Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi yurtboshimizning uzoqni ko‘radigan yo‘lboshchi ekanligini namoyon qildi.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini halqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabaruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarining tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona-yurtimizda kamol topgan allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Milliy tariximizning yorqin yulduzi, noyob fazilatlar sohibi, boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘rta asrda yetishgan buyuk donishmand, faylasuf, tabib edi. U o‘zidan oldingi tibbiy merosni o‘zlashtirib, jahon tibbiyotida necha asrlar qo‘llanma bo‘lib kelgan asarlar yaratdi.
Abu Ali ibn Sino o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi.
Har qanday millat ham Ibn Sinodek farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir. Chunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umumbashariy sivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi.
Ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim, mashhur alloma Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida o‘qib kelingani, dunyo miqyosida «Meditsina», «Sog‘lom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamental asosi bo‘lib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq etib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan ta’sir o‘tkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor.
Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ko‘rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qoxira shahrida esa Axmad Farg‘oniy xotirasiga o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.
Buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosi Abu Ali ibn Sino boy ilmiy merosinining pedagogik jihatlarini o‘rganish maqsadidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizni “Abu Ali ibn Sino asarlarida jismoniy barkamol inson g‘oyalari” mavzusida nomladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |