Mavzu: A.Navoiy hayoti va ijodi
Reja:
Navoiy- manaviyat sarchashmasi.
Alisherning yoshligi.
Navoiy davlat va jamoat arbobi.
A.Navoiy-shoir.
Yangi mavzu bayoni;
Doskaga surat, plakat ilinadi, kompyutеr orqali "ma'naviyat va ma'rifat" va "Bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish asoslari" nomli kompakt diskning
"Sharq durdonalari xazinasidan" qismi bеsh daqiqa davomida ekranga tushiriladi, tavirlar orqali fikr eshitiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov Alisher Navoiyga quyidagicha ta’rif beradilar: “Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.
Shoir, mutafakkir, davlat arbobi, o`zbek adabiy tili va mumtoz adabiyotining asoschisi – 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ilgan. 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan. 15 yoshidayoq shoir sifatida tanilgan. Hirot, Mashhad va Samarqandda o`qigan. Abdurahmon Jomiydan tasavvuf ta’limoti bo`yicha ta’lim olgan. Navoiyning adabiy va ilmiy merosi boy va turli-tumandir. Alisher Navoiy haqida so`zlar ekan, “turkiy til bila to she’r aytibdurlar hech kim oncha ko`p va xo`p aytgon emas” deb yozadi Zahiriddin Muhammad Bobur. Uning birgina g`azallarining o`zi 2000 dan ortiq. She’rlari 1465-yilda to`planib devon qilingan. Navoiy ijodida inson hamiyati va baxtini ulug`lash yetakchilik qiladi. U butun ijodiy faoliyati bilan umumbashariyat adabiyotiga katta ta’sir ko`rsatgan.
Asarlari:
"Xamsa"
“Ilk devon”
“Badoye ul-bidoya”(Badiiylik ibtidosi)
“Navodir un-nihoya” (Nihoyasiz nodirliklar).
“Vaqfiya”
"Lison ut-tayr”(Qush tili).
"Mahbub ul-qulub" (Ko`ngillarning sevgani).
"Маjolis un-nafois" (Go`zallar majlisi).
"Хаzoyin ul –maoniy”(Ма’nolar xazinasi)
Mustaxkamlash uchun test savollari:
1.Navoiy qachon va qayerda tug’ ilgan.
A) 1483 yil Andijonda.
B) 1441 yil Hirotda.
V) 1792 yil Andijonda
2. Navoiyning maktabdosh do’sti.
A)Sayid Ardasher
B) Pahlavon Mahmud
V) H.Boyqaro
3.Navoiy qanday oilada tug’ilgan va tarbiya topganq
A) Shoh oilasida
B) Kambag’al oilada
V) Amaldor oilasida.
4. Navoiyning ilk ijodi necha yoshdan boshlanganq
A)7-8
B)10-12
V) 14-15
5.Navoiy qaysi tillarda va qanday taxallus bilan ijod etganq
A) Forsiy-Foniy
B) Turkiy-Navoiy
V)Turkiy-Navoiy va Forsiy-Foniy
6. Navoiy “Xamsa” sining yozilgan muddati.
A) 6 oy
B) 1 yil
V) 2 yil
So’ng Navoiy hayoti va ijodiga doir xronologik jadval kodoskopdan ekranga tushiriladi. O’quvchilar yozib oladi.
Xronologik jadval.
Muhim sanalar.
1441-yil
9-fevral
|
Alishеr Hirot shahrida tug`ildi
|
1447-yil
|
Alishеr oilasining Xurosondan Iroqqa ko`chishi
|
1457-yil
|
Abulqosim Boburning Mashhadda vafoti. Navoiy Mashhadda qoldi
|
1464-yil
|
Alishеr Hirotga qaytdi.
|
1465-yil
|
Navoiy Samarqandda
|
1469-yil
|
Husayn Boyqaro taxga o`tirdi. Navoiyni muhrdorlik lavozimiga tayinladi.
|
1472-yil
|
Navoiy vazirlikka tayinlandi.
|
1487-yil
|
Navoiy Astrobotga hokim etib tayinlandi.
|
1488-yil
|
Navoiyning Hirotga qaytishi
|
1501-yil
|
3-yanvar Navoiyning vafoti
|
Do'stlaringiz bilan baham: |