxon bo`lganligidan ko`ngillari ko`tariladi.

Download 52,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish