Qo’shinlar. Ahamoniylarda asosini 10 ming qo’shinidan iborat polklar asosidagi muntazam << o’lmas >> armiya mavjud bo’lgan. Armiyaning oliy bosh qo’mon-don shahonshoh hisoblangan. Undan keying o’rinda Xazarpat- mingboshi turgan:
1. <>polk;
2. Piyoda qo’shinlar;
3. Otliq suvoriylar;
4. Satrapliklar qo’shinlari;
5. Yunon yollanma qo’shinlari;
6. Ko’ngillilar qo’shinlari.
Qo’shinlar 10,100,1000 va 10000 kishilik qismlarga bo’lingan bo’lib, har bir qismning o’z boshlig’i bo’lgan. Shahanshohning o’zi har yili ko’rik o’tkazib tur-gan.
Butun davlat hudui 4 ta harbiy okruggga bo’lingan. Har bir okrugning harbiy boshlig’i bo’lib, u bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bo’ysundirilgan o’lkalar va chegara tumanlarda harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Harbiy boshliqlardan deyarli barchasi forslardan tayinlangan. 7
3. Ahamoniylar davlatining ijtimoiy-iqtsodiy ha-yoti. Bu davrda O’rta Osiyodagi holat. Ahamoniylar davlati 20 ta satraplikka bo’lingani yuqorida aytib o’tdik. Har bir satrpiya har yili ma’lum miqdorda soliq to’lab turishi majburiy bo’lgan. Soliqlar miqdori ko’p hollarda kumush talent ( talant-pul birligi, bir talant 30 kg kumushga teng bo’lgan) bilan belgilangan. Soliqlarni kelib tushishini tizimga solish uchun Doro I yagona tanga tizimini joriy etdi. Bu tartibning asosini og’irligi 8.4 g kela-digan oltin darik joriy etilgan. Oltin darikning bir donasining og’irligi 5.6 g bo’l-gan 20 ta kumush tangaga almashtirish mumkin bo’lgan. Oltin darik faqat podsho tomonidan, kumush tanga esa ayrim viloyatlar hukmdorlari tomonidan zarb etil-gan.
Qaram o’lkalar pul solig’idan tashqari mahsulot bilan ham soliq to’laganlar. Ushbu soliqlar hisobidan Persepol, Suza va ekbatanada fors podsholarining hashamatli saroylari qad ko’targan. Misol uchun, Suzadagi saroni qurish haqida Doro I yozuvlarida shunday xabar beriladi; <>(lojuvard ) va <> (Yarim qimmatbaho tosh-serdolik) So’g’ddan keltirilgan>>. Shuningdek, Geradot ahamoniylar davridagi yana bir soliq turi- sun’iy ko’llardan dalalar uchun olinadi-gan suv puli haqida ham ma’lumot bergan. Tarixchilarning takidlashicha, ko’llar-ning to’g’onini ochgani uchun fors podshosi <>.
Mil.avv. 519-yili Doro I butun imperiyada yagona soliq tizimini joriy qildi. Unga ko’ra har bir satraplik pul bilan o’lpon to’lashi ( ishlov beriladigan yerdan tushadi-gan daromatdan) kerak edi. Forslar esa hukmdor xalq sifatida pulli soliqdan ozod etilgan bo’lishiga qaramay, natural ta’minot bo;yicha o’lpon to’lashga majbur edi. Boshqa xalqlar yiliga 7740 Bobil kumush talanti ( 1 talant 30 kg) miqdorida o’lpon to’laganlan.
Mil.avv V-IV asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarxida qadimgi yunon tarixshunoslari-ning diqqat markaziga tushib qolgan . Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumot beruvchi Gerodotning << Tarix >> kitobi ayniqsa qimmqtlidir bu muxim hamda dunyoda mashxur manbada Baqtra , batriyaliklar, sak-massagetlar, sug’dlar va xorazmliklar tilga olingan bo’lib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilinadi. Gerodotning O’rta Osiyo to’g’risidagi malumotlari turli masalalar bilan bir-biriga yunon-fors urushlariga borib taqaladi. Forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari hamda Araks-Amudaryo daryosining suvlaridan foydalanish to’g’risidagi manbalar bundan mustasnodir .
Boshqa bir yunon tarixshunosi Ktesiy Kichik Osiyodagi Knit shahridan bo’lib, u mil.avv. 404-yildan boshlab, Ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. Ktesiy o’zining << Persika >> deb nomlangan asarining katta bir qismini baqtriyaliklar tarixiga bag’ishlagan. Shuningdek, Ktesiy asarlarida Baqtriyaning shaharlari, uning mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan poytaxti haqida, shu shaharni qamal qilgan Ossuriya podshosi Nin to’g’risida hikoya qiladi.
Baqtriyaning ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to’g’risida yana bir yunon tarixshunosi-Ksenofont ham malumot beradi. Ammo O’rta Osiyoning boshqa sha-harlar va manzilgohlari tog’risida qadimgi yunon mualliflari asarlarida malumotlar uchramaydi. Mavjud shaharlar ularga no’malum bo’lgan bo’lsa kerak.8 Ahamoniylar davrida majburiy harbiy xizmat ham muhim ahamiyatga ega bo’l-gan. Elefantin orolidagi ( Misrning janubiy chegaralari yaqinida ) garnizon arxivi-dan ma’lumki, bu yerda mil.avv V sar ohirida xorazmlik jangchi Dargamon xizmat qilgan. Sak jangchilari haykalchalarining topilishi Misrdagio yirik harbiy bazalar-dan biri bo’lgan forslarning Memfis garnizoni tarkibida sak otliqlari ham bo’lganli-gidan dalolat beradi. Yunonlarga qarshi chiqqad Kserks qo’shinlari tarkibida sanab o’tar ekan, Geradot, baqtriyaliklar, sak-amorglar, parfiyonlar, xorazmiylar, sug’dlar va saklarni ham tilga oladi.
Bu davrga oid manzilgoh va ko’hna shaharlar me’morchiligi Janubiy Turkmanis-tonda nisbatako’proq o’rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik ko’hna shahar Marv-dagi Govurqal’a hisoblanadi. Govurqal’a o’lchamlari yig’indisi 7.5 km ga teng. Ahamoniylar davrida Marvning markazi Govurqal’a shimoliy tomonining marka-zida joylashgan Erkqal’a istehkomi bo’lgan. Mil.avv I ming yillik o’rtalarida ushbu istehkom baland devorlar bilan o’rab olingan edi. 9
Xulosa
Ahamoniylar davlati dunyodagi ilk imperiyadir. Ahamoniylar davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga egadir. Bu davrda O’rta Osiyoda davlat boshqaruvi-ning ilk ko’rinishlari va shakillari paydo bo’la boshladi. Ular davridan boshlab O’rta Osiyo haqida ilk yozma asarlar paydo bo’ldi. Bu davrda Zardushtiylik dini-ning muqaddas kitobi Avesto ham yoziladi. Bu davrda Sirdaryo bo’yida KIrapolis shahriga asos solinadi.
Ahamoniylar davlatining Persepol, Suza, Ekbatana va Memfis kabi shahrlarida madaniyat va savdo-sotiq rivojlandi. Ularning Behistun, Naqshi-Rustam qoya-toshlarida tarixga oid muhim manbalar saqlanadi.
Ahamoniylar ikki yuz yilcha hukmronlik qilgan bo’sa ham tariximizda muhim iz qoldiradi.