Ogahiy yozadi: Ogahiy yozadi: - Chu tutti soqiyi ishqing to‘la ayog‘ manga,
- SHarobi shavqing ila garm erur dimog‘ manga (39-bet).
Bu baytda soqiy, ayog‘ (idish, kosa), sharob, garm (issiq, qizmoq) so‘zlari tanosub bo‘lib kelgan. Ogahiy she’riyatida umuminsoniy g‘oyalar shu darajada ulug‘lanadiki, beixtiyor shoirning adolatparvarligiga tan berasiz. Turli xil badiiy san’atlar asosida yaratilgan, umumbashariy g‘oyalar tarannum etilgan misralar shoir fikriy olamining teranligidan dalolat beradi. Jumladan, - Hokimi shar’ esang et adl ila hukm, ammo mayl,
- Qilma bir yong‘a, agar ersa otang yo‘qsa bolong (191-bet).
Birinchi misrada hokim, adl, hukm so‘zlari, ikkinchi misrada otang, bolang so‘zlari tanosub san’atini yuzaga keltirgan. Shoirning ishqiy mavzudagi she’rlarida ham tanosubdan unumli foydalanilgan. Ogahiy yozadi: - Ko‘z solmag‘um jannat aro, g‘ilmonu hur ochsa yuzin –
- Kim, maqsadim ko‘ying aro, qilmoq tamosho orazing (190-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |