Mavzu №30 lazerlar texnologik qurilmalar va ularga qoʻyiladigan talablar reja



Download 109,92 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi109,92 Kb.
#951731
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU №30 LAZERLAR TEXNOLOGIK QURILMALAR VA ULARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR (1)


MAVZU № 30
LAZERLAR TEXNOLOGIK QURILMALAR VA ULARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


Reja:
1. Lazerlar texnologik qurilmalar va ularga qoʻyiladigan talablar
2. Lazerlarni tasniflash
3. Lazerli texnologik jarayonlarni bajarilishida lazer nurlanishiga qoʻyiladigan talablar
4. Lazerli texnologik qurilmalarning elektr ta’minot sxemasi

Lazer so‘zi inglizcha so’z boʻlib –nurlanish yordamida yorug‘likni kuchaytirish degan ma’noni anglatadi.


Lazer deb induksiyalangan (majburiy) nurlanish ta’sirida optik oraliqdagi (diapozondagi) monoxromatik to‘lqinlarni generatsiyalash uchun qo‘llaniladigan optik kvant generatorlari (OKG)ga aytiladi (1 - rasm).







1 – rasm. Lazerli qizdirish sxemasi:
1 – elektrodlar; 2 – rezonator (yarim shaffoq oyna); 3 – nurni fokuslovchi va transporlovchi tizim; 4 – lazerli nurlanish; 5 – qizdiriladigan jism; 6 – germetikli qad; 7 – vakuumli tizim; 8 –gazlarni kiritish; 9 – rezonator (shaffof bo‘lmagan oyna)



Bog‘langan zarrachalar har qanday tizimning nisbiy harakat energiyasi (kvant qonunlariga asosan) ixtiyoriy bo‘lmasdan, E1, E2 va h.k. energiya darajalari (sathi) deb ataladigan ma’lum qiymatlar qatorini qabul qiladi. Tizimning energetik spektri deb ruxsat berilgan energiya qiymatlarining butun to‘plamini atash qabul qilingan. Termodinamik muvozanat holatida atomlarning turli energetik daraja bo’yicha tarqalishi Bolsman qonuniga bo‘ysunib u quyidagicha ifodalanadi:



bu yerda, N1, E1 N2, E2 – 1- va 2-sathlarga mos keluvchi atomlar soni va energiyasi; K – Bolsman doimiysi; T – harorat. N1, N2, … NH sonlari energiya sathlarining bandligi deb ataladi.
Agar 2-sathda energiya ko‘p bo‘lsa, bu sathning bandligi yopiq tizimning mumkin bo‘lgan har qanday haroratida past bo‘ladi. Har qanday zarrachaning holati elektr magnit maydon ta’sirida yoki boshqa zarrachalar bilan ta’sirlanishidan o‘zgarishi mumkin. Bunday yuqori energiya sathi En dan quyi Em ga sathga o‘tishida zarracha o‘zidan elektr magnit to‘lqini (EMT) nurlantirib bu chastotali to‘lqinlar quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:



bu yerda, h = 6,62·10-34J·s – Plank doimiysi,
Yuqoriroq energetik sathlarlarga o‘tishda zarrachalar xuddi shunaqa chastotali elektr magnit to‘lqini yutadi. Har qanday chastotali elektr magnit to‘lqini, jumladan yorug‘lik, energiyasi hн ga teng bo‘lgan quvvatlar yoki fatonlar – alohida energiyaning porsiyalari oqimidan tashkil topgan bo‘ladi.
SHunday qilib, formula fotonlarning mikrozarrachalar bilan o‘zaro ta’sirlanishida energiyaning saqlanish qonunini ifodalab, bu qonunga muvofiq nurlangan yoki yutilgan foton energiyasi zarracha energiyasining o‘zgarishi orqali aniqlanadi. Mikrozarrachalar holatlari oralig‘idagi o‘tish faqat vnm rezonans chastotali fotonlar bilan o‘zaro ta’sir natijasida, ya’ni hvnm=En-Em bo‘lgandagina sodir bo‘ladi.
Atomining bir energetik sathdan boshqasiga o‘tishi o‘z-o‘zicha (spontan) va induksiyalangan (majburiy) bo‘lishi mumkin. Atomning o‘z-o‘zicha o‘tishi
faqat bir yo‘nalishda – yuqoriroq sathlardan quyiroq sathlargagina mumkindir. Bunday holda atom hн energiyali va ixtiyoriy yo‘nalishdagi impuls vektoriga ega fatonni nurlantiradi. Ana’naviy yorug‘lik manbalari (qizigan) jismlar, gaz zayadsizlanishlar plazmalari o‘z-o‘zidan nurlanadigan yorug‘likni hosil qiladi. Induksiyalangan o‘tishlar nurlanish atomining ta’siriga asoslangan bo‘lib, ham katta energiyali, ham kichik energiyali sathlarga teng ehtimollikda mavjuddir. Yuqoriroq sathga o‘tishda atom qaysi foton ta’sirida bu o‘tish sodir bo‘lgan bo‘lsa, shunga qo‘shimcha ravishda fotoni nurlantiradi. Bu xususiyat shundan iboratki qo‘shimcha induksiyalangan nurlanish majburiy nurlanish bilan qat’iy ravishda kogenerentlidir va bir xil kattalikdagi energiya kvantiga ega (elektronning o‘tib ketayotgan foton elektr maydoni orqali «rezonansli tebranishi»ga o‘xshash hodisa sodir bo‘ladi). Natijada atomga tushayotgan nurlanish to‘lqinning davr tezligi, yo‘nalish tezligi, fazasi va qutblanish o‘zgarmagan holda, amplitudasi kuchayib ketadi, ya’ni tushayotgan nurlanish kuchayishi sodir bo‘ladi.
Lekin shartga ko‘ra 2 sathning egallanganligi 1-sathning egallanganligiga nisbatan kamdir. SHuning uchun ham termodinamik yopiq tizimda nurlanish kuchaymaydi. Nurlanishni kuchaytirish uchun energiya kiritish bilan tizimni termodinamik muvozanat holatidan chiqarish va yuqori sathlarni egalaganligini quyidagicha o‘zgartirish lozim:
A) Bir xil bo‘lmagan elektr maydoni hosil qilish orqali.
B) Yordamchi nurlanish qo‘llash orqali.
D) Moddaga ba’zi bir quyi sathlarni ajratib buza oluvchi molekulyar aralashmalar kiritish orqali. Faqat shu holdagina ana shunday zarrachalardan tuzilgan muhit aktiv bo‘ladi, ya’ni rezonans chastotali to‘lqinlarni kuchaytirishga qobilyatli bo‘ladi.

Download 109,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish