Molekula
Molékula
(
lot.
moles
— massa,
molecula
— «massacha») —
moddaning
kimyoviy
xususiyatlari
saqalanadigan eng kichik zarracha.
Atomlardan
iborat boʻladi.
Molekula
(lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon
qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda)
atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi
uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy
joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik
asboblar vositasida anik, bilish mumkin. Molekulalarning tuzilishi bilan ularning xossalari
oʻrtasidagi bogʻlanishni bilish moʻljallangan xossaga ega boʻlgan moddalar olish yoʻllarini ancha
osonlashtiradi. Molekulada atomlarning soni ikkitadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-
oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) yetishi mumkin. Molekula
toʻgʻrisidagi tushunchani 17-asrda ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-asrda Molekula V. Lomonosov
Molekula ("korpuskula") tushunchasini taʼrifladi. 1811-yildaA. Avogadro Molekulaning atomdan
Terpenoid
farqini, moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi eng kichik boʻlagi ekanligini qayd qildi.
Molekula tushunchasi 1860-yilda koʻpchilik olimlar tomonidan uzil-kesil eʼtirof etildi.
Molekulaning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, rentgen nurlarini
difraksiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi.
Kvant mexanikasi nazariyasi yordamida Molekulaning tuzilishini chuqur oʻrganish mumkin boʻldi.
Molekula ilgarilama va aylanma harakatda boʻlishi bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham
turlicha harakat qiladi. Molekulani tashkil etgan atomlarning yadrosi tebranma harakatda boʻladi
va yadro bu harakatida oʻzi bilan tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashtiradi. Elek-tronlar
yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant
mexanikasi qonuniga boʻysungan holda roʻy beradi va Molekula bir necha xil kvant holatda
boʻlib, potensial energiyaga ega. Molekulaning potensial energiyasi, asosan, atomlar yadrolari
urtasidagi masofaga bogʻliq.
Atomning sath energiyasi birgina harakatga — elektronning atom yadrosiga nisbatan qarakatiga
bogʻliq. Shunga koʻra, uning spektri ayrim chiziqlardan iborat (chiziqli spektr beradi).
Molekuladagi ichki harakat bir necha xil boʻlib, anchagina murakkab. Shunga koʻra, uning spektri
ham murakkabdir. Elek-tronlarning Molekulani tashkil qilgan atomlar yadrosiga nisbatan harakati
bilan bir qatorda, yuqorida aytilgandek, atom yadrolari tebranma va aylanma harakatda boʻladi.
Shunga qarab, Molekulaning spektri — elektron, tebranma va aylanma spektriga boʻlinadi. Shu
harakatlarda sodir boʻladigan energiya oʻzgarishlari natijasida yoʻl-yoʻl spektr olinadi. Molekula
spektri ultrabinafsha, koʻzga koʻrinadigan va infraqizil sohalarda koʻriladi. Molekulaning
spektrlarini tekshirib, uning kanday elementlardan tashkil topgani, atomlar orasidagi bogʻlarning
tabiati va mustahkamligi haqida mulohaza yuritish mumkin.
[1]
Atom
Kimyo
Fizika
Yana q.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 8 oy avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Molekula&oldid=2512170
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |