Usulning selektivligi (tanlovchanligi) - Tekshiriladigan obyekt tarkibidagi tarkibiy qismlardan qaysi biri aniqlanishi ko'zda tutilganligiga mos ravishda usulning selektivligi (tanlovchanligi) haqida fikr yuritiladi. Obyektning taxminiy kimyoviy tarkibi, undagi moddalarning kimyoviy xossalari va turli xalaqit beruvchi omillami bilgan holda, selektivligi yuqori boigan usul tanlanishi kerak. Usulning selektivligi begona moddalar ishtirokida topiladigan yoki aniqlanadigan moddani analiz qila bilish xususiyatidir. Berilgan usul, reaksiya yoki metodika yordamida faqat bitta moddani topish (aniqlash) mumkin boisa, bu о ‘ziga xoslik tushunchasi bilan umumlashtiriladi. Analiz davomida uning o'tkazilish sharoiti, reagentlar konsentratsiyasi, erituvchi, eritmaning pH qiymati, xalaqit beruvchi tarkibiy qismlami ajratish, niqoblash va boshqa sharoitlami o‘zgartirib analizning selektivligini oshirish mumkin. Usulning selektivligi bilan bir qatorda uning murakkab tarkibli moddalarni analiz qilish uchun qollanilishini ko‘rsatadigan umumiyligi ham muhim hisoblanadi. Masalan, ayrim usullar 10-15, hatto 25-30 ta va undan ziyod moddalarni bir vaqtning o‘zida aniqlashga imkon beradi (xromatografiya, kvantometrlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |