Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi. Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir. Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadi. Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidiр.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Yerning miqdori va uning sifati (tabiiy unumdorligi) cheklanganligi sababli, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan foydalaniladi, renta hosil qilinadi.Yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoiti qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllantirishni tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijasida o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.Keltirilgan misoldan ko’rinadiki, uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya‘ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A-uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarida 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yeetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. Ya‘ni, A-uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B-uchastkasida 400 so’m, V-uchastkada esa 333 so’mni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolda 500 so’m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlari 8000 ming so’m qoplaydi va 200 so’m foyda oladi, lekin differentsial renta I hosil bo’lmaydi. O’rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan differentsial renta I ni tashkil qiladi.Differentsial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya‘ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi. Keltirilgan misolda yerga qo’shimcha 5ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differentsial renta II ni tashkil etadi.Intensiv rivojlantirishni amalga oshirish qishloq xo’jaligi taraqqiyotida bosh yo’l hisoblanadi. Buni amalga oshirmasdan kengaytirrilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a‘zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bo’lmaydi. Buning uchun qishloq xo’jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo’uish. Intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Hozirgi vaqtda qishloq ho’jaligi sanoat asosida intensiv rivojlantirilmoqda.Qishloq xo’jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakkka tartibdagi qiymati o’rtasidagi tafovut xo’jaliklarning ustama qo’shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya‘ni, differentsial rentaning har ikkala ko’rinishini (renta I va renta II ni) o’z ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan zona bo’yicha yoki alohida olingan xo’jalikning individual qiymati o’rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo’jalik o’rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to’langan qismi yer rentasi ko’rinishini oladi. Chunki yer – davlat mulkidir.
Differentsial renta I xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Bu markazlashtirilgan fonddan (differentsial renta I) mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o’zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflash mumkin bo’ladi.Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‘ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi ta‘minlanadi. Uning faqat bir qismi davlat foiziga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‘lum darajada bu rentani hosil qilishda o’z hissasini kutadi, ya‘ni transport yo’llari qo’rilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differentsial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar o’rtasida taqsimlanadi.
Xulosa Bu ko‘rsatkich etishtirilayotgan bir birlikdagi (sen, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha vaqt sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt yevaziga qancha mahsulot etishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Mahsulot birligiga sarflangan jonli mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat yevaziga etishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari hamda xo‘jalik miqyosida natura hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida qatnashayotgan mehnat resurslaridan qanday foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligida tarmoq sifatida band bo‘lgan mehnat resurslari salmog‘i ham aniqlanadi. Uning darajasi tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdorini makroiqtisod darajasida, ya’ni respublika miqyosida band bo‘lgan mehnat resurslari soniga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Aniqlangan raqam 100 ga ko‘paytiriladi. Chunki u foizda ifodalanadi.Bu ko‘rsatkichni qishloq xo‘jaligi tarkibidagi tarmoqlar (o‘simchilik, chorvachilik, paxtachilik) doirasida ham aniqlash mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi asos qilib olinadi. Ichki tarmoqlarning shunga nisbatan salmog‘i aniqlanadi. Tarmoq miqyosida mamlakat qishloq hududlarida yashayotgan aholining qanday salmoqqa egaligi, qishloq xo‘jaligida bandligi ham aniqlanishi mumkin. Uning darajasini aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini qishloq hududlarida yashayotgan umumiy aholi miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish kerak. Chunki bu ko‘rsatkich foizda aniqlanadi.Shu ko‘rsatkichlar yordamida makroiqtisod doirasida qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resurslarining salmog‘i, ular mehnatining unumdorlik darajasi aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Shuning natijasida tarmoqda mehnat resurslarining bandligiga oid chora-tadbirlar makroiqtisod doirasida ishlab chiqilishi mumkin.Tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari miqdori va salmog‘ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi natijasidir. Mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, ularning mehnati unumdorligini oshirish maqsadida respublika Prezidenti I. Karimov sanoatni qishloqqa olib borish zarurligini asoslagan holda isbotlamoqdalar. Shu maqsadda uzoqqa mo‘ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu siyosatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatliligini quyidagilar isbotlamoqda: dastavval aholi juda zich joylashgan Andijon viloyatining Asaka tumanidagi qishloq hududida «O‘zbekiston - Koreya» avtomobilsozlik qo‘shma korxonasi qurilib, samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.