Mavzu: Aksiyadorlik korxonalarning iqtisodiyotdagi roli va o’rni
Reja:
1.Aksiyadorlik korxonasining iqtisodiyotdagi o`rni
2.Aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish
3.Aylanma mablag`lar tushunchasi
Aksiyadorlik jamiyatlarida modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish kabi tushunchalar avvalida aksiyadorlik jamiyatlariga ta’rif berish joizdir. Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor: Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi. Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. Aksiyadorlar jamiyatini diversijikatsiya qilishda shubhasiz AJ laridagi samarali tashkil etilgan korporativ boshqaruv yordamga keladi. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio - oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) - korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi degan ma’nonii anglatadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida diverisfikatsiya fenomenoni yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Buning natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik jihatdan oʻzaro bogʻlanmagan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Dunyo mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarida va ko’p sonli korxona, sindikat, trestlarsa bu jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida bu iqtisodiy fenomenon sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois bu jarayon xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo) bilan shugullanadigan aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini va aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulotlarni iste’molchi va bozor talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan korporativ boshqaruv bugungi kunda aksiyadorrlik jamiyyatlarini rivojlantirishning asosiy yo’llaridan hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda. modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Modernizatsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan bunda mashina, asbob uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini va aksiyadorlik jamiyatlarini qo’llab quvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday aksyadorlik jamiyatlarini va korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi. Bugungi kunga kelib man shu yuqoridagi ikkita asosiy iqtisodiy fenomenonni samarali joriy etishda dunyo miqyosida keng qo’llaniladigan va barcha osonlik bilan tushunadigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir” degan gap bejiz emas. Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokazolaming milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rn i sabab bolmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to'gri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o'rganilib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning flkrlari xilma-xilligiga guvoh bo'lish mumkin. “Korporativ boshqaruv - korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlami korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o'rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”, deb izohlanadi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda ham keng hajmda qo’llanilmaydi. Shu nuqtayi nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalanadi.
Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muqim jiqatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy saloqiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi qamda “Investitsion faoliyat to`g`risida” gi Qonun va boshqa ququqiy qujjatlar bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar − korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg`or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, maqsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag`lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda aloqida e`tiborga ega. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo`yilmalarning ustivor yo`nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to`g`ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo`jayini” sifatida korxonalarning o`zidan tashqari, davlatni, maqalliy qokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko`rsatish mumkin. Ko`pincha investitsiya deganda kapital qo`yilmalar ko`zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning moqiyatini noto`g`ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tilayotgan bugungi kunlarda xo`jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o`z o`rnini topmoqda. SHu bilan birga, “kapital qo`yilmalar” atamasining o`z izoqlari qam mavjud. Kapital Kapital qo`yilmalar qo`yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o`stirish uchun sarflanuvchi moddiy, meqnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o`zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki maqsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo`yilmalar maqsadli xarakterga ega bo`ladi qamda xodimlarga mukofot to`lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va qokazolarga sarflanishi mumkin emas. Moliyaviy Moliyaviyinvestitsiyalar investitsiyalar qimmatbaqo qog`ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag`larini banklarga foiz olish maqsadida depozit qisob raqamlariga qo`yish bilan ifodalanadi. 149 Real investitsiyalar investitsiyalar pul mablag`larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo`jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. Investitsiyalar avvaldan o`ylab ko`rilgan maqsad va birinchi o`rinda investitsion loyiqa asosida korxona ishlab chiqarish potentsialini mustaqqamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi. Investitsiya Investitsiya loyiqasi loyiqasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko`rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyiqasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi: •investitsiyaviy g`oya(fikr)ni shakllantirish; •g`oyaning dastlabki asoslanishi; •loyiqada ko`zda tutilgan texnik qarorning taqlili; •sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; •investitsiya loyiqasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish; •axborot memorandumini tayyorlash. YUqorida ko`rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyiqani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo`ljallarning maqsad va vazifalari qamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiqa-smeta qujjatlarigacha) zarurati tug`iladi. Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash qaqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog`laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyiqalashtirishdan avvalgi asoslash, loyiqalashtirish, bevosita ob`ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so`nggi bosqichi muqim aqamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o`tkazilib, amaldagi va loyiqa ko`rsatkichlari baqolanadi qamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida qal qilinishi lozim bo`lgan chetga og`ish va kamchiliklar aniqlanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda meqnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma aylanma aylanmamablag`larga mablag`larga mablag`larga qam ega bo`lishlari zarur. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar, qoidaga ko`ra, korxonaning qisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Qar bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik qolati va maqsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan maqsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta`minlashning moddiy asosi qisoblanadi. “Aylanma mablag`lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi qam ko`p qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Moqiyatiga ko`ra, aylanma aylanma aylanmakapital kapital kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo`lib, uning qiymati ishlab chiqarishning qar bir tsiklida ishlab chiqarilgan maqsulotga o`tkaziladi qamda ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko`pincha korxonaning pul mablag`lari qisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag`lariga aylantiriluvchi qarakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga ko`ra, “aylanma mablag`lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg`i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning meqnatiga qaq to`lashga bo`nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag`larga bo`lgan qo`shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar qisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`larga etarli tarzda ega bo`lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi qisoblanadi. SHuni qam unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan maqsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i va energiya miqdori maqsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan qolda qanchalik kam bo`lsa, maqsulot shunchalik arzonlashadi qamda aylanma mablag`lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma Toshkent-2016
Iqtisodiyot asoslari M.Maxkamova I. Mastiyeva
Toshkent-2017
www.ziyonet.uz kutubxonasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |