Mavzu: Abu Ali ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari



Download 104,5 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi104,5 Kb.
#363433
Bog'liq
Abu Ali ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari


Mavzu:Abu Ali ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari.

Reja:


I.Kirish qism.

1.Abu Ali ibn Sinoning hayot yo’li.


II.Asosiy qism.

1.Ibn Sino-Qomusiy olim.

2.Ibn Sinoning ilmiy merosi.

3.Abu Ali ibn Sinoning musiqa sohasiga qo’shgan hissalari.


III.Xulosa.

IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 yilda vafot etdi.



Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizika“ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi.

Qoraxoniylar 999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yil gacha davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois Ibn Sino oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazmshohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034-yil vafot e.), mashhur tabib va faylasuflar Abu Saql Masihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qoʻshildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, Ibn Sino u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid „Risola aliksir“ („Eliksir haqida risola“) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Hammor Gʻaznaga ketadilar. Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 yillarda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—1014 yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U Ibn Sino bilan olimning soʻnggi damigacha, 25-yil davomida birga boʻladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.

Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni tark etib, Rayga koʻchdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi boʻlib ishlaydi, soʻng vazirlik mansabiga koʻtariladi. Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib qonunlari“ ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.

Ibn Sino Hamadonda 1023-yil gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga koʻra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. „Kitob ash-shifo“ ning qismlari, fors tilidagi „Donishnoma“ va 20 jildli „Insof-adolat kitobi“ shular jumlasidan.

Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir etdi. U qulanj (Kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yoʻlda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952y. maqbara ishlangan (meʼmori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bagʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi.

Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, allomalar raisi“); „Sharaf al-mulk“ („Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“ („Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ („Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. Ibn Sinoning koʻproq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.

Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz. Garchi, uni „Avitsenna“ sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, „Tib qonunlari“ boʻlsada, „Shayh ar-Rais“ nomi, avvalambor, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.

Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“ dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:

almadhal — mantiqqa kirish;

al-maqulot — turlari;

al-iborat — interpretatsiya;

al-qiyos — sillogizm;

al-burhon — isbot, dalil;

al-jadal — tortishuv, dialektika;

as-safsata — sofistika;

alxitoba — ritorika;

ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);



2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.

Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi, abadiy saklanadi. Ibn Sino fikricha, avval togʻ-toshlar, soʻng oʻsimlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shugʻullanish insongagina xosdir. Inson bilimlari narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa hodisalarning ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini mavhumlashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur oʻrganish orqali xudoni bilish mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon boʻla oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning, mavjudotni oʻrganishning ilmiy usuli deb biladi. „Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir krida beradiki, bu krida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi“. U mantiqiy usullar, taʼriflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur oʻrgandi, mantiq fanini Forobiydan soʻng bilishning toʻgʻri metodi sifatida rivojlantirdi.

Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.

Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol va-linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi.

Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida „Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola“) nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va „Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“) asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan „Kitob ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol oʻynadi.

Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U „Kitob ash-shifo“ ning „anna-bot“ („Oʻsimliklar“) qismida oʻsimliklarning turlari, paydo boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib boradi.

Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda „Kitob ash-shifo“ va „Donishnoma“ ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni bagʻishlagan. Ptolemeyning „Almagest“ ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha qoʻllanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik uzunligini oʻz davri uchun butunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy „Geodeziya“ asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500-yil dan keyin (1514-yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.

Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidni „Negizlar“ kitobini qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, „son“ tushunchasi doirasini „natural son“ dan ancha kengaytirdi.

Sheʼriyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining ayrim tibbiy asarlari („Urjuza“) ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors adabiyotiga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha gʻazal va qitʼalari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan.

Ibn Sino, shuningdek, musiqa nazariyasiga oid asarlar ham yozgan boʻlib, ular ijodkorning ensiklopedik ishlarining bir qismidir:

“Davo kitobi”da “Ilmda musiqiy toʻplam”;

“Najot kitobi”da “Musiqa haqida kichik bayon”;

“Bilimlar kitobi” dagi musiqa boʻlimi.

Nazariy nuqtai nazardan Ibn Sino oʻrta asr anʼanalariga koʻra musiqani matematik bilimlar toifasiga kiritgan. U musiqaga tovushlarni oʻrganuvchi, ularning mutanosib joʻrligi natijasida kuy hosil boʻluvchi fan deb qaragan. Pifagor taʼlimotidan kelib chiqqan holda, u musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy bogʻliqdir, deb bilgan.

Ibn Sino tarixda birinchi boʻlib musiqaga faqat matematik fan emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va fiziologiya nuqtai nazaridan ham qarab, musiqa tarixiga puxta ilmiy tayanchni asoslaydi.

Bilasizmi, Buyuk olim Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan kamonli asbob boʻlmish gʻijjakni ham ixtiro qilgan.

Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa haqida kichik boʻlimlar mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.

Buyuk Mutafakkir Abu Aliibn Sinoning serqirra ilmiy merosida musiqa muhim va salmoqli o’rin tutadi.Ibn Sino o’zidan oldin o’tgan yunon faylasuflari Aristotel,Ptolemey,Evklid,shuningdek Sharq olimlari Xorazmiy,Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o’zlashtirib,musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi.Qo’yilgan masalalarning kengligi,yoritilishining chuqurligi nuqtai nazaridan o’z zamonida beqiyos bo’lgan Ibn Sino ta’limotining ahamiyati davr doirasi bilan cheklanmasdan balki u Sharq va G’arb musiqasining keying rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Abu Ali ibn Sino musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan.Ibn Sino tarjimai holida yozilishicha,yoshligida riyoziyot ilmlarini puxta o’rgangan.Ma’lumki musiqa ilmmi matematikaning tarkibiy qismi bo’lgan.Ibn Sino buyuk matematik va musiqashunoslar Ptolemey va Evklid asarlari bilan tanish bo’lgan.

Ibn Sino asarlari musiqa sohasida bebaho ahamiyat kasb etadi.Musiqa ilmiga oid masalalar Ibn Sinoning ko’plab asarlarida o’z ifodasini topadi.Afsuski,ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan.Masalan,Ibn Usayba tilga olgan “Madhal san’ati al musiqa”(“Musiqa san’atiga kirish”),Ibn Sinoning o’zi “Shifo”kitobida qayd qilgan “Kitob al lavohiq”(“Qo’shimchalarkitobi”)kabi musiqaga oid asarlar hanuzgacha fanga ma’lum emas.Ibn Sinoning musiqiy merosi asosiy yirik musiqa asarlari orqali bizgacha yetib kelgan”Shifo”kitobining “Javomi ilmal-musiqa”(Musiqa ilmi yig’indisi)deb nomlanuvchi bo’lagi,”Najot”kitobining “Muxtasar ilm-al musiqa (Musiqa ilmi haqida qisqacha ma’lumot)”Donishnoma”ning musiqaga oid qismlari.Bundan tashqari,Ibn Sinoning boshqa fanlarga bag’ishlangan “Tib qonunlar” va “Ishq risolasi”kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan.Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari “Javomi ilm-al musiqa”da to’laroq aks ettirilgan.”Muxtasar ilm-al musiqa”va “Donishnoma”ning musiqa qismari esa o’sha asar asosida tuzilgandir.Ibn Sino o’z musiqa nazariyasini(asosn ilmu ta’rifini)ko’proq tovushning fizik xususiyatlariga qarata tuzishga intiladi.Musiqa inson faoliyatining mahsuloti,aloqa vositasi deb tushunishga asoslangan Ibn Sino estetikasi,O’rta asrlar musiqa tafakkurining eng ilg’or ko’rinishlaridan biridir.Ibn Sino o’zining “Javomi ilm-al musiqa” asarini idealistic qarashlarni to’g’ridan-to’g’ri rad ilishdan boshlaydi:”Biz musiqa pardalarining munosabatini falaksiymolar va ruhning axloqiy xususiyatlariga qiyos qilishga e’tibor bermaymiz,chunki,chunki bu bir ilmni ikkinchisidan ajratib ololmaydiganlrning odatidir”.U musiqani progressive yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash,idealistic qarashlardan muhofaza qilishda O’rta asrlar sharoitida juda katta ilmiy matonat edi.Ibn Sinoning ilmu-ta’lif nazariyasida ham uning barcha kategoriyalari,tovushdan to murakkab tuzilmlargacha ko’rib chiqiladi.

Bu Borada Ibn Sino Aristotel an’analarining davomchisi bo’lib,musiqa va she’riyat masalalarini davom qildirgan donishmanddir.She’riyat va musiqa orasida eng katta ko’prik vazn ekanligini qayd qilgan Ibn Sino,vazn masalalariga,musiqa va she’riyat tabiiy uyg’unlashuvi muammolariga alohida e’tibor bergan.She’riyat va musiqaning vazni ular mazmunii hambarchas bog’lanishi,musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri deb bilgan.Ibn Sino musiqa cholg’ularini ham keng o’rgangan.E’tiborli tomoni shundaki,odam ovozini olim eng mukammal asbob deb bilgan va boshqa cholg’u asboblarini esa shunga qiyos qilib o’rgangan.Ibn Sinoning eng sevimli asbobi g’ijjak bo’lgan ekan.U g’ijjakni odam ovoziga eng yaqin turadigan tabiiy va qoyilmaqom cholg’u asbobi deb bilgan.Bundan tashqari ud,tanbur,rubob,nay,sunray va qonun asboblari to’g’risida ma’lumotlar berib,ularning ijrochilik xususiyatlari,o’zaro qo’shilishiga tegishli ko’p masalalarda to’xtab o’tgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

-Donishname,Kniga znaniya,Dushanbe 1957;


-K.Rozenshild.Istoriya zarubejniy muziki Moskva “Muzika”1973.
-moscsp.ru.
-qomus.info.
-O’zbek musiqa tarixi.
-Petrov.B.D.”Ibn Sina-velikiy sredniaziatskiyuchenniy ensiklopedist”,Abu Ali ibn Sina.Kanon vrachebnoy nauki.Tashkent,1981

Bajardi:Do’stmurodova Ozoda.



 
Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish