Mavzu: 22-sonli BHMS va uni amaliyotga qo'llash muammolari Reja: Kirish O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobining maqsadi va vazifalari
Kirish “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”1 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 2016 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.1 Biroq, o‘tgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turi va soni oshib borayotgani hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etmoqda.O’zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi tizimi bu borada Kontinental modelga asoslanishi haqiqatga yaqinroqligini ko’rsatmoqda. Ushbu modelning mohiyati shundaki, buxgalteriya hisobini tartibga solishda hukumat xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qat’iy qonunchilik talablari asosida va soliq siyosatiga mos holda konservativ tartibda hisob yuritiladi. Shuningdek, yagonda hisob varaqlar rejasi amal qiladi.
Buxgalteriya hisobi tizimi Moliya vazirligining “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti Bosh boshqarmasi” tomonidan tartibga solinadi hamda Buxgalterlar va auditorlar uyushmasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi yoki Auditorlar Palatasi kabi jamoatchilik tashkilotlari esa, buxgalteriya hisobini amaliyotga tadbiq etishda maslahatchi bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari uchun yagona hisobvaraqlar rejasi ham mavjud (21 – son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi” O’z.R AV tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni
buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari).
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda.