Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi.
Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigankadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va bu qonunga asosan mamlakatimizda “uzluksiz talim tizimi tashkil etildi
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi:
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yangi maktab binolari qurishga alohida e’tibor qaratildi. 1994 yilda 80000 o’rinli 209 та, 1995 yilda 55000 o’rinli 134 та, 1996 yilda 64000 o’rinli 198 ta maktab qurilib foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi.
Umumta'lim maktablarini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturi (2004)
Zamonaviy rivojlangan mamlakatlarning ta'lim tizimidan orqada qolish sabablari
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan doimo ta’lim-tarbiya ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelingan.
1992 yil 2 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda 1991-1996 yillarda e’lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog’chalari hamda «bolalar bog’chasi-maktab» majmui tarmog’i rivojlandi. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi. «Sog’lom avlod uchun», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etila bordi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni isloh qilish yangi yo’llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligi asoslab berildi
1997 yil 29 avgust kuni Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi yangi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
“Ta’lim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
Ta'lim tizimini tubdan islohot qilish, ta'limning milliy modelini yaratish
I bosqich
(1997-2001)
II bosqich
(2001 - 2005)
III bosqich
(2005 - 2009)
Huquqiy, kadrlar, ilmiy, uslubiy, moliyaviy va moddiy isloh qilish