28 novabr (yangi bisob bilan dekabr)da tarkib topavotgan
mazkur davlatning nomi aniqlanib, TURKISTON MUXTORI
YATI debataladigan bo’ldi. Qurultoy o'sha kuni yig'ilishda
Butunrossiya Ta’sisMajlisi chaqirilgunga qadar hokimyat Turkis
ton Muvaqqat Kengashi vaTurkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'li
da bo'lishi kerak, deb qaror qabulqiladi.Qurultoyda Turkiston
Muvaqqat Kengashi a’zolaridan 8kishidaniborat tarkibda Tur
kiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. HukumatningBosh vaziri
hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyevsaylan
di. Islom Sulton o'g'li Shoahmedov-Bosh vazir o’rinbosari,Mus
tafo Cho'qay-tashqi ishlar vaziri, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo'ja
yev(Ubaydulla Xo'jayev) - harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg'uli Ag
ayev yer vasuv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov oziq-ovqat
vaziri, AbdurahmonO’rozayev ichki ishlar vazirining o'rinbosari
Solomon AbramovichGersfeld moliya vaziri lavozimlarini egal
lashdi. Hukumat tarkibidakeyinchalik ayrim o'zgarishlar yuz ber
di. Muhammadjon Tinishboyevistefoga chiqqach, Mustafo Cho’
qay Bosh vazir lavozimini bajarishgakirishadi. Vazirlardan uch
kishi oliy ma’lumotli huquqshunos ikki kishi o'rtacha malakali
huquqshunos ekanligi muxtoriyat hukumati a’zolaribilim darajasi
ning naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.
Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi
To’g'risidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat Majlisi 54 nafar a’zo
dan iboratbo'lib qurultoy qaroriga binoan "36 nafar musulmonlar
va 18 nafiar g'ayrimusulmonlardan saylanadur. 36 musulmon va
killari Turkistonning 5viloyatidan bo'lib: Farg'ona-10 nafar,
Samarqand-5 nafar, Sirdaryo-9nafar, Yettisuv-6 nafar, Zakaspiy
-2 nafar; 4 nafar esa butun Turkistonshahar dumalari tarafidan ta
yin bo'lurlar". 18 nafar o'rin esa o'lkaningyevropalik tashkilot
va fuqarolariga, jumladan, temir yo'lchilar ittifoqi,ishchi va so
dat deputatlari soveti, sotsial demokratlar, dashnoqtsutyun,yer
lik juhudlar, yahudiylar, eserlar, ukrainlar, polyaklarning vakil
lari vaboshqalarga berilishi ko’zda tutilgan edi. Demak, tashkil
etilayotganhukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy guruhlar
vakillarining qatnashuviko'zda tutildi. Demokratik ruhdagi milliy
ziyolilar qurultoyda qabulqilingan dasturiy hujjatlarga o’ziga xos
ligi bilan ajralib turadigan xalqchilva demokratik g’oyalarni kiri
tishdi.Qurultoy jarayonida Turkiston Millat Majlisi 32 kishidan
iboratqilib saylandi. “Sho'roi Ulamo”ning rahbari Sherali Lapin
Millat Majlisitarkibiga, uning raisi sifatida kiritilgan bo'lsa ham,
ammo uning o’zi butaklifni rad etdi.Qurultoy tugagach, 1 dekabr
da Turkiston MuxtoriyatiningMuvaqqat hukumati a’zolari (bar
cha 8kishi) imzolagan maxsusMurojaalnoma e’lon qilindi. Ush
bu Murojaatnomada Turkistondagibarcha aholi: irqi, millati, dini,
jinsi, yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’iynazar, ular yakdiliik
va hamjihatlikka da’vat etilgan edi.Oradan ko’p o'tmay Millat
Majlisi tomonidan tasdiqlanganqonunlar e’lon qilindi, shuning
dek, yangi hukumat mamlakatKonstitutsiyasini tayyorlash
uchun taniqli huquqshunoslarnii jalb qildi. “Elbayrogi”, “Birlik
tug’i “Svobodnoy Turkestan”, “IzvestiyaVremennogo Pravitels
tva Avtonomnogo Turkestana" kabi hukumatgazetalari o'zbek,
qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avvalchiqayotgan
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi ham o’z saliifalarida muxtoriyat
hukumati faoliyatiga alohida o’rin berdi. Nashr ishlarini yaxshi
lash uchunO.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga
o'tdi. Muxtoriyathukumati milliy qo’shinni tashkil qilishga kirish
di. 1918-yil boshida buqo’shin saflarida bir mingdan ortiq askar
bo'lgan. Harbiy vazir UbaydullaXo'jayev ishtirokida o'tkazilgan
ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000kishiga yetgan. Bundan
tashqari Qo’qonda taxminan shuncha mirshablarham bor edi. Hu
kumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichkizayom
chiqarishni yo’lga qo’ydi. Chunki gazetalami nashr qilish,muxto
riyat qo'shinlarining la'minoti va hukumatning ichki xarajatlari
uchun mablag’ zarur edi. Shuningdek, hukumat a’zolari ochlik
changalidaqolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla kel
tirish muammosinihal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashla
di. Turkiston Muxtoriyatihukumati qisqa muddat ichida xalq o'r
tasida katta e’tibor qozondi. Uningfaoliyati faqat Qo’qonda yo
hud Farg’ona vodiysida emas, balki butunTurkiston mintaqasida
yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg’inqo’llab-quvvat
landi. Fitrat, Cho’lpon, Hamza muxtoriyat hukumatinialqab,
sherlar bitishdi. Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan 27 noyabr(10 de
kabr) tunini “Milliy Laylatulqadrimiz” deb atadi.
Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida
1917yil 13 dekabrda bo'lib o'tgan fojeali voqealar muhim o’rin tu
tadi. O’shakuni Toshkentda eski shahar aholisi “Muxtor Turkis
ton uchun!” shioriostida tinch bayram namoyishini o'tkazdilar.
Ammo, Toshkent sovetidagibolsheviklar shaharda qurolli kuch
bilan tartib o’rnatish buyruqberadilar. Oqibatda tinch namoyish
qatnashchilari pulemyotdan o'qqatutildi, eski shaharlik 16 kishi
ana shu to'qnashuv qurboni bo'ldi.
Muxtor hukumatning xalq o’rtasidagi obro' e'tibori va nufu
Zibolsheviklarni tashvishga solib qo’ydi. 1918-yil 19-26 yanvar
(yangihisob bilan 1-8 fevral)da Toshkentda bo’lgan Turkiston o'l
kasi ishchi,soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda
IV-syezdidamuxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi. Syezd Tur
kiston Muxtoriyatihukumati va uning a’zolarini qonundan tash
qari holatda deb, hukumata’zolarini qamoqqa olish to'g'risida qa
ror chiqardi. Bolsheviklaro'zlari ning bu qabih va mudhish
“hukmi”ni amalga oshirishga zudlikbilan kirishdilar. 30 yanvar
(yangi hisob bilan 12 fevral)da Turkiston XKSmuxtoriyat huku
matini tugatish uchun harbiy harakatlamiboshladi.Turkiston
bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqariarmanlar
ning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan qonxo'r
qurolli to'dalardan ham foydalandi. Ularga qarshi dastlabki jang
damuxtoriyatning milliy qo'shinidan tashqari qo'qonlik tinch
aholi vakillariham qatnashdi. Asosan bolta, cho'kich, tayoq ko'
targan xaloyiqning soni10000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qu
rolsiz bu kishilar qizilaskarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch
kun davomida mardonavorqaytardilar. Shahar ustiga uch kun
davomida to'plardan yondiruvchisnaryadlar otildi. Muxtoriyat
qo'shinining tirik qolgan qismi qo'rboshiKichik Ergash qo'rboshi
boshchiligida shahardan chiqib ketdi.
Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoq
Larningqonli hujumlari oqibatida ag'darib tashlandi. Ammo Qo'
qon va uningatrofidagi tinch aholini talash, o'ldirish avjiga chiq
di. Faqat Qo'qonningo'zida uch kun davomida 10000 kishi o'ldi
rildi. Shahar butkul vayronagaaylantirildi.Hukumat boshlig'i Mus
tafo Cho'qay shaharni tark etib,yashirinishga majbur bo'ldi.
Vazirlarning ayrimlari halok bo'ldi.Ba’zilarini bolsheviklar qo'l
ga olishdi.“Ulug’ Turkiston” gazetasi chuqur qayg'u bilan xabar
berganidek,"20 (eski hisob bilan 7) fevral Ho'qand (Qo'qon) tari
xining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsat
ganlar ...” Gazetadagi ushbu maqola “Ho’qand hozir o'liklar
shahri” degan dahshatli ibora bilantugaydi.
Nihoyat, 1918-yil 22 (eski hisob bilan 9) fevralda Qo’qon
shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan
tayyorlangan “tinchlik sharnoma”si Qo’qon ahli vakillari bilan
imzolandi.Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko'r
gan bo’lsaham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiq
lol uchun kurashgada’vat etdi. 1918-yilning erta bahorida avval
Farg'ona vodiysida, so'ngrabutun Turkistonda qurolli qarshilik ha
rakati boshlandi. Ammo, bu davrgakelib Turkiston Muxtoriyati
ni tor-mor etib, o'lkada yakka hukmronbo’lgan, qurol va zo'ravon
likka tayangan bolsheviklar Toshkentdasovetcha andozadagi
avtonomiya (muxtoriyat)ni tashkil etishga kirishganedilar.
1918-yil yanvar oyidayoq bolsheviklar Turkiston Muxtoriya
tigaqarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini ko’tarish
gan edi. Bumuammo faqat Turkiston sovetlarining V-syezdida
(1918 yil 20 aprel-lmay) hal qilindi. Syezd Rossiya Sovet Sotsia
listik Federatsiyasi tarkibidaTurkiston respublikasi (tarixiy
adabiyotlarda Turkiston avtonomrespublikasi)ni tuzish to’g’risi
da qaror qabul qildi. Turkistonrespublikasining Markaziy Ijroi
ya Komiteti (MIK) va XKS saylandi. Ulartarkibiga ilk marta
tub millatlarning vakillari kiritildi: Shuningdek,syezdda-sanoat
korxonalarini musodara (natsionalizatsiya) qilish vaboshqa ayrim
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib,sovet
Rossiyasi tarkibida qo’g’irchoq markazga tobe Turkiston avtonom
respublikasi tashkil qilindi.
Turkiston respubiikasi XKS va MIK ichida hokimyat
uchun o'zarokurashlar, mojarolar va janjallar avjiga chiqdi. Ok
tabr oyida TurkistonXKS raisi F.Kolesov va boshqa ayrim amal
dorlar egallagan lavozimidanbo'shatildi.1919-yil 19 yanvarda
harbiy komissar K.Osipov boshchiligidaToshkentda isyon ko'ta
rildi. K.Osipovning buyrug’i bilan 14 komissarotib tashlandi.
Isyonchilar tomonidan sovet hokimiyati ag’darildi,hokimiyat ma
salasi Ta’sis Majlisida hal qilinadi, deb e’lon qilindi. Biroqisyon
Toshkent temir yo’l ustaxonalari ishchilari va boshqa harbiy qism
Lartomonidan tezda bostirildi. K. Osipov avval Farg'ona vodiysi
ga, so’ngraBuxoro amirligiga qochib ketdi. Bu isyon bahonasida
bolsheviklar 1919yil mart oyi boshida so’l eserlarni hukumatdan
siqib chiqarib, yakkao'zlari hukmron bo’lib oldilar.
1919-yil 8-oktabrda Moskvada Turkkomissiya (RossiyaningTur
kiston ishlari bo'yicha komissiyasi) tashkil qilinib, u Toshkentga
jo'natildi.Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro va O'rta Osiyo
byurosikabi turli xil komissiya va byurolar muntazam ravishda
Rossiyamarkazidan Turkistonga jo'natib turildi. Markaz o'zining
bu favquloddaorganlari orqali Turkiston mintaqasini boshqarish
ga, mahalliy xalqlarnimustamlakachilik asoratida ushlab turish
ga intildi.1917-yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi sin
gari muhim o'zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda
jadidchilik harakati va undan o‘sib chiqqan Yosh buxoroliklar
partiyasining faoliyati kuchaydi.Yosh buxoroliklar 1910 yildayoq
o‘zlami alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edilar. Ular dastav
val mavjud monarxiya tuzumi doirasidademokratik islohotlar
o‘tkazish, konstitutsion monarxiyani o‘rnatish orqaliamirning
mutloq hokimligini cheklab qo’yish tarafdori bo‘lishgan.
1917-yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda
islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarsa ham, amalda uni
joriyqilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish uyushtirganlar
idan so'ngmamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi.
Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda
konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Said Olimxon qozi
kalonSharifjon Maxdumni lavozimidan bo'shatdi, g‘azablangan
mutaassiblarrais Abdusamadxo'jani olomon qilib o'ldirdilar.
Nasrullobekqo'shbegining buyrug‘i bilan Yosh buxorolik jadidlar
ning mashhurnamoyandasi Sadriddin Ayniy va boshqalar 75 ta
yoq urib jazolandilar.Islohotchiiik harakatining bu bosqichi mana
shunday noxushlik bilanyakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |