Mavzu; Aksiz va qqs soligʻi va uni undirish tartibi


Oʻzbekiston Respublikasining soliq kodeksi haqida tushunchalar



Download 167 Kb.
bet2/6
Sana21.11.2022
Hajmi167 Kb.
#869573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu; Aksiz va-WPS Office1995

2. Oʻzbekiston Respublikasining soliq kodeksi haqida tushunchalar.
Yangi soliq kodeksida nimalar o‘zgardi? Ijtimoiy tarmoqlarda XXI bo‘lim, 71 bob va 480ta moddadan iborat yangi tahrirdagi Soliq kodeksi matni e’lon qilindi. Yangi soliq kodeksini qabul qilishda soliq mexanizmlarini optimallashtirish va aholi, tadbirkorlarga soliq yukini kamaytirish maqsad qilingandi. Soliq o‘zgarishlarini amalga oshirishda 3 ta masala – soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishni hal etish vazifasi belgilangandi. Soliq yukini kamaytirishda QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha summani qaytarish, asosiy vositalar hamda ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha QQS bir yo‘la hisobga olinishi belgilandi. Byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lov 12 foiz miqdorida belgilandi. Bu ko‘rsatkich avval 25 foiz edi. Yangi kodeksda YATTlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) to‘laydigan soliq summasi 30 foizgacha kamaytirilishi belgilandi. Eski kodeksga ko‘ra, YATTlar soliq to‘lashda deyarli boshqa faoliyati keng darajadagi yuridik shaxslar to‘laydigan summani to‘lardi. Lekin ularning xo‘jalik yurituvi va faoliyat gorizonti buning aksini ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlarda ham mavjud bu faoliyat turiga (sole proprietorship) soliq yuki ancha kamaytirilgan. Eski kodeksda mavjud bo‘lgan 13ta soliq turlari yangisida 9tagacha kamaytirildi. Ular quyidagilardan iborat:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
Yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi. Kodeksda soliq organlari soliq tekshiruvlarining kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliqlarni to‘lashni tanlash huquqi berilmoqda. Xususan, ular soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lash yohud jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya asosida to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Soliq nazorati shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi. Tekshirishlarni tayinlash tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda, tekshirishlar inson omilisiz faqat dastur asosida amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari endilikda jarimalarni profilaktik tadbirlar o‘tkazgandan keyingina qo‘llaydi. Yangi kodeksda ortiqcha undirilgan soliq qaytarilishida foizlar qo‘shilishi ham belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq to‘lovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti o‘ziga ma’lum bo‘lgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi. Foizlar undirilgan kundan keyingi kundan e’tiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal qilayotgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. Konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi 5 foiz qilib belgilandi. 2019 yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilgandi. Unda parlament quyi palatasi deputatlari, parlament quyi palatasining Davlat byudjeti boshqarmasi xodimlari hamda Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi mutasaddi rahbarlari, soliq maslahatchilari ishtirok etgandi. Soliq kodeksidagi konseptual o‘zgarishlar, eng avvalo, soliq qonunchiligi normalari qo‘llanilishini maksimal darajada soddalashtirib, qarama-qarshiliklar va ziddiyatli holatlarni bartaraf etish, soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani aytilgandi. Ushbu Kodeks soliqlar va yig’imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to’lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.
Qonun makroiqtisodiy vaziyat barqarorligini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirish barqarorligini taʼminlashga, soliq qonunchiligini soddalashtirishga, soliq munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va tafovutlarni bartaraf etishga, vijdonli soliq toʻlovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra kelgusi yildan soliq turlari 13 dan 9 gacha qisqartirilmoqda. Xususan, yagona yer soligʻi, davlat boji, bojxona toʻlovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq turlari bekor qilinmoqda. Soliq nazorati oʻtkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda, u soliq organlariga kameral, joyiga chiqqan holda tekshirish va soliq auditini vakolatli organ bilan kelishilmasdan tahlika-tahlil dasturi asosida amalga oshirish huquqini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va yigʻimlar, shuningdek boshqa majburiyatlarni hisoblash va toʻlash masalalari boʻyicha axborot toʻplash uchun sayyor tekshiruv oʻtkazilishi belgilanmoqda. Sayyor tekshiruv yakunlari boʻyicha soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan ular amalga oshirgan harakatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuziladi, uning nusxasi soliq toʻlovchiga beriladi. Sayyor tekshiruv oʻtkazishda soliq organlari tomonidan soliqlar va yigʻimlar hisoblanmaydi. Shu bilan birga, inson omili ishtirokisiz soliqlar toʻlanmasligi xavfi omillarini tahlil qilish natijalari asosida tanlab olingan barcha soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq auditini oʻtkazish belgilanmoqda.
Soliq boʻyicha nizolarni sudgacha hal etish tartibi ochib berilmoqda, shuningdek soliq bilan bogʻliq huquqbuzarlik turiga qarab javobgarlik choralari belgilanmoqda. Soliq organlari javobgarligi kuchaytirilmoqda, soliq auditi natijalari boʻyicha ortiqcha undirilgan soliq summasini oʻz vaqtida qaytarish mexanizmi nazarda tutilmoqda. Shuningdek soliq toʻlashni taʼminlashning yangi vositalarini joriy etish, shuningdek, soliq toʻlash muddatini toʻlov asosida kollegial organlarning (komissiyalarning) ishtirokisiz kechiktirish yoki uzaytirish tartibi nazarda tutilmoqda. Bunday huquq xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilmoqda. Transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, “oʻzaro bogʻliq shaxslar” va “oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida nazorat qilinadigan bitimlar”, “nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi (NCHEK) tushunchalari joriy etilmoqda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan soliq toʻlovchi tomonidan nazorat qilinadigan chet eldagi yuridik shaxsni soliqqa tortish tartibi ochib berilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bogʻliq “soliq toʻlovchilarni konsolidatsiyalashgan guruhi” tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari kiritilmoqda. Soliqlarni hisoblash mexanizmini va toʻlash tartibini takomillashtirish, shuningdek soliqqa tortishning barcha elementlarini aniqlashtirish va tartibga solish nazarda tutilmoqda. Muhokama vaqtida Kodeksning qabul qilinishi soliq qonunchiligi normalarini qoʻllashni imkon qadar soddalashtirishga koʻmaklashishi taʼkidlandi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Shundan soʻng senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun xujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqdilar.

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish