Quyosh energiyasidan foydalanishning hududiy taqsimlanishi hamda tashqi ta’sirdam himoyasi uchun polimer materiallaridan foydalanish



Download 12,79 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2022
Hajmi12,79 Kb.
#328031
  1   2   3   4
Bog'liq
maqola


QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHNING HUDUDIY TAQSIMLANISHI HAMDA TASHQI TA’SIRDAM HIMOYASI UCHUN POLIMER MATERIALLARIDAN FOYDALANISH.

Haydarov Samandar Sobir o`g`li

Termiz Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi I bosqich magistranti
Niyozov Shoxruxjon Komiljon o'g'li

Termiz Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi I bosqich magistranti



Annatotsiya: Ushbu maqolada Quyosh energiyasining hududlarda taqsimlanishi sabablari va farqlari, quyosh energiyasida ishlaydigan qurulmalarning tashqi ta’sirda himoyalanish uchun polimer materiallardan foydalanishning qisqacha mazmuni tushuntirib o’tilgan.

Kalit so`zlar: gelioissiqxonalar quyosh stirling dvigatella subtropik Quyosh radiatsiyasi kilokaloriya tabiiy va suniiy polimer.


Hozirgi vaqtda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadlarida tobora ko‘proq foydalanilmoqda Quyosh energiyasidan uylarni qish faslida isitish va yozda mikroiqlim hosil qilish, quyosh energiyasini elektr energiyasiga va uni issiqlik energiyaga aylantirish Sanoatda va ishlab chiqarishda quyosh energiyalaridan imkon boricha ko’lroq foydalanish. Qishloq xo‘jaligida yangi zamonaviy quyosh qurilmalari yaratish va joriy etish, chorvachilik, parrandachilik xonalarini isitishda quyosh energiyasidan foydalanish, quyosh vannalari, quyosh suv isitgichlari, gelioissiqxonalar, meva quritish qurilmalarining samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish, quyosh stirling dvigatellarini takomillashtirish yo‘llari yildan yil yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Aksariyar riojlangan mamlakatlar Rossiya, AQSh, Fransiya, Angliya, Avstraliya, Argentina, Niderlandiya, Hindiston, Germaniya, Isroil, Kanada, Italiya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda quyosh energiya manbasidan foydalanish bo‘yicha olimlar olib borgan tadqiqotlar yaxshi natijalar bermoqda. Jumladan, Germaniya, Isroil, va AQSh da quyosh energiyasidan foydalanib, 30-35 foiz uylar qish faslida isitilib, yoz oylari sovitilmoqda Respublikamizda ham ekologik toza bo‘lgan quyosh energiyasidan samarali foydalanish maqsadida Toshkentning Parkent tumanida 3000-3500 0С temperatura hosil qiladigan quyosh sandoni qurilib, 1986-yilda ishga tushirildi O‘zbekiston energetika sistemasi 37 ta issiqlik va gidravlik elektrostansiyasini o‘z ichiga olib, ularning umumiy quvvati 11,58 mln. MVt ga yetdi. Shundan 9,84 mln MVt issiqlik elektrostansiyalari, 1,74 mln MVt gidroelektrostansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi O’zkekistonda bulutsiz havo ochiq kunlar 265-270 kun bo’lib O'zbekiston cho'l zonasida, asosan subtropik kengliklarda, okeanlardan ichkarida joylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba'zi xususiyatlarni, chunonchi, Quyoshni ufqdan baland turib uzoq vaqt yoritib va isitib turishini, kam bulutli bo'lishligini shakllanishida muhim o'rin tutadi. O'zbekiston ancha janubiy kengliklarda (taxminan 37° va 45°-36 shimoliy kengliklarda) joylashganligi tufayli yozda Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 71—72°, janubda 760 balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda O'zbekiston shimolida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hosil qilib turadi,. hududining shimoldan janubga 8°25 cho'zilganligi tufayli Quyoshning nur sochib turish davri va u bilan bog'liq holda yalpi quyosh radiao'iyasining miqdori ham o'zgaradi. Shu sababli Toshkentda Quyosh yiliga o'rta hisobda 2889 soat nur sochib tursa, eng janubda joylashgan Termizda bu ko'rsatkich 3095 soatni tashkil etadi. O'zbekistonda yil bo'yi, ayniqsa, yozda xavo ochiq. bo'lib, bulutli kunlar juda kam Toshkentda kuyosh 1749 soat nur srchib tursa, Termizda 2012 soatga teng. Quyosh nur sochib turadigan davri nur sochishn mumkin bo'lgan davrning 84—95%ni, qishda (dekabr—fevral) esa 40—50%ni tashkil etad O'zbekistonning tog'li qismida quyoshning nur sochib turish davri tekislikka nisbatan 600—700 soat kam bo'ladi: tog'larning 2000 m balandlik qismida Quyosh yiliga o'rtacha 2300—2500 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sababi tog' yonbag'ri bo'ylab ko'tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog' yonbag'rining quyoshga nisbatan holati (ekspozio'iyasi)dir O'zbekistonda quyosh ufqdan baland bo'lganligi, bulutsiz kunlarning ko'pligi (Toshkentda bir yilda 90 kun, Termizda esa 57 kun bulutli bo'ladi) oqibatida quyosh uzoq vaqt nur sochib turganligi tufayli uning hududiga ko'p yorug'lik energiyasi (issiqlik) tushadi. Hududning shimoliy qismida har sm2 yuzaga yiliga 136—140 kilokaloriya issiqlik, ya'ni radiao'iya tushsa, janubiy qismiga 160 kilokaloriya issiqlik tushadi. Yalpi quyosh radiao'iyasining miqdori yil bo'yi bir xil taqsimlanmagan. Eng ko'p quyosh radiao'iyasi yoz oylariga (qish oylariga nisbatan 5 marta ko'p) to'g'ri keladi. Hatto O'zbekistonning janubida iyulda radiao'iya balansi 20 kkal/sm2 ga yetadi. Bunga sabab yozda quyosh ufqdan balandda turib, uzoq vaqt yoritib, isitib turishidir. Aksincha, qishda quyosh nuri yotiq tushadi, bulutli kunlar ko'p bo'lganligidan kam yoritadi, qor qoplamining mavjudligi tufayli albedo katta bo'ladi. Natijada qishda, xususan yanvarda yalpi radiao'iya miqdori O'zbekistonning markaziy va janubiy qismida musbat bo'lib, bir sm2 yuzaga 0,1—1,0 kkal.ni tashkil etadi. Lekin jumhuriyatimizning eng shimolig'arbiy qismida (Ustyurtda) ba'zi yillarda qishda radiao'iya balansi manfiy bo'lishi mumkin.

Respublika hududini 4-qismga ajratsak.




Download 12,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish