Mavzu-11. Diagnostika tashqi belgilar, parametrlar va me’yorlar -2soat Reja



Download 142,56 Kb.
bet6/6
Sana08.07.2022
Hajmi142,56 Kb.
#758191
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-ma'ruza

Chegaraviy me’yor (Sch) – obyektning shunday miqdoriki, unga yetishgandan keyin diagnostikalash obyektining ekspluatatsiyasi xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik yoki ekspluatatsiyani davom ettirish nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi (ayrim hollarda esa imkoni bo‘lmaydi). Bu me’yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi.
Diagnostika o‘tkazish va profilaktik xizmatlarning davriyligini hamda diagnostik parametrni o‘lchash vaqtidan texnik ta’sir o‘tkazish vaqtigacha tuzilmaviy va diagnostik parametr o‘zgarishlarining ehtimollik xarakterini hisobga olgan holda ishlash davomiyligining qandaydir zaxirasi zarur.
Avvalgi diagnostikalashda o‘lchangan diagnostik parametrning miqdori chegaraviy miqdorga yetmaganligini va nazoratlar oralig‘ida bu qiymatning me’yorlangan miqdordan oshib ketganligini ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan transport vositalari ekspluatatsiyasida parametrning chegaraviy qiymati o‘rniga diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi.
Chegaraviy va ruxsat etilgan chegaraviy parametrlar qiymatlari orasidagi farq nazoratlar oralig‘ida berilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi darajasini ta’minlaydigan “zaxira”ni tashkil etadi (11.6-rasm).
Yo‘l qo‘yilgan me’yor (Syq) – ekspluatatsiya jarayonida diagnostikalashda ko‘p hollarda diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi. Yo‘l qo‘yilgan me’yor asosida obyekt holatiga diagnoz qo‘yiladi va ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
11.6 Diagnostik parametr me’yorlari asosida diagnoz qo‘yish
Diagnostikalash obyekti, parametrlarning joriy qiymatlari dastlabki va ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlar oralig‘ida yotganda ishga qobiliyatli holatda bo‘ladi (11.6-rasm).
Diagnostikalash obyektining parametri ruxsat etilgan chegaraviy qiymatiga yetganida tuzilmaviy parametrlarni profilaktika, sozlash yoki ta’mirlash ishlari yordamida tiklash talab etiladi (11.6-rasm).
Shunday qilib diagnostikalash natijasida to‘plangan axborot bo‘yicha obyektning texnik holati to‘g‘risida diagnozlarning birini chiqarib beradi:
– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (Si) boshlang‘ich me’yoriy qiymat (Sb)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ekspluatatsiya qilish” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni ushbu shart bajarilishi kerak;
– agar diagnostik parametrlarning joriy vaqtdagi qiymati (Si) yo‘l qo‘yilgan me’yoriy qiymat (Syq)ga teng yoki katta bo‘lsa hamda uning chegaraviy me’yoriy qiymati (Sch)dan kichik bo‘lgan hollarda “texnik xizmat ko‘rsatish” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni
– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (Si) chegaraviy me’yoriy qiymat (Sch)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ta’mirlash” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni .
Nazorat savollari
1. Texnik holatning qanday ko‘rsatkichlari tuzilmaviy parametrga kiradi?
2. Qanday ko‘rsatkichlar diagnostik parametr bo‘la oladi?
3. Diagnostik parametrlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?
4. Diagnostik parametrlar qanday turlarga bo‘linadi?
5. Qanday diagnostik me’yorlar mavjud?
6. Qanday me’yoriy diagnostik parametr asosida diagnoz qo‘yiladi?





Download 142,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish