Mavzu: 9-15 asrlarda O’rto Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari Reja



Download 127,16 Kb.
bet2/9
Sana03.05.2023
Hajmi127,16 Kb.
#934527
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-15 asrlarda O’rto Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o'rta asrlarning mashhur qomusiy ilm sohibi, deyarli barcha ilmlar sohasida qalam tebratgan, juda ko'plab kashfiyotlar qilgan. Beruniy jamiyatning vujudga kelishi asosida kishilaming moddiy ehtiyojlari turishini ta’kidlagan edi. «Inson unda ko'plab ehtiyojlar mavjudligi, o'zini himoya qilish usullarining kamligi va dushmanlarining ko'pligi bois o'ziga o'xshash kishilar bilan o'zaro ko'maklashish hamda uni va boshqalami ta'minlashga qodir ishlarni amalga oshirish uchun jamiyatga birlashishga majbur bo'ladi»1.
Beruniy muruvvatlilikni asl insoniy xislatlar qatoriga kiritadi. Muruvvatli kishi, uning fikricha, yuksak madaniyatli, dono, bilimli, axloqiy yetuk, ilg'or dunyoqarashga ega insondir. Ana shunday kishilar boshqalarga yaxshi munosabatda bo'ladilar, ortiqcha zeb-ziynatlarga intilmaydilar, dehqonchilikmi, hunarmandchilikmi, savdogarchilikmi bo'lmasin, o'z mehnati evaziga kun kechiradilar. Ular doimo sabr-toqatli, muloyim, qat’iy va sodda oddiy kishilardir.
Davlat rahbarlari to'g'risidagi fikrlarda Beruniy o'z davridagi qarashlar doirasidan chiqib ketolmagan. Jumladan, u jamiyatdagi ko'pgina yomonliklar, zulm va adolatsizliklar mamlakatga hukmdorlik qiluvchi kishining shaxsiga bog'liqligini ta'kidlab, jamiyatning yaxshilanishini ma’rifatli, dono hukmdor boshqarishi bilan bog'lagan. Bunday hukmdorning asosiy vazifasi yuqori doiradagilar bilan past tabaqadagilar, kuchlilar va kuchsizlar orasida adolatni tiklashdan iborat deb tushungan. Uning fikricha, davlat hokimiyatini boshqarishning nasldan-naslga o'tkazilishi o'zini oqlaydi. Shunday bo'lsa-da, u kishilar o'rtasidagi shafqatsizlik, noinsoniy munosabatlami tanqid qiladi.
Beruniy o‘z davri diniy dunyoqarashi doirasidan chiqib, umu- minsoniy ahamiyat kasb etadigan axloqiy sifatlarga ega inson haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, oliyjanoblik faqatgina diniy qoidalarni ijro etishdangina iborat emasdir (bu narsa, har qanday musulmon uchun zaruriy talabdir). Oliyjanoblik har kim faqat o'ziga va o'ziga yaqin kishigagina emas, balki barcha kishilarga yaxshilik tilasagina o'zining to'liq mazmunini ko'rsatadi.
Beruniyning ulug'ligi yana shundaki. u turli irqqa, dinga mansub bo'lgan va turli hududlarda yashaydigan kishilar, xalqlar o'rtasidagi do'stlikka katta e’tibor beradi. U aynan xalqlar do'stligida ijtimoiy taraqqiyotning kuchini, insoniy baxt-saodatning asosini ko'radi.

Download 127,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish