Afrika qit`asi til klassifikatsiyasi- jihatdan kam o’rganilganligi tufayli hozir bir necha tizim va klassifikatsiyalar mavjud. So’nggi tadqiqotlarga binoan eng kang tarqalgan klassifikatsiya asosida afrika tillari to’rtta katta til oilasi: semit-xamit yoki afroosiyo, niger-kordofa, nil-saxara va koysan tillariga bo’lingan. O’z navbatida ular ham katta-kichik turkum va guruhlarga bo’lingan. Shulardan eng ko’psonli semit-xamit til oilasiga oid xalqlar semitlar, barbarlar, kushitlar, chadlar qit`aning 3G`1 qismini tashkil qiladi va butun Shimoliy va Shimoli-sharqiy Afrikani egallab olganlar. Mazkur til oilasiga kirgan arab tilida gapiradigan aholi (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar, liviyaliklar va hk.) XII-XIII asrlarda Arabiston yarim orolidan ommaviy ko’chib kelib mahalliy ko’p sonli tub elat va xalqlar (qadimiy misrlik va barbarlar) bilan aralashib ketishi natijasida paydo bo’lgan. Ular hozir 100 mln. kishidan ortiq bo’lib, Afrika aholisining 5G`1 qismini tashkil qiladi. Eng qadimiy tub aholi avlodlaridan barbarlar faqat Mag`rib tog`liklarida va Saxara vohalarida saqlanib qolgan. Ammo ularning ko’pchiligi (kabillar, tuarelar, rif va hk.) hozir asl tillarini yo’qotib, arab tilida gapiradilar. Semit guruhiga kirgan eng yirik xalqlardan amxara, tigrai va tigre hozirgi Efopiya millatining negizini hosil qiladi. Xamit-semit til oilasiga oid kushid turkumiga amxara xalqiga yaqin galla, Efiopiya janubida yashovchi sidamo va somali xalqlari va ularga yaqin xausa, bade, bura va boshqalar qit`aning ancha hududini egallaydi. Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruh – songai, saxara va sharinilga bo’linadi. Mazkur oilaga uchta o’ziga xos tilga ega kichik elatlar – maba, fur va koma kiradi. Songai turkumidagi xalqlar Niger daryosining o’rta oqimidagi davlatlar – Mali, Niger, Yuqori Volta va Nigeriyada, Saxara turkumiga oid xalqlar Chad ko’li atrofida va Markaziy saxaraning cho’l qismida qisman Nigeriyada yashaydilar. Shari-nil turkumidagi xalqlar Yuqori Nil vohalarida, Viktoriya va Rudolf ko’llari atrofi (Sudan Respublikasi, Uganda, Keniya)da joylashgan. Afrikaning janubi-g`arbiy qismida asosan, Namibiya, Votsvana va Angolada, o’ziga xos koysan til oilasiga oid xalqlar – bushmenlar, guttentotlar va tog`lik damaralar yashaydi. Ular o’tmishda Janubiy Afrikaning juda keng hududini egallagan, ammo XVIII-XIX asrlarda ko’pchilik qismini evropaliklar qirib tashlagan, qolganlari Kalaxari cho’llariga haydalgan. Koysan tillariga Sharqiy Afrika (Tanzaniya)dagi sandave va xatsa nomli elatlar ham kiradi. Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik to’zilishi va madaniyati bilan qit`a aholisidan ancha ajralib turadilar. Ular avstroneziya til oilasiga oid, antropologik jihatdan esa janubiy mongoloidlarga yaqin. Afrika qit`asida yashovchi hind-evropa til oilasida mansub 11 mln.li evropaliklar butun aholining 2 foizini tashkil qiladilar. Eski golland tili bilan mahalliy bantu va guttentot tillari chatishmasidan maxsus afrikans tili paydo bo’lgan va elatlararo munosabatlarda vosita rolini bajargan.
Ayrim mamlakatlarda, chunonchi Janubiy Afrika Respublikasida, Keniya, Tanzaniya va ayniqsa, Mavrikiya orolida so’nggi yillarda ko’chib kelgan osiyoliklar ham o’rnashib qolgan va hozirgi etnik jarayonga tortilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |