Gretsiya birinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan eʼtiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919—1922)da Gretsiyaning magʻlubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi. 1924-yil 25-martda
Gretsiya respublika deb eʼlon qilindi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik — Liberallar (Angliya tarafdorlari) bilan Xalq partiyasi (Fransiya tarafdorlari) oʻrtasida kurash kuchaydi. 1934-yil Gretsiya Rumuniya, Turkiya va Yugoslaviya bilan bitim tuzib, Bolkon Antantasi tarkibiga kirdi. Shu tariqa Gretsiya Fransiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa aʼzo boʻldi. 1935-yil soxta referendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936-yil 4-avgustda general I. Metaksas harbiy hokimiyati oʻrnatildi.
Gretsiya ikkinchi jahon urushi davrida
Ikkinchi jahon urushining dastlabki paytida Gretsiya betaraflik yoʻlini tutmoqchi boʻldi. Lekin 1940-yil 28-oktyabrda Italiya qoʻshinlari Gretsiyaga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Yunon xalqi noyabr oyiga kelib, dushman askarlarini Gretsiyadan haydab chiqardi. 1941-yil 6-aprelda olmon askarlari Gretsiyaga kirdi va 2-iyungacha mamlakatni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi kurashish oʻrniga, murosasozlikka oʻtdi. 1941-yil 27-sentyabrda Milliy ozodlik fronti tashkil qilinib, Gretsiya xalq, ozodlik armiyasi (ELAS) tuzildi (1941-yil dekabr). 1944-yil yozda Gretsiya hududining 2/3 qismi ozod qilindi.
1944-yil may oyida xorijda „Milliy birdamlik“ deb atalgan hukumat tuzilib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944-yil 12-oktyabrda Afinaga ingliz qoʻshinlari hamrohligida kelib, ELASni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5-dekabrda ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgaoʻtdi. 1945-yil 12-fevralda da hukumat va
Milliy ozodlik fronti Varkiz bitimini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) eʼlon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit oʻtkazish va boshqa tadbirlarni koʻrish vaʼda qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |