Tibbiy xizmati
Gretsiyadagi kasalxonalarning aksariyati davlat qaramogʻida. Xususiy vrachlar ham tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlarni Afina va Salonikidagi universitetlarning tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi. Mashhur kurortlari Delfa, Saloniki, Patri shaharlari va Kerkira orolida.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aristotel Salonki uneversiteti
Afina universitetining tarixiy korpusi
Maorif tizimi 4 bosqichga boʻlinadi: 6 yillik umumiy[22], 3 yillik oʻrta va 3 yillik oʻrta maxsus, shuningdek, oliy taʼlim. Umumiy va oʻrta taʼlim majburiydir. Gretsiyada 17 universitet va bir qancha texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki universitetlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari[23]: Afina akademiyasi (1926-yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin i.t[24]. instituti va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842-yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828-yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi[25], universitetlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir[26].
Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874-yil tashkil etilgan). Akropol (1878-yil ochilgan), Bizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), Sanʼat asarlari milliy galereyasi (1900) — hammasi Afina shahrida joylashgan[27].
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Gretsiyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: „Avgi“ („Tong“, kundalik gazetasi, 1952-yildan). „Akropolis“ („Akropol“, kundalik gazetasi, 1881-yildan), „Atenz nyus“ („Afina yangiliklari“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazetasi, 1952-yildan), „Katimerini“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazetasi, 1919-yildan), „Rizospastis“ („Qatʼiyat“, kundalik gazetasi, 1918-yildan), „Apogevmatini“ („Oqshom yangiliklari“, kundalik kechki gazetasi, 1952-yildan), „Vima“ („Minbar“, yakshanbaliq haftanoma, 1922-yildan),
„Ikonomikos taxidromos“ („Iqtisodiy xabarchi“, haftalik jurnali, 1926-yildan). Afina axborot agentligi 1896-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1938-yildan, telekoʻrsatuvlar 1966-yildan olib boriladi.
Adabiyoti
Platon akademiyasi
Yangi yunon adabiyoti Vizantiya yemirilgandan keyin dastlabki asrlarda antik va Vizantiya madaniyati anʼanalari, Uygʻonish davri gʻoyalari, xalq ogʻzaki ijodiyoti zaminida yuzaga kelgan[28]. 15—17-asrlar adabiyoti Kipr, Rodos, Dodekanes, Krit va boshqa orollarda taraqqiy etdi. Turli janrlarda baquvvat asarlar
(„Qiz va yigit lapari“, „Choʻpon“, „Erofili“, „Erotokritos“) yaratildi. Bularda asosan ijtimoiy tengsizlik asoslari fosh etildi. 18—19-asrlarda yunon tilida bayon tusidagi adabiyot rivojlandi: K. Dapontes, M. Ibannu, I. Pandzeles va Rigas Velestinlis sheʼriyati muhim ahamiyat kasb etdi. A. Kalvos, A. Valaoritis kabi adiblar xalqning inqilobiy jasoratini kuyladilar. A. Matesis „Bazilik“ dramasi bilan milliy dramaturgiyaga asos soldi. Yunon milliy ozodlik qoʻzgʻoloni (1821—1829)ning yirik arboblari Ya. Makriyannis va F. Kolokotronis memuar (yodnoma) asarlar yaratdilar. D. Solomos, P. Sutsos, A. Rangavis kabi 1-Afina maktabining vakillari ijodida adabiyot anʼanalari oʻz ifodasini topdi. 2-Afina maktabining asoschisi K. Palamas asarlari („Qalbim nigohi“, 1892; „Loʻlining oʻn ikki qoʻshigʻi“, 1907; „Hajviy etyudlar“, 1912)da milliy til va milliy mavzuga asos solindi. 20-asr boshlarida ijod qila boshlagan D. Vutiras, P. Pikros, F. Kornaros kabi adiblarning asarlarida oddiy kishilarning ayanchli hayoti tasvirlangan. A. Sikelyanosning „Lirik hayot“ sheʼrlar toʻplami, „Iso Rimda“, „Digenisning oʻlimi“ dramalari adabiyot rivojida yangi bosqich boʻldi. Qarshilik koʻrsatish davrida taraqqiyparvar shoir va adiblardan A. Sikelyanos, F. Angules, G. Kodzyulas va b. ijodida antifashizm gʻoyasi ilgari surildi. Urushdan keyingi yillar yunon adabiyoti rivojida Jahon Tinchlik Kengashi adabiy mukofotining laureati N. Kazandzakisning roli katta. U „Kapitan Mixalis. Ozodlik yoki oʻlim“ romani bilan shuhrat qozondi. 1967-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng adabiyotda umidsizlik, tushkunlik kayfiyatlari paydo boʻldi.
A. Avgerisning „Kesishgan va parallel yoʻllar“, P. Korovesisning „Sinov“ sheʼriy toʻplamlarida erk va tinchlik gʻoyalari aks etdi. Qadimgi yunon dramaturgi Sofoklning „Shoh Edip“ asari Oʻzbekistan Milliy akademik drama teatrida zoʻr muvaffaqiyat bilan koʻrsatildi. U teletasmaga yozib olinib zangori ekranda ham bir necha marta namoyish etildi[29].
Meʼmorligi
Afina akademiyasining binosi
Neos Kosmos
Parfenon
Usmonli turklar hukmronligi davri (15-asr oxiri — 19-asr boshlari)da xalq meʼmorligi asosiy oʻrinni egalladi. Har bir vodiy va orolda uylar oddiy materiallardan oʻziga xos uslubda barpo etildi.
Shimolda koʻproq yogʻochdan, orollarda toshdan foydalanildi. Tir orolidagi ravoqli va gumbazli, Andros, Mikonos va boshqa orollardagi yassi tomli uylar hozirgacha saqlangan. Yirik shaharlarda barpo etilgan turk mahallalari egri-bugri tor koʻchalardagi ikki qavatli uylardan iborat edi. Ibodatxonalar xochsimon-gumbazli tuzilishda boʻlgan (Afon va Metlor monastirlari). Mamlakat ozodlikka erishgach, 1830-yilda harobaga aylana-yozgan Afina poytaxt sifatida qayta tiklandi. Afina shahrining bosh qurilish loyihasi yaratilgach (1830), Gretsiya meʼmorligida yangi davr boshlandi. Yunon meʼmorlari S. Kleantis va L. Kavtadzoglu klassik uslubga asoslangan yangi xil turar joy binolarini yaratishdi. Jamoat binolari klassitsizm anʼanalari asosida, ibodatxonalar Vizantiya meʼmorligi ruhida barpo etildi[30]. Serhasham jamoat binolarini koʻpgina xorijiy meʼmorlar (Afinadagi Milliy kutubxona, 1832; universitet binosi, 1837; daniyalik meʼmor X. K. Xansen) qurgan. 20-asr boshlarida mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan old tomoni bolxonali va lodjiyali koʻp xonali turar joylar (meʼmor K. Kitsikis), shahar tashqarisida villalar (meʼmor D. Pikionis, D. Tripodakis) qurildi. 50— 60-yillarda temir-beton va oynadan hamda mahalliy materiallardan foydalanib, xalq meʼmorligi asosida turli bino va mehmonxonalar (meʼmorlar P. Vasiliadis, P. Milonas va boshqalar) solindi. Maʼmuriy binolar koʻproq xalqaro meʼmorlik andazalari asosida (meʼmor K. Doksiadis), turar joylar (koʻp kvartirali arzon uylar, meʼmor A. Konstantinidis va boshqa), sanoat binolari (Afinadagi „Fiks“ fabrikasi, meʼmor T. Zenetos) qad koʻtardi, muzey va qadimgi yodgorliklar taʼmirlandi[31].
Tasviriy sanʼati
15-asr oxiri va 19-asr boshlarida Gretsiyada monastirlik (ibodatxonalarga liniy mavzudagi rasmlar ishlash) sanʼati hukmronlik qilgan. Soʻnggi Vizantiya anʼanalari saqlangan, xalq ijodiyoti rivojlangan (boʻrtma tasvir, kashtachilik va boshqalar). 19-asrda sodda va aniq portretlar N. Kandunas, N. Kunelakis asarlarida namoyon boʻlgan. 19-asr 2-yarmida rassomlar Myunxen akademizmi usulini qoʻllab, xalq milliy mavzuiga murojaat qilishgan (N. Litras, N. Gizis). Ya. Altamuras manzaralarida romantizm aks etgan. 1920-yildan rassomlar Yevropa sanʼatining yangi oqimi taʼsiri singdirilgan milliy qiyofani yaratishga intildilar (rassom K. Partenis, haykaltarosh Ya. Xalepas). 20-asr oʻrtalarida 19 va 20-asrlar realistik sanʼat anʼanalari qatorida (rassomlar A. Georgiadis, Ya. Moralis, Ya. Saruhis) milliy oʻrta asr va xalq sanʼati shakllaridan foydalanilgan (devoriy rassomlik F. Kondoglu, grafika S. Vasiliu). Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ozodlik kurashi demokratik realistik sanʼatning paydo boʻlishiga taʼsir etdi (V. Semersidis, D. Katsikoyanis, X. Kapralos, V. Katraki va boshqalar). 20-asr oʻrtalarida tarkib topgan modern oqimlari (N. Xajikiriakos-Gikas, A. Kondopulos va boshqalar) keyingi yillarda keng tarqaldi.
Musiqasi
Xulosa
Xozirgi Uzbekiston xududida ibtidoiy jamoa davridayok odamlar yashagan. Ular yashagan manzillardagi koya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi takinchok, mexnat va urush kurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining xayotini bilishga yordam beradi. Bu surat birmuncha jun, sodda bulishiga karamay ibtidoiy jamoa davri kishilari xayoti, ularning yovvoyi xayvonlarni ov kilayotgan vakti ishonarli talkin etilgan.Chopib borayotgan yovvoyi kutos, shoxli bukalar va nikob ostiga yashirinib xujum kilayotgan odamlar tasviri orkali ibtidoiy jamoa davri rassomi shu ov manzarasidagi kuchli xarakat va xayojonni ustalik bilan kursata olgan. Suratda, ayniksa, xayvonlar tasviri ifodali chikkan. Ulardagi kuch, epchillik xayotiy talkin etilgan. Gor devorlariga ishlangan suratlar Uzbekistonda, jumladan Boysun va Termez tumanlari, Samarkand, Toshkent, Jizzax, Xorazm,Fargona tumanlaridan arxeologlar tomonidan kuplab topilgan. Bu suratlarning nigatikasi juda chegaralangan. Asosan xayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in`ikos etgan. Shu bilan birga uy xayvonlari xam tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi utrok xolda xayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni uziga buysindirish, ular tafakkurining tarakkiy etib borayotganini tushinishda muxim rol uynaydi. Eramizdan avvalgi asrning oxirlari va yangi eraning boshlarida Uzbekistonla kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi xum va kuzachalar kulda bajarilgan. Ularning tashki bezagiga e`tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik xum yuzasi chizikli nakshlar bilan bezatila bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |