Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’qituvchi: Salom aziz bolalar,
Bog’dagi gul-lolalar.
Bugun hamma sog’lommi,
Darsga barcha tayyormi.
O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz,
Darsga doim tayyormiz.
O’qituvchi: Har narsadan xabarchi,
Sinfda kim navbatchi?
O’quvchi: Har narsadan xabarchi,
Sinfda men navbatchi.
Sinfda ___ o’quvchi bo’lib,
Barchasi darsga tayyor
Bizning shior:
Ko’p o’qigan, ko’p bilar.
O’qituvchi: Rahmat aziz bolalar. Darsning oltin qoidalarini eslab olamiz.O’quvchilar qoidalarni aytadilar.
O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?
O’quvchi: Matematika fanlar ichra shohdir,
Aqlli o’quvchi bundan ogohdir.
O’qituvchi: Matematika faniga kim asos solgan?
O’quvchi: Matematika budir mo’jiza,
Al-Xorazmiy bobom asos solgan.
Har qadamda duch kelamiz,
Hisob –kitob shundan qolgan.
Matematika bo’yicha davlat ta’lim standartlari so’raladi. O’quvchilar javob beradilar.
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
1.Topqirlar
2.Zukkolar
3.Bilimdonlar
“Zamon bilan hamnafas” o’yini orqali oynai jahonda yoritib borilayotgan eng so’nngi habarlar bilan tanishtiradilar.
5 ta tashabbus haqidagi bilimlarini namoyish qiladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |