Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:
Jismonan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazishda Abu Ali ibn Sino asarlaridagi jismoniy barkamol inson g‘oyalari ustuvor masalalardan biri ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va ma’ruzalarida barkamol insonni shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy merosning ahamiyati ko‘rsatildi;
Abu Ali ibn Sinoning hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati qisqacha yoritildi;
Abu Ali ibn Sino asarlaridagi jismoniy barkamol inson g‘oyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida, kundalik hayotimizda foydalanishning mazmuni, shakl va vositalari belgilab berildi;
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini o‘rganishning tarbiyaviy ahamiyati mazmunan boyitildi va kengaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |