Mavzu: 4 – sinfda “til” mavzusini o’rganish



Download 159 Kb.
bet2/11
Sana11.07.2022
Hajmi159 Kb.
#775391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boymurodova Musallam

Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish jarayoni;
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganishning mazmuni, shakl va metodlari;
Kurs ishining vazifalari:
boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslarini tahlil qilish;
boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasini takomillashtirish;
2-sinfda “Narsa va shaxs harakatini bildirgan so'zlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalarini ishlab chiqish.
1-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari

Fe’l mavzusiga qo’yilgan D.T.S talablari


Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’tiladi. Mazkur mavzuga sinfda (so’zlarning ma’nosi) mavzusida to’xtalgan bo’lib, mazkur mavzuga jami 23 soat ajratilgan bo’lib, bunda qo’yilgan bilim ko’nikma va malakalar quyidagilardan iborat.
O’quv yilining oxiriga kelib o’quvchi quyidagilarni bilishi kerak.
So’zlarning ma’nolariga ko’ra guruhlanishi. Ko’nikmalarni egallashni kerak; talaffuzi va yozilishi mos bo’lgan so’zlarni to’g’ri yoza olishi. Malakalarga ega bo’lish kerak: namunali matnni grafik talablar asosida ko’chirib yozish;
Fikr bayonida adabiy tilda faol qo’llaniladigan fe’llardan foydalanish.
2 – 3 so’zli 4 – 5 gapni eshitib yozish. 2 – sinfda “Fe’l” mavzusi huddi 1 – sinfdagidek so’z mavzusi o’tiladi. Bu mavzuga 2 – sinfda 54 soat ajratiladi. O’quvchilar bilan, bilim ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilar:
So’zlar yordamida gap tuzish va yozilishni.
berilgan mavzuga doir gap tuza olishni: O’quvchi quyidagilarni uddalay olishi zarur.
So’zni, gapni va matnni, harflarni tushirib qoldirmay, ortiqchasini qo’shmay, o’rnini almashtirmay husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib to’g’ri yozish.
4 – 5 bo’g’inli so’zlarning bir yo’lga sig’may qolgan qismini keyingi yo’lga bo’g’inlab ko’chirish;
kitob, maktab, oftob, odob, ozod kabi so’zlar oxirida kelgan b va d yozilishini;
farzand, xursand, baxt, do’st kabi o’quvchi nutqida ko’p uchraydigan.
so’zlarga so’roq bera olishni va shu so’z nimani bildirishini;
fe’l mavzusiga oid 2 – 3 gap tuza olish va uni yozilishi;
rasmlar asosida 5 – 6 fe’l qatnashgan gap tuza olish va uni yoshni; 3 sinfda fe’l “so’z turkumlari” sifatida o’rgatilib, o’quvchining bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat.
fe’l bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l yasovchi qo’shimchalarni. Ko’nikmalarni egallashi kerak.
- ma bo’lishsizlik fe’l hosil qiluvchi qo’shimchalarni to’g’ri yoza olishni so’z yasovchi qo’shimchalar asosida fe’l turkumini yasay olishni: Malakani egallashi kerak. Fe’l mavzusi doirasida 5 – 6 gapli bo’glanishli nutq tuza olishi va ma’lum tayyorgarlikdan so’ng uni yoza olishi;
Nutq madaniyatni og’zaki va yozma nutqda fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lgan so’zlarni ifodalashni o’rganishi;
4 – sinfda “Fe’l” mavzusiga jami 28 soat ajratilgan bo’lib, bunda o’quvchining, ko’nikma va malakasiga qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat.
- So’z turkumlari, ularning belgilarini. Ko’makchilarni egallashi kerak;
- fe’l, fe’l zamonlarini (o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon);
- fe’l zamon qo’shimchalari, ularning imlosi;
- fe’lning tuslanishi;
- fe’llarning 3 zamoni va ularning hosil qilinishi: shaxs – songa tuslanishi: Malakani egallashi kerak.
- gaplarning elementar sintaktik tahlil qilish;
- o’rganilgan qoidalarga oid 80 – 90 so’zli matnni husni xat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib yoza olishi;
- berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilishi.
- berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib, yoza olishi;
Fe’llarni shaxs – son. Fe’l zamonlari ularning gapdagi vazifasini o’rganish.
Fe’llar shaxs – son qo’shimchalarini oladi. Tillarning shaxs – son qo’shimchalari bilan o’zgarishi tuslanish deyiladi. Masalan, o’qidim o’qiyapmiz, o’qiding, o’qiyapman, o’qiyapti, o’qidingiz. Fe’llaridagi ajratib ko’rsatilgan qo’shimchalar shaxs – son qo’shimchalari (tuslovchi qo’shimchalar) dir.
Fe’llarda uch shaxs – son (I shaxs, II shaxs, III shaxs) va 2 son (birlik va ko’plik) bor. Fe’ldagi har bir tuslovchi qo’shimcha ham shaxs, ham sonni ko’rsatadi. Masalan, o’qidim fe’lidagi – m qo’shimchasi I shaxs birlikni, o’qiyapsan fe’ldagi – son qo’shimchasi II shaxs birlikni ko’rsatuvchi shaxs – son qo’shimchalaridir.

Shaxslar Birlik Ko’plik


I shaxs - m: tayyorladim - k: tayyorladik


- man: yozmoqchiman – miz: yozmoqchimiz

II shaxs - ng: tayyorlading - ingiz: tayyorladingiz


- san: yozmoqchisan. - siz: yozmoqchisiz
III shaxs - tayyorladi - (lar) tayyorladilar
- yozmoqchi - (lar) yozmoqchilar
- ishlayapti - (lar) ishlayaptilar.

Fe’llarda uch zamon bor:


1) o’tgan zamon
2) hozirgi zamon
3) kelasi zamon
Fe’l zamoni nutq so’zlanib turgan vaqt (payt) ga nisbatan belgilanadi (aniqlanadi). Masalan: o’qidim, o’qigansan, harakatning nutq so’zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilganligini bildiradi, shuning uchun ular o’tgan zamon fe’li sanaladi: o’qiyapman, o’qimoqdasan fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi, shuning uchun bu fe’llar hozirgi zamon fe’li hisoblanadi: o’qimoqchisan, o’qimoqchiman fe’llari harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan keyin bajarilishini bildiradi, shuning uchun ular kelasi zamon deyiladi.
Fe’llarda zamon ma’nosi maxsus qo’shimchalar vositasida ifodalanadi. Fe’lga qo’shiladigan – di, - gan, - yop, - moqda, - moqchi qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridir. Zamon qo’shimchalari fe’lga tuslovchi (shaxs - son) qo’shimchalardan oldin qo’shiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari.

Boshlang’ich sinflarda quyidagilar fe’lning lingvistik xususiyatlari sifatida o’rganiladi:



  • so’roqlari yordamida;

  • fe’llar zamon bilan o’zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamon;

  • hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? So’rog’iga javob bo’ladi, hozirning o’zida, ya’ni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi;

  • O’tgan zamon fe’li nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi;

Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? So’rog’iga javob bo’ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so’zlayotgan vaqtdan keyin bajarishini bildiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so’roqdan bilib oladilar. So’roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi.
Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval o’quvchilar bilan ishlanadi keyin o’qvchilar e’tibori so’roq bilan fe’l zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning II shaxs birlik formasi asos qilib olinadi. Boshlang’ich sinflarda fe’lning bosh formasi o’rganilmaydi. Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’rgatish mashqi muntazam o’tkazib boriladi.
Fe’llar shaxs – son qo’shimchalari bilan tuslanadi. Shaxs – son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi. Masalan, o’qi fe’li uch zamonda shaxs – son qo’shimchalari bilan quyidagicha tuslanadi.



Son

Birlik

Ko’plik

Zamon
Shaxs

Hozirgi
Zamon

O’tgan zamon

Kelasi zamon

Hozirgi zamon

O’tgan zamon

Kelasi zamon

I

o’qiy-man

o’qi-dim

o’qimoqchiman

o’qiyapsiz

o’qidik

o’qimoq-chimiz

II

o’qiyapman

o’qi-ding

o’qimoqchisan

o’qiyapsiz

o’qidin-giz

o’qimoq-chisiz

III

o’qiyap-ti

o’qidi

o’qimoqchi

o’qiyaptilar

o’qidilar

o’qimoq-chilar

Fe’llarda shaxs – son haqidagi ko’nikmani shakillantirish uchun mazmuniga mos shaxs – son q’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda shaxs – son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jixatidan tashkil qilish mashqlaridan foydalaniladi.


Fe’l mavzusini o’rganish jarayonida quyidagi mashq turlaridan foydalanish mumkin:
Quyidagi savollarga javob bo’ladigan so’zlardan gap tuzish: Kim? Qayerda? Nima qildi? (bolalar lagerda dam oldilar.)
Nuqtalar o’rniga gapning mazmuniga mos fe’lni qo’yib o’qing va yozing. O’quvchilar berilgan yaqin ma’noli fe’llardan mosini tanlaydilar. Masalan, biz xayvonot bo’gini … (aylanmoq, sayr etmoq) Bunday mashqlar sinonim fe’llarni ma’no ottenkasiga qarab farqlashga o’rgatadi.
Qarama – qarshi ma’noli fe’llarni topib gaplarni to’ldiring. Masalan, birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
Nuqtalar o’rniga maqolning mazmuniga mos bo’lishsiz fe’llarni yozing. (mehnatdan …, mehnatdan qo’rq) (gap bilan …, ish bilan shosh).
III sinfda o’quvchilarga fe’llarning shaxs son qo’shimchalari bilan tuslanishim, fe’l zamonlari qo’shma fe’llar haqida bilim beriladi.



Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish