Mavzu: Agrobiznesda mehnat resurslari va undan samarali foydalanishni tashkil eish Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 27,99 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi27,99 Kb.
#471640
  1   2   3   4
Bog'liq
Agrobiznesda mehnat resurslari va undan samarali foydalanishni tashkil eish


Mavzu: Agrobiznesda mehnat resurslari va undan samarali foydalanishni tashkil eish
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.1.Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati.
1.2.Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
1.3.Mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo’nalish qilib shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish belgilangan edi. Ular ixtiyoridagi yer maydonlari 1989 – 1995 yillarda ikki barobarga ko’paydi.Natijada aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi.Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo’jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
Mamlakatimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, insonning ongli-maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari uyg‘unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mahsulotlarni etishtirish, xizmatlarni bajarish insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq bog‘lanishiga bog‘liq. Ya’ni, inson mehnati + yer + traktor + chigit (urug‘) + yoqilg‘ilar ijobiy bog‘lanishi natijasida paxta yoki bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladi. Ularning miqdori, sifati bevosita yuqoridagi omillarga bog‘liq. Lekin inson va uning ongli faoliyati bo‘lmasa hyech qanday mahsulot yaratilmaydi, ish yoki xizmat bajarilmaydi. Shunday ekan, faqat inson o‘zining ongli faoliyati bilan mahsulotlarni yaratadi, ishlarni, xizmatlarni bajaradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda tabiiy sharoitning (harorat, yog‘in va issiq kunlar miqdori) ahamiyati katta. Ishlab chiqarish inson mehnati hamda mehnat proyedmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarni e’tiborga olgan holda samrali uyg‘unlashishini talab yetadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayon bir qancha mehnat jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Jumladan, ekinlar yekiladigan yerlarni haydash, yekishga tayyorlash, yekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, insonning ongiga, bilimiga, malakasiga, munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog‘liq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga yega:Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir yetadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo‘jaliklarda bir xil ish jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz, qish va yerta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig‘ib olishda unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. O‘simchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko‘pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab etmaydi. Qishloq xo‘jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog‘i hozirgi davrda ancha yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to‘lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, chikanka qilish, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog‘ish) to‘liq mexanizasiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat xarajatlari ortadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo‘lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.Qishloq xo‘jaligidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan fuqarolarni mehnat resurslari deb ataladi. Ularning huquqiy asoslari tarkibi hamda faoliyati Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Mehnat kodeksi»da (04.1996y), «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi (05.1998y) qonunda batafsil ko‘rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan yerkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘smirlar va nafaqaxo‘rlar ham mehnat resursi sanaladi. Ularning tarkibida iqtisodiy faol mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar alohida ahamiyat kab yetadi. Ularni 16-55 yoshgacha bo‘lgan ayollar, 60 yoshgacha bo‘lgan yerkaklar tashkil yetadi. Ular mehnat resurslarining asosini tashkil yetadi.
O‘zbekiston Resublikasi iqtisodiyotida 2005 yilning boshiga 9910,6 ming kishi band bo‘lgan. Bu jami aholining 0,9 foizini tashkil yetadi. Mavjud mehnat resurslarining 45 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga, uning samardorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shishi lozim. Demak, ularning mehnatlari unumli bo‘lishi kerak. Shu bilan «mehnat unumdorligi» tushunchasi paydo bo‘lmoqda. Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni etishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtning miqdorini nazarda tutish lozim. Bu «Mehnatni tejash» iqtisodiy qonunining amal qilishidan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining amaliyotdagi tushunchasi ham mavjud. Ya’ni sarflanayotgan bir birlikdagi vaqt ichida yaratilgan qiymat yoki ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish mehnatning unumdorlik darajasiniifodalaydi. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi bu tushunchalar bir-birini inkor etmaydi, aksincha to‘ldiradi. Qishloq xo‘jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning unumdorligi yuqori bo‘ladi. Bu esa tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta‘mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998), “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998) Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi.Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi. Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.1[4]Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi.Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.



Download 27,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish