O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Reja:
1.Mustaqillik yillarida ilm-fan rivoji.
2.Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar.
3.Mustaqillik yillarida oliy ta’lim va hamkorlik aloqalari.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda ilm-fan sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlangan. Avvalo, Prezidentning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markaziFanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi. 1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan.
25.03.22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2016 yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik sohani yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi a’zolari tarkibini fanning ustuvor yo‘nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadida 32 ta olim O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi.