MAVZU №12
ELEKTR QARSHILIK PECHLARINING ELEKTR TA’MINOT SXEMALARI
Reja:
12.1. Elektr qarshilik pechlarining elektr ta’minot sxemalari.
12.2. Qarshilik pechlarining elektr jihozlarini va parametrlarini rostlash.
12.3. Elektr ta’minot manbalariga qoʻyiladigan talablar.
12.1. Elektr qarshilik pechlarining elektr ta’minot sxemalari
Elektr ta’minot iste’molchilarining elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlashi uch toifaga ajraladi: 1, 2 va 3 toifali iste’molchilarga. 1 - toifali iste’molchilari kamida ikkita bir biriga bog‘liq bo‘lmagan manbadan ikki va undan ortiq ta’minot liniyalar orqali elektr energiya bilan ta’minlanadi. Ta’minot tarmog‘iga qayta tiklanish ZAU (AVR) qurilmasi oqali amalga oshiriladi va 1 - toifali iste’molchilarning tarmoqdan uzilish vaqti ZAU qurilmasining ishga tushish vaqti bilan belgilanadi. 2 – toifali iste’molchilari elektr ta’minoti ikkita manbadan, ya’ni ikkita liniya orqali ta’minlanishi mumkin va elektr ta’minoti manbasiga qayta ulanishi xizmat ko‘rsatuvchilar yoki tezkor brigada ikki soat oralig‘ida qayta ta’minot manbasiga ulashlari kerak. 3 - toifali bir yoki ikki liniya orqali ta’minot manbadan ta’minlanishi mumkin qayta ulanishi bir sutka oralig‘ida qayta tiklanishi zarur. Elektr qarshilik pechlari texnologik jarayonlarining bajarilishiga ko‘ra elektr energiya bilan uzluksiz taminlanishida iste’molchilarning 2 – gruhiga kiradi, demak agar biror sababga ko‘ra ta’minot manbadan uzligan holatida uzog‘i bilan ikki soat oralig‘ida ta’minot mabaga qayta ulanishi kerak.
Zamonaviy EQP larning quvvati kilovatt ulishida tortib bir necha megavatgacha yetadi. 20 kVt dan yuqori quvvatli pechlar odatda uch fazali qilib yaratiladi va toʻg‘ridan to‘g‘ri yoki pech transformatori orqali 220,380, 660 V kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Qarshilik pechlarning quvvat koeffitsiyenti cos ≈ 1, birga yaqin, uch fazali pechlarda yuklamalarni fazalar aro bir tekis taqsimlanadi.
12.2. Qarshilik pechlarining elektr jihozlarini va parametrlarini rostlash.
EQPlarida qo‘llanilayotgan elektr texnik jihozlar quyidagilarga bo‘linadi:
- kuchlilarga; (transformatorlar, pasaytiruvchi va rostlovchi avtotransformatorlar, ta’minot bloklari, elektr yuritmalarning mexanizmlarini harakatga keltiruvchi, kuch kommutatsiyali va himoya apparatlari);
– boshqarish apparatlari; (jamlangan boshqarish stansiyalari);
– nazorat-oʻlchov asboblari (KIP);
– pirometrikli.
Koʻpchilik pechlar ta’minot tarmog‘i kuchlanishiga mos qilib tayyorlanadi va tarmoqlarga hech qaday maxsus transformatorlarsiz ulanadi.
Rostlanuvchi transformatorlar va avtotransformatorlar -tuzli vannalar va toʻg‘ridan-toʻg‘ri qizitish uchun qo‘llaniladi va yana volframli, grafitli va molibdenli qizdirgichli qarshilik pechlari uchun qo‘llaniladi.
Pasaytiruvchi pech transformatorlarning qo‘llanilishi ishchi tokning ortish imkonini yaratadi va qizdirish elementlarning katta kesimlilarini tayyorlash va qo‘llashni beradi, bu ularning mustahkamligini va ishonchligini orttiradi.
Barcha korxonalar qarshilik pechlari haroratini avtomatik rostlash rejimida ishlaydi.
Qarshilik pechlarida ishchi haroratni rostlash kiritilayotgan pech quvvatini quyidagicha usullarda o‘zgartiradi:
– davriy ravishda pechlarni ta’minot tarmog‘iga ulash va oʻchirish bilan (ikki holatli rostlash);
– pech qizdirgichlarini yulduzdan uchburchakka, yoki qizdirgichlarni ketma-ket ulashdan parallel ulash orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: |