Mavzu: 22-sonli bhms va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish



Download 113,08 Kb.
bet2/7
Sana24.11.2022
Hajmi113,08 Kb.
#871664
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22-Bhms

O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobining maqsadi va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 11 apreldagi 37-son (ro‘yxat raqami 1364-1, 2013 yil 3 may), 2017 yil 13 iyundagi 77-son (ro‘yxat raqami 1364-2, 2017 yil 16 iyun) buyruqlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
1. Mazkur BHMSning maqsadi bo‘lib chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur BHMSning amal qilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) tatbiq etiladi.2
3. Mazkur BHMS ta’sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, so‘mda tuzilgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblashda qo‘llanilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar milliy valyutada ― so‘mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
5. Mazkur Standartda qo‘llaniladigan atamalar:
a) O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi faoliyat ― O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida mustaqil balansga ajratilmagan tarkibiy bo‘linmalar orqali amalga oshiriladigan faoliyat;
b) xorijiy valyutada operatsiyani amalga oshirish sanasi ― qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektda chet el valyutasidagi operatsiyaning natijasi hisoblangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kun.
6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib chet el valyutasida amalga oshiriladigan bitim hisoblanadi, qachonki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt:
a) aktivlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid qiladi yoki realizatsiya qiladi;
b) to‘lash yoki olish summalari chet el valyutasida belgilangan kreditlar yoki qarzlarni olganda yoki taqdim etganda;
v) chet el valyutasidagi majburiyatlarni o‘ziga qabul qilganda yoki majburiyatlarni qoplaganda, yoxud olinadigan schotlarga ega bo‘lganda.
7. Chet el valyutalarining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursining (keyingi o‘rinlarda ― Markaziy bank kursi) o‘zgarishiga hamda aktivlar va majburiyatlarni qayta hisoblashga bog‘liq holda ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.
2. Mazkur BHMS xo‘jalik yurituvchi sub’ektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi.
Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan konsepsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni ko‘zda tutadi.
Ayrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, o‘lchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi.
Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak bo‘lgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin.
3. Mazkur standartda hisob siyosati deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qo‘llaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xo‘jalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schotlarini qo‘llash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi.
4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy ko‘rsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan bo‘lishi uchun shakllantiriladi.
5. Moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektligi yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
6. Moliyaviy hisobotlar maqsadi bo‘lib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati, uning faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida va pul mablag‘larining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi.3
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham ko‘rsatadi.
7. Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati prognoz qilish, xususan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni o‘zida mujassam etishi kerak:
7.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nazorati ostidagi aktivlar to‘g‘risida (naqd pul mablag‘i tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai bo‘lgan aktivlar to‘g‘risida);
7.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning majburiyatlari to‘g‘risida (pul mablag‘larining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari bo‘lgan);
7.3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning taqsimlanmagan foydasi to‘g‘risida (xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga o‘zgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga to‘lovlar mustasno);
7.4. Pul mablag‘ining harakati to‘g‘risida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati ko‘rsatkichi sifatida).
Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning dividendlar va foizlarni to‘lash, shuningdek majburiyatlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur.
8. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
9. Mazkur BHMS ro‘yxati mazkur standartning 12-bandida keltirilgan umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Ushbu standartdan ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlashda ham, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda ham qo‘llash zarur.
10. Mazkur BHMS quyidagilarga qo‘llaniladi:
10.1. Hisob siyosatini shakllantirish bobida — mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga;
10.2. Hisob siyosatini yoritib berish bobida — qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki o‘z tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini e’lon qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga.
11. Mazkur BHMS banklar, budjet va sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan qo‘llanilmaydi.
12. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi:
12.1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl;
12.2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shakl;
12.4. Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl;
12.5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-shakl;
12.6. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
13. Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin.
14. Turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining ko‘p qirraliligi hisobga olganda, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot bilan ta’minlay olmaydi. Shuning uchun yillik moliyaviy hisobotlarga qo‘shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritilib, unda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi.
Bu sharhda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda va kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar yoritib beriladi, xususan:
14.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni moliyalashtirish manbalari va risklarni boshqarish;
14.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab turgan tashqi muhitdagi o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarga uning munosabati hamda ularning sub’ekt faoliyatiga ta’siri;
14.3. Foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar.
15. Qo‘shimcha axborotni taqdim etish. Tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi.
16. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular bo‘yicha pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari olingan yoki to‘langan paytda emas, balki ular sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi.
Hisoblash prinsipi asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga o‘tmishda pul to‘lab yoki pul mablag‘larini olib amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagina emas, shuningdek kelgusida pul to‘lanadigan majburiyatlar to‘g‘risida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda juda zarur hisoblanadi.
17. Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro‘yxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya bo‘yicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.4
18. Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doimiy harakat qilishini va aniq bo‘lmagan uzoq muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.
Agar rahbar xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tugatish yoki uning faoliyati ko‘lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o‘ylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini yoritib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo‘lgan jihatlarni, uzluksizlik prinsipidan chekinish sabablarini ko‘rsatishi zarur.
Uzluksizlik prinsipi yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyat ko‘rsatgan muddatga mos bo‘lishi kerak, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi sub’ekt tugatilgan yoki u bankrot deb e’lon qilingan paytgacha yuritilishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini tugatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritishni ham to‘xtatadi.


  1. Download 113,08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish