Bahovuddin Naqshband (1318—1389) ozga qanoat qilish, xohish- irodaga ko'ra faqirona hayot kechirish talablari bilan dunyo mol-mulki va dabdabadan voz kechgan va shuni targ'ib qilgan. Naqshband axloqiy ta’limotida hurfikrlilikka kcng yo'l bcrilgan. Bu tariqatda mehnat qilish, ilm olish, o'z mehnati bilan topilgan boylik halol bo'lishi, noz-ne’matlarni ko'pchilik bilan baham ko'rish, faqirona hayot kechirish. hammaga yaxshilikni ravo ko'rish g'oyalari ilgari surilgan.
Naqshband ta’limoti birovlar hisobidan yashashni qat’iy rad etgan, faqat peshona teri, o'z qo'l mehnati bilan topilgan rizq-ro'zni halol deb hisoblagan. Naqshband ta’limoticha. insonlardan xoli, xilvatda yashashda, yolg'izlikda ofat bordir. Jamoaga uyushish, birlashish — suhbat-anjuman vositasida ko'pchilik bilan aloqada, muloqotda bo'lish lozim. Birlik va hamjihat yashashlikning asosiy shartlaridan biri — o'z qo'l kuchi, mehnati bilan halol rizq-ro'z topib kun kechirish, tirikchilik qilishdir. Bu holat qul saqlash, xoja bo'lish, o'z manfaati uchun o'zganing mehnatidan foydalanishni istisno qiladi. Qul boiishlik, xojalik bandalikka to'g‘ri kelmaydi. Hamma Ollohning quli, xizmatkori.
Inson har bir qadamini o'ylab. fikrlab bosishi, bir ish qilishdan oldin har bir xatti-harakatini mulohaza, mushohada qilib ko'rishi, ish so'nggida pushaymon bo'lmasligi, baxtsizlik, g'am-alamga yuz burmasligi kerak. Inson hayot qiyinchiliklari oldida qanoatli, sabr-bardoshli bo'lishi lozim, buning uchun u faoliyatda bo'lishi, badan tan-sihatligi, aql quvvatini ishga solishi, har ishni tajribada sinab ko'rishi, oz so'zlab, oz yeyishi, xullas — nafsni jilovlashi, yomon ishlardan parhez qilishi, ya’ni inson o'z nafsiga hokim bo'lmog'i lozim.
Mashhur davlat arboblarining ijtimoiy taraqqiyot, insoniy munosabatlarning murakkabligi haqidagi fikrlari
Movarounnahr xalqlarining mo'g'il istibdodidan ozod etilishi va mazkur mintaqada markazlashgan davlat tuzilishi Amir Temur shaxsi va faoliyati bilan bog'liq. Milliy mustaqillik mazkur va qo'shni mintaqalardagi mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida chuqur o'zgarishlami vujudga keltirdi. «AmirTemurdek tarixiy shaxslami, sarkarda va sohibquronlami tarix taqozosi, shu zamon talablari... zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat-xususiyatlarini namoyon qilishga zaniin yaratadi, — deb qayd qilgan edi Prezidentimiz I. Karimov sohibqironning 660 yillik tavalludiga bag'ishlanib Toshkentda o'tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada. - - Amir Temur bosh bo'lgan yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo'lga kiritilgan yutuqlar... shu makondqadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy-madaniy an’analar asosida qaror topgan. Amir Temur o'zbek xalqining ko'p ming yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman lemuriylar davridagi yuksalish esa, shunchaki bexosdan yuz berib qolgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an'ana, tom ma’noda shakllangan madaniy- ma’naviy jarayon mahsulidirV
Amir Temurning davlat ma’muriy hokimiyatini isloh qilishdagi xizmatlari ham katta.«Temur tuzuklari»da shunday ta'kidlaydi: «Davlat agar din-tartib asosida qurilmas ekan, to'ra-tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo'qoladi. Bunday saltanat yalang'och odamga o'xshaydirkim, uni ko'rgan har kimsa (undan) nigohini olib qochadi. Yoxud har xil qalang'i-qasang'i odamlar tap tortmay kirib- chiqadigan tomsiz, eshigi-to'sig'i yo'q uyga o'xshaydi. Shuning uchun ham men o'z saltanatim binosini islom dini, to'ra va tuzuk asosida mustahkamladim»’.
Amir Temur grajdanlik ma’muriyati va harbiy ma’muriyat asoslarini yaratdiki, bu uning harbiy yurishlari vaqtida samarali ishladi. Savodli amaldorlar davlat hujjatlarini yuritar, davlatdagi barcha voqealarni yozib borar, viloyatlar va boshqa davlatlar bilan yozishmalar qilar, shuningdek, qarorlar qabul qilish uchun zarur axborotlarni to'plar edilar.
Davlat ishlarining olib borilishida Amir Temur o'z fikrlarini boshqa kishilaming fikri bilan solishtirib ko'rishni ma’qul ko'rgan. Shuning uchun uning davlatida turli qurultoy va kengashlar o'tkazish doimiy ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun «Tuzuklarda» u o'z ishlarining to'qqiz qismini dono va tajribali kishilaming maslahatlari bilan, bir qismini esa qilich bilan yechganligini alohida ta’kidlaydi.
Amir Temur fikriga ko'ra, davlat ishJarini boshqaradigan kishilar hukmdorga sodiq, axloqiy sof, haqqoniy va tashabbuskor bo'lishi kerak. Ular quyidagi fazilatlar sohibi bo'lishi, ya’ni: ozoda va basavlat, aqlli va kishilar bilan muomala qilishni biladigan, og'ir-vazmin va xushfe’l bo'lishi kerak.
U axloqsiz, zolim kishilarni yuqori lavozimlarga qo'yishni taklif etmagan. Zero ular vazir bo'lib qolsalar, davlat tanazzulga yuz tutadi, deydi u. Ispaniya elchisi de Klavixo Temurning o'z mavqeyini suiiste’mol qilgan ba’zi vazirlarni ishdan olib, qattiq jazolaganligining guvohi bo'lgan.
Amir Temur ko'rsatmasi bilan shunday soliq tizimi ishlab chiqilgan ediki, unda aholining kambag'al tabaqalari himoya qilinib, narx-navo, oziq-ovqat mahsulotlari ustidan nazorat o'matilgan edi. Noqulay joylarda dehqonchilik qilayotgan kishilar ikki yilga soliqlardan ozod qilingan edi. U, shuningdek, qishloq xo'jalik ishlari tugallanmaguncha soliq yig'ishni
taqiqlar, hunarmandlar faoliyatini qo'llab-quvvatlar edi.
Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda butun Movarounnahr bo'yicha choparlar xizmati va yuk tashish ishlari mukammallashtirilgan, tartibni saqlash otryadlari tuzilgan bo'lib. ular sayohatchilarning xavfsizligini ta'minlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |