Kimyoviy tahlil bu murakkab ko'p bosqichli jarayon bolib, o‘z ichiga : - vazifaning qo'yilishi
- analiz usuli va sxemasini tanlash,
- namuna olish,
- uni analizga tayyorlash,
- analizni bajarish,
- natijalami matematik ishlash
- ularni taqdim etish va saqlash bosqichlarini oladi.
Modda miqdorining о`lchov birligi. Mol. Kimyoviy tahlilning asosiy vaziyfasi - modda miqdorini aniqlash. Modda miqdorini o'lchov birligi 1 mo‘lga teng. “Mol" belgisi 1893 yilda Vilgelm Ostvald tomonidan “molekula“ hosilasi sifatida kiritilgan. Mol deganimiz 0,012 kg uglerodtagi atomlar soniga ya'ni 6,02*1023 ka teng moddaning shartli zarrachalarining miqdori, Shartli zarracha - molekula, ion, elektron, zarrachalar guruhi (masalan, funksional guruh, molekula bolagi, va b.). Bu qiymat sanash mumkin bolmagan mikroobyektlarning miqdorini baholash uchun qulaydir. Moddaning mol miqdorini ko'rsatish uchun n simvolıni qo'llanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |